|
-rasm.O‘zbekiston Respublikasida turistlarga ko‘rsatilgan xizmatlarning 2000- 2008 yillar davomida o‘zgarishi (ming kishi)
|
bet | 5/11 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 51,8 Kb. | | #243042 |
Bog'liq bron5-rasm.O‘zbekiston Respublikasida turistlarga ko‘rsatilgan xizmatlarning 2000- 2008 yillar davomida o‘zgarishi (ming kishi)
Mazkur tahlil ko‘rsatmoqdaki, umumiy turistik oqim shu 9 yil davomida keskin o‘zgargan emas. Ammo O‘zbekistonga xorijlik turistlarning kelishi 2005 yilda ancha kamaygan, lekin 2006 yildan boshlab muntazam oshib bormoqda va 2008 yilda uning soni 370,1 ming kishini tashkil etgan. Ammo, bu ko‘rsatkich xalqaro ekspertlarning baholariga ko‘ra juda kam. O‘zbekiston yirik turistik resurslariga ega bo‘lishiga qaramasdan, uning salohiyatidan etarli darajada foydalana olmayapti. SHu sababli, turistik resurslardan oqilona, to‘laqonli foydalanish hamda uni mintaqa iqtisodiyotida etakchi tarmoqlar qatoriga etkazish masalasi o‘ta dolzarb hisoblanadi.
O‘zbekistonda tarixiy-madaniy, arxitektura, arxeologiya ahamiyatiga ega 7 mingdan ortiq turistik ob’ektlar mavjud. Statistika ma’lumotlariga asosan ulardan 545 tasi arxitektura, 578 tasi tarixiy, 1457 tasi san’at yodgorliklari va 5500 dan ortig‘i arxeologik ahamiyatiga ega ob’ektlardir. Undan tashqari, respublikamizda 300 dan ortiq muzeylar, 1200 ta xalq ijodiyoti tashkilotlari mavjud. Turistik ziyorat ob’ektlarining miqdori Toshkentda 144 ta, Samarqandda 118 ta, Buxoroda 201 ta, Xivada 310 tani tashkil etadi2. Bu esa, mamlakatimizda diniy turizm, tarixiy obidalar turizmi, ekologik turizm, arxeologik turizm, sog‘lomlashtirish turizmi, ekskursiya (tanishuv, ko‘rish) turizmi kabi turizm turlarini rivojlantirish imkoniyatlari yuqoriligini ko‘rsatadi.
2-BOB
2.1 Global bronlash tizimlari va ularning rivojlanish tarixi.
Kompaniyalarning turli rezervlash tizimlari bilan ishlash ko`p yillik tajribasi
elektron rezervlash tizimidan foydalanishga o`tgan o`rta mehmonxona mazkur tizim orqali har oyda qo`shimcha tarzda bir necha o`ntadan bir necha yuztagacha buyurtma olishini ko`rsatadi. Tarixan bu tizimlar aviachiptalarni rezervlash tizimi sifatida yaratilgan edi. Hozirda bu funksiyadan tashqari barcha tizimlar mehmonxonalardagi joylarni rezervlashtirish, ijaraga avtomobillar, turli tomoshalarga chiptalar va h.k. buyurtma qilish imkonini beradi.
Bugungi kunda jahonda to`rtta dunyo miqyosida rezervlash tizimi (Global
Distribution Systems - GDS) mavjud. Bular: Amadeus, Galileo, Sabre va Worldspan. Ular jami mehmonxonalar bozorining 90% dan ko`prog’ini qamrab olgan. Ularning terminallari er yuzidagi 400 mingdan ortiq turistik agentliklarda o`rnatilgan. Bu tizimlar "oltin to`rtlik" deb atalishi bejiz emas. Jahon mehmonxona bozorining qolgan bir necha foizi mintaqaviy rezervlash tizimlariga va yuqorida zikr etilgan tizimlarga qo`shilish arafasida turgan tizimlarga tegishli. Rezervlash tizimlari bilan ishlashning universal retsepti mavjud emas, shu bois har bir muayyan mehmonxona uchun mijozlarning strukturaviy tarkibini, narx - navo siyosatini va h.k.ni mufassal tahlil qilish lozim.
Har bir GDS, dunyo miqyosidagi tizim ekanligiga qaramay, jahonning muayyan qismida amal qiladi. Masalan, Amadeus va Galileo eng avvalo, Yevropada, Sabre va Worldspan esa - Amerikada faoliyat ko`rsatadi. SAHARA tizimi MDH mamlakatlarida hamda Afrika va Yaqin SHarqning ba`zi bir mamlakatlarida tarqalgan3.
Inter - Continental, Radisson va boshqa mehmonxona tarmoqlariga kiruvchi
mehmonxonalar uchun GDS bilan ishlash markazlashtirilgan tartibda tashkil etiladi va mehmonxona tarmog’i marketing strategiyasining ajralmas qismi hisoblanadi. Mustaqil mehmonxonalar uchun dunyo miqyosidagi rezervlash tizimlari bilan ishlashning bir nechta variantlari mavjud:
- bir yoki bir nechta bronlash tizimlarining terminallarini o`zida
o`rnatish va mustaqil ishlash;
- bunday xizmatlar ko`rsatishga ixtisoslashgan vositachi kompaniya
bilan shartnoma tuzish;
- dunyo miqyosidagi rezervlash tizimlari bilan ishlaydigan yirik turoperator bilan shartnoma tuzish.
Mehmonxonada o`z GDS terminallarini o`rnatish eng murakkab va qimmat echimdir. Uni amalga oshirish uchun mehmonxona rezervlash tizimlari bilan shartnomalar tuzishi, aloqa tarmoqlarini o`tkazishi, kerakli asbob – uskunalarni o`rnatishi, xodimlarga ularda ishlashni o`rgatishi va boshqа ko`plab shunga o`xshash ishlarni amalga oshirishi lozim. Qilingan sarf - xarajatlar yaqin kelajakda o`zini oqlashi uchun GDSdan muttasil ravishda ko`plab buyurtmalar olish lozim. Binobarin, bunday yondashuv faqat o`z mehmonxonalar tizimiga ega bo`lgan mehmonxonalar tarmoqlari uchun o`rinlidir. SHu bois GDS bilan mustaqil mehmonxonalarning ishlash holatlari deyarli ma`lum emas.
Vositachi kompaniya (provayder) orqali ishlash ancha engil va arzondir. Bundan tashqari, qoida tariqasida, maxsus asbob - uskunalar o`rnatish, maxsus ajratilgan aloqa tarmoqlarini o`tkazish vа mehmonxonaga xos bo`lmagan boshqa funktsiyalarni bajarish talab etilmaydi. Mehmonxonani, uning nomerlarini, narxlarni mufassal tavsiflovchi so`rovnomani to`ldirish va bronlashga tasdiqnoma kelishini (odatda faks orqali) kutish kifoyadir.
Provayder xizmatlari haqi bir yilda bir necha yuz dollardan bir necha ming
dollarga etishi mumkin. Har bir sof (ya`ni amalga oshirilgan va bekor qilinmagan) bronlash uchun qayd etilgan haq (taxminan 10 AQSH dollari) olinadi. Vositachi kompaniya funktsiyasiga (tegishincha mehmonxona xarajatlariga ham) bronlashni amalga oshiruvchi turistik agentlarga vositachilik haqi to`lash kiradi. Vositachilik haqi miqdorini har bir mehmonxona har xil belgilaydi. Odatda uning miqdori bronlash summasining 10% ni tashkil qiladi.
Texnik nuqtai nazardan olib qaraganda, turoperator orqali ishlash oldingi variant bilan aniq mos keladi. Birdan -bir farq moliyaviy munosabatlarning tashkil etilishidadir. Turoperator uchun GDS orqali mehmonxonani bronlashtirgan har bir mijoz amalda yakka turist hisoblanadi. Uni mehmonxonaga joylashtirishga mehmonxona turoperatorlar uchun belgilagan narxlar amal qiladi. Turoperator skidkasi (komissiyasi)ning miqdori, qoida tariqasida, nomerlar narxiga qarab, 15 - 30% va undan ko`proq bo`ladi. O`z skidkasidan turoperator agentlik komissiyasini to`laydi, rezervlash tizimlari, telekommunikatsion kompaniyalarga majburiy to`lovlarni amalga oshiradi.
Turoperator orqali ishlash barcha jihatlardan ma`qulroqdir, chunki turoperator skidkasi mijozlarning mehmonxonada amalda yashashiga nisbatan amal qiladi, binobarin, turoperator mehmonxonaga mijozlarni jalb qilishdan bevosita manfaatdordir. Mijozlar bo`lsa - daromad bo`ladi, mijozlar bo`lmasa - mehmonxonadan hech qanday to`lovlar kelmaydi.
Axborot tarqatish muqobil kanallari jadal rivojlanishi natijasida mehmonxonalar sohasida dunyo miqyosida rezervlash tizimlari o`zining avvalgi mavqeini asta - sekin yo`qotib bormoqda. Jahon Internet komp'yuter tarmog’i bu "yangi to`lqin"ning sardoridir. Buni bronlash tizimlarining o`zi ham e`tirof etmoqda. Bu ularni Internet bilan birlashishga va o`z Internet – serverlarini tuzishga rag’batlantirmoqda. Bunda GDSdagi axborotga kirish va mehmonxonalarni bronlashtirish Internet - serverlar orqali ta`minlanadi.
Bugungi kunda SAHARA tizimidan tashqari, barcha GDS shunday
imkoniyatlarga ega. Mehmonxonalar uchun Internet tarmoqining imkoniyatlari faqat GDS bilan hamkorlikda ishlashdan iborat emas. Internetdan foydalanishda mehmonxonalar erishadigan asosiy ustunlik hamrab olinadigan mijozlar doirasining kengligi (er yuzi aholisining 100 mln.dan ko`prog’i) va GDSga qaraganda arzonroq ustama xarajatlardadir.
Hozirning o`zidayoq Internet dunyo miqyosidagi rezervlash tizimlarining
jiddiy raqibiga aylandi. Internet orqali ishlash dunyo miqyosidagi rezervlash
tizimlari ishidan quyidagi jihatlar bilan farq qiladi:4
GDSda mehmonxona faqat bir marta, Internetda esa - istalgan serverlarda
istalgan miqdorda ko`rsatilishi mumkin; Dunyo miqyosidagi rezervlash tizimlari bilan o`z ishi uchun mehmonxonalardan vositachilik haqi oladigan professional turagentlar ishlaydi, Internetdan esa arzon mehmonxona topishga harakat qilayotgan jismoniy shaxslar foydalanadi. Bunda hech qanday agentlik komissiyasi to`lanmaydi. Internetga kirish imkoniyatiga ega bo`lish va unda o`z sahifasini tashkil etish dunyo miqyosidagi rezervlash tizimlaridan foydalanish huquqini ho`lga kiritishga qaraganda oson va arzonroq bo`lib, bunga istalgan mehmonxonaning qurbi etadi. Ammo, Internet - markazlashtirilmagan muhit. Аgar Toshkent mehmonxonasi o`zi haqida axborotni istalgan GDSga kiritsa, uni Toshkent mehmonxonalari ro`yxatini ko`zdan kechirgan har bir turagent ko`radi. Internetda buning batamom teskarisi: muayyan mehmonxona sahifasi tashkil etilganidan keyin u haqda deyarli hech kim xabar topmaydi. Internetning istalgan foydalanuvchisi o`ziga mehmonxona tanlamoqchi bo`lganida yuqorida zikr etilgan mehmonxona sahifasini topishi uchun uni turli axborot qidirish tizimlari, ma`lumotnomalar, kataloglarda ro`yxatdan o`tkazish bo`yicha uzoq va mashaqqatli ish olib borish, bannerli reklamaga katta mablag’lar sarflash va boshqa shunga o`xshash sa`y - harakatlar talab etiladi.
Internetdan foydalanishning muhim afzalliklaridan biri shundaki, u xalqaro
va shaharlararo so`zlashuvlarga xarajatlarni ancha kamaytirish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda turistik agentlar mehmonxonalarda o`rinlarni bronlashtirish usullarini o`zgartirmoqdalar. Ular telefon va faks orqali buyurtmalar yuborishdan mehmonxona nomerlarini bevosita komp'yuter tizimlari orqali buyurtma qilishga jadal sur`atlarda o`tmoqdalar. Ilgari o`rinlarni bronlashtirish komp'yuter tizimlari deb atalgan turistik agentlar uchun mo`ljallangan komp'yuter tizimlari bugungi kunda taqsimlash va sotish bilan shug’ullanadigan Dunyo miqyosidagi distrib'yutorlik tizimlari - "Ji - Di - Es" (Global Distribution Systems)ga aylandi.
"Ji - Di - Es" komp'yuter tizimlari zamirida turistik agentlar hamda mehmondo`stlik sohasidagi xizmatlarni taqsimlash va sotish jarayoni boshqa ishtirokchilari uchun mo`ljallangan turistiк mahsulotlar katalogi yotadi. Dastlab mazkur tizimlarni aviakompaniyalar o`z sotuvlarini rag’batlantirish uchun ishlab chiqqan, ularga jadval bo`yicha muntazam reyslar kiritilgan edi. Eng mashhur tizimlar quyidagilar hisoblanadi: Apollo (United Airlines), Sabre (American Airlines), System One (Continental Airlines), Worldspan (Delta Airlines va Northwest Airlines) va British Airways kompaniyasi Apollo bilan o`zlari ishlab chiqqan Galileo tizimini birlashtirdi. Galileo - asosiy xalqaro tizimlardan biri. Yana bir yirik xalqaro tizim - Amadeus tizimi Lufthansa va Air France aviakompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan. Mehmonxona korxonalari, turoperatorlar, avtomabillarni ijaraga beruvchi kompaniyalar va turizm sohasidagi boshqa tashkilotlar, o`zlari haqida axborot berishi va turistik agentlarga o`z xizmatlarini sotish uchun qulay imkoniyatlar yaratish mumkin.
Aviakompaniyalar turoperatorlar sifatida ish olib borishi ham mumkin. Masalan, Air New Zeland aviakompaniyasi mehmonlarni joylashtirishga ixtisoslashgan provayderlar yordamida yakkа tartibdagi turistlarga rancho yoki uxlash uchun o`rin va nonushta, avtomobilni ijaraga berish yoki qildirakdagi uycha taklif qiladi.
Mehmonxona provayderlarining tizimlari. Mehmonxona provayderlarining komp'yuter tizimlari - yagona reklama konsortsiumi tarkibidagi mehmonxonalar uchun nomerlarni rezervlashtiruvchi markazlashtirilgan tizimlar. Mehmondo`stlik sanoatida o`z a`zolari foyda olishini ko`zlab tuzilgan tashkilotlar guruhi konsortsium deb ataladi. Konsortsiumlar tashkil etilishining asosiy sababi - marketing. Konsortsium mehmonxonaga egalik va boshqarishda mustaqil bo`lish, marketing sohasida kuch – g’ayratning birlashtirilishidan foyda ko`rish imkonini beradi. Konsortsiumlarga quyidagilar misol bo`ladi: "Leading Hotels of the World", "Small and Beautiful", "Utell International" va b. Ular o`rtasidagi farqlar faqat marketing faoliyatini amalga oshirish usullari va nomerlarni rezervlashtirish tizimlari bilan bog’liq bo`lishi mumkin. Bu rezervlashtirish tizimlari rivojlanishining tabiiy yo`lidir. Mehmonxona nomerlari miqdoriga ko`ra 1990 yilda peshqadamlik qilgan besh konsortsium - "Utell International", "Supranational", "Logis de France", "Leading Hotels of the World" va "Golden Tulip". CHunonchi, "Utell International" konsortsiumining rezervlashtirish xizmati tizimga a`zo bo`lgan 6500 mehmonxonada 1,3 mln. o`rinni taklif qilgan. "Utell Vision" tizimi turli mamlakatlardagi agentlarga bronlashtirish haqidagi axborotni o`z komp'yuterlarining ekranlarida taqdim etgan. "Utell International" konsortsiumi
"Hotel and Travel Roadshows" bilan ham bog’liq. Mazkur tashkilot turistik
bozorda kongresslar, konferentsiyalar, ko`rgazmalar va boshqa umumiy anjumanlar tashkilotchilariga mehmonxonalarni taklif qiladi. "Logis de France" - Frantsiyada bir, ikki va uch yulduzli 4000 dan ortiq kichik mehmonxonalarni birlashtiruvchi konsortsium. "Logis de France" mehmonxonalari o`z maxsus belgilariga ega. Mazkur belgilar yo`lko`rsatgichlarda ham ifodalangan. Konsortsiumlar va rezervlashtirish tizimlari mehmonxonalar faoliyatini tashkil etishga marketing ta`sirini kengaytirish imkonini beradi. "Hotels" jurnalining bosh muharriri F.Martin bergan ma`lumotga ko`ra, er yuzidagi 25 asosiy konsortsium 1989 -1990 yillarda taqdim etilgan mehmonxona nomerlari miqdorini uch baravar ko`paytirgan .
"Logis de France" konsortsiumiga o`xshash tashkilotga a`zolik kichik mehmonxonalar bozorida nomerlarni taklif qilish va sotishning asosiy usuli bo`lishi mumkin. Biznesning globallashuvi rivojlanishi bilan konsortsiumlar marketingning tobora kuchli vositasiga aylanib bormoqda. Mintaqalar ham turistlar uchun o`zining jozibadorligini oshirish maqsadida konsortsiumlar tuzmoqda. Masalan, Buyuk Britaniyaning Bas viloyatidagi turistik tashkilotlar reklama materiallarini ishlab chiqish va tarqatish uchun o`z uyushmasini tuzdi.
O`z navbatida, turistik agentlar ham mehmonxona nomerlarini, aviakompaniyalarning xizmatlarini va boshqa xizmatlarni arzonlashtirilgan narxlarda sotib olish uchun o`z konsortsiumlarini tuzdilar. "Woodside Management Systems" konsortsiumi turistik agentliklarning eng yirik konsortsiumlaridan biridir. Konsortsiumlar shuningdek o`z a`zolari uchun buyurtmalarga maxsus shartlar belgilash yo`li bilan vertikal marketing tizimlarini rivojlantirishi ham mumkin. Korporativ distrib'yutorlik tizimlari. Korporativ distrib'yutorlik tizimlari - "Si - Di - Es" (Corporate Distribution Systems) mehmonxona tarmoqlariga tegishli bo`lib, korporatsiyalarning butun dunyo bo`ylaб joylashgan mehmonxonalarini yuklash uchun xizmat qiladi. "Ji - Di - Es" tizimidan farqli o`laroq, korporativ tizimlar nisbatan berk xususiyatga ega va o`z mehmonxonalarni yuklash uchun mo`ljallangan. Ularning asosiy vazifasi - o`z mijozini qo`ldan chiqarmaslik.
SHu bilan birga, o`z mehmonxonalarini turistik agentliklarning buyurtmalari
bilan ta`minlash, shuningdek aviachiptalarni bronlashtirish uchun korporativ tizimlar dunyo miqyosidagi distrib'yutorlik tizimlari bilan tobora ko`proq aloqa qilmoqdalar. Misol uchun, "Xilton" korporativ tizimi Apollo, Sabre tizimlariga ulangan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-rasm.O‘zbekiston Respublikasida turistlarga ko‘rsatilgan xizmatlarning 2000- 2008 yillar davomida o‘zgarishi (ming kishi)
|