Turizmda geoaxborot tizimi




Download 51,8 Kb.
bet9/11
Sana18.05.2024
Hajmi51,8 Kb.
#243042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
bron

Nimeta tizimi-Bu kichik va o‘rta mehmonxonalar uchun mo‘ljallangan nisbatan yangi mahsuldir. Nimeta tizimi Internet-texnologiyalar vositasida mehmonxonani boshqarish tizimini ijaraga olish va undan foydalanish imkonini beradi. Bu texnologiyaning ish prinsipi shundan iboratki, mehmonxona haqidagi barcha ma’lumotlar va mehmonxonani boshqarish tizimining dasturi mehmonxonadan tashqarida, buning uchun maxsus ajratilgan serverda joylashgan bo‘ladi. Mazkur server Internet-provayderning jihozlangan servis-markazida bo‘ladi. Shunday qilib, Nimeta tizimini ulash va undan foydalanish uchun kompyuterga ega bo‘lish va Internetga chiqish kifoyadir.
Mehmonxonalarni kompyuterlashtirishning boshqa tizimlari ham juda ko‘p.
Amalda barcha tizimlar taxminan bir xil funksiyalar va imkoniyatlar to‘plamiga ega bo‘lib, ular o‘rtasidagi farq juda ahamiyatsizdir.
Masalan, «Edelveys» tizimida bronlash mehmonxona nomerlarining vizual rejasi yordamida amalga oshiriladiki, bu bronlash operatsiyasini ancha yengillashtiradi.
«AMADEUS» bronlash bilan shug‘ullanadigan eng mashhur kompyuter tizimidir. U boshqa tizimlarga qaraganda ko‘proq miqdorda xalqaro xizmatlar ko‘rsatishga qodir. «AMADEUS» Hotels tizimi yer yuzidagi 35 000 mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalari haqida aniq ma’lumotlarni taklif qiladi. U mehmonxonaning joylashgan manzili, bo‘sh o‘rinlarning mavjudligi, ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘plami va narxlar haqida ma’lumotlar beradi. Mehmonxona xizmatlarini bronlash bo‘limlari Internet tarmog‘ida ham mavjud. Ularning eng mashhuri Travel Web dir. U 1996 yilda AQShning «Pedasus Systems» kompyuter kompaniyasi tomonidan ochilgan. Travel Web jahonning 94 mamlakati, barcha yetakchi mehmonxona tarmoqlari va 200 dan ortiq aviakompaniya haqida axborot beradi. Bronlashdan tashqari, u ma’qul mehmonxonalar va aviareyslarni qidirish tizimiga ham ega.
Kompaniyalarning turli rezervlash tizimlari bilan ishlash ko‘p yillik tajribasi
elektron rezervlash tizimidan foydalanishga o‘tgan o‘rta mehmonxona mazkur tizim orqali har oyda qo‘shimcha tarzda bir necha o‘ntadan bir necha yuztagacha buyurtma olishini ko‘rsatadi. Tarixan bu tizimlar aviachiptalarni rezervlash tizimi sifatida yaratilgan edi. Hozirda bu funksiyadan tashqari barcha tizimlar mehmonxonalardagi joylarni rezervlashtirish, ijaraga avtomobillar, turli tomoshalarga chiptalar va h.k. buyurtma qilish imkonini beradi.
Bugungi kunda jahonda to‘rtta dunyo miqyosida rezervlash tizimi (Global Distribution Systems – GDS) mavjud. Bular: Amadeus, Galileo, Sabre va Worldspan. Ular jami mehmonxonalar bozorining 90% dan ko‘prog‘ini qamrab olgan. Ularning terminallari yer yuzidagi 400 mingdan ortiq turistik agentliklarda o‘rnatilgan. Bu tizimlar «oltin to‘rtlik» deb atalishi bejiz emas. Jahon mehmonxona bozorining qolgan bir necha foizi mintaqaviy rezervlash tizimlariga va yuqorida zikr etilgan tizimlarga qo‘shilish arafasida turgan tizimlarga tegishli.
Rezervlash tizimlari bilan ishlashning universal resepti mavjud emas, shu bois har bir muayyan mehmonxona uchun mijozlarning strukturaviy tarkibini, narx-navo siyosatini va h.k.ni mufassal tahlil qilish lozim. Har bir GDS, dunyo miqyosidagi tizim ekanligiga qaramay, jahonning muayyan qismida amal qiladi. Masalan, Amadeus va Galileo eng avvalo Yevropada, Sabre va Worldspan esa – Amerikada faoliyat ko‘rsatadi. SAHARA tizimi MDH mamlakatlarida hamda Afrika va Yaqin Sharqning ba’zi bir mamlakatlarida tarqalgan.
Inter-Continental, Radisson va boshqa mehmonxona tarmoqlariga kiruvchi mehmonxonalar uchun GDS bilan ishlash markazlashtirilgan tartibda tashkil etiladi
va mehmonxona tarmog‘i marketing strategiyasining ajralmas qismi hisoblanadi. Mustaqil mehmonxonalar uchun dunyo miqyosidagi rezervlash tizimlari bilan ishlashning bir variantlari mavjud:
bir yoki bir nechta bronlash tizimlarining terminallarini o‘zida o‘rnatish va mustaqil ishlash;
bunday xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan vositachi kompaniya bilan shartnoma tuzish;
dunyo miqyosidagi rezervlash tizimlari bilan ishlaydigan yirik turoperator bilan shartnoma tuzish.
Mehmonxonada o‘z GDS terminallarini o‘rnatish eng murakkab va qimmat yechimdir. Uni amalga oshirish uchun mehmonxona rezervlash tizimlari bilan shartnomalar tuzishi, aloqa tarmoqlarini o‘tkazishi, kerakli asbob-uskunalarni o‘rnatishi, xodimlarga ularda ishlashni o‘rgatishi va boshqa ko‘plab shunga o‘xshash ishlarni amalga oshirishi lozim. qilingan sarf-harajatlar yaqin kelajakda o‘zini oqlashi uchun GDSdan muttasil ravishda ko‘plab buyurtmalar olish lozim. Binobarin, bunday yondashuv faqat o‘z mehmonxonalar tizimiga ega bo‘lgan mehmonxonalar tarmoqlari uchun o‘rinlidir. Shu bois GDS bilan mustaqil mehmonxonalarning ishlash holatlari deyarli ma’lum emas.
Vositachi kompaniya (provayder) orqali ishlash ancha yengil va arzondir. Bundan tashqari, qoida tariqasida, maxsus asbob-uskunalar o‘rnatish, maxsus ajratilgan aloqa tarmoqlarini o‘tkazish va mehmonxonaga xos bo‘lmagan boshqa funksiyalarni bajarish talab etilmaydi. Mehmonxonani, uning nomerlarini, narxlarni mufassal tavsiflovchi so‘rovnomani to‘ldirish va bronlashga tasdiqnoma kelishini (odatda faks orqali) kutish kifoyadir.
Provayder xizmatlari haqi bir yilda bir necha yuz dollardan bir necha ming dollarga yetishi mumkin. Har bir sof (ya’ni amalga oshirilgan va bekor qilinmagan) bronlash uchun qayd etilgan haq (taxminan 10 AqSh dollari) olinadi. Vositachi kompaniya funksiyasiga (tegishincha mehmonxona harajatlariga ham) bronlashni amalga oshiruvchi turistik agentlarga vositachilik haqi to‘lash kiradi. Vositachilik haqi miqdorini har bir mehmonxona har xil belgilaydi. Odatda uning miqdori bronlash summasining 10% ni tashkil qiladi. Texnik nuqtai nazardan olib qaraganda, turoperator orqali ishlash oldingi variant bilan aniq mos keladi. Birdan-bir farq moliyaviy munosabatlarning tashkil etilishidadir. Turoperator uchun GDS orqali mehmonxonani bronlashtirgan har bir mijoz amalda yakka turist hisoblanadi. Uni mehmonxonaga joylashtirishga mehmonxona turoperatorlar uchun belgilagan narxlar amal qiladi. Turoperator skidkasi (komissiyasi)ning miqdori, qoida tariqasida, nomerlar narxiga qarab, 15- 30% va undan ko‘proq bo‘ladi. O‘z skidkasidan turoperator agentlik komissiyasini to‘laydi, rezervlash tizimlari, telekommunikatsion kompaniyalarga majburiy to‘lovlarni amalga oshiradi. Turoperator orqali ishlash barcha jihatlardan ma’qulroqdir, chunki turoperator skidkasi mijozlarning mehmonxonada amalda yashashiga nisbatan amal qiladi, binobarin, turoperator mehmonxonaga mijozlarni jalb qilishdan bevosita manfaatdordir. Mijozlar bo‘lsa – daromad bo‘ladi, mijozlar bo‘lmasa – mehmonxonadan hech qanday to‘lovlar kelmaydi.

Download 51,8 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 51,8 Kb.