|
Turizmda geoaxborot tizimlardan foydalanish
|
bet | 4/11 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 51,8 Kb. | | #243042 |
Bog'liq bron1.3 Turizmda geoaxborot tizimlardan foydalanish
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «XXI asr shiddatkor tezliklar asri, axborot va axborot texnologiyalari asri, intelektual resurslar, yuksak texnologiya va zamonaviy bilimlar insoniyat taraqqiyotining asosiy va hal qiluvchi omiliga aylanayotgan davrdir».Axborot sohasining tez sur’atlar bilan o’sishi, uni avtomatlashtirish usullarining shiddat bilan rivojlanishi komp’yuterlarning yaratilishiga va kishilik hayotining turli sohalarini komp’yuterlashtirishga olib keladi. Bu esa o’z navbatida bugungi kunda g’oyatda tezkorlik bilan o’sib borayotgan “Axborotli jamiyat” nazariyasini maydonga keltirdi. Komp’yuterlashtirilgan dunyo, yalpi axborotlashtirilgan global tizimning vujudga kelishi millatlar, xalqlar va butun insoniyat taqdirini bir – biriga bog’lab qo’ydi. AQSh mudofaa mahkamasining oddiy bir loyihasidan boshlangan bu tizim bir mamlakatda paydo bo’lgan g’oyalarning tez fursatda butun dunyoga yoyilishini ta’minlamoqda.
Davlatimiz rahbari “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida yozadiki, “Bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo’naltirilgan, bir qarashda arzimas tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko’zga ko’rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo’lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin”. Yosh avlodimizning qalbi va ongini asrash, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, farzandlarimizning dunyoda ro’y berayotgan siyosiy jarayonlarning ma’no – mazmuni va asl sabablarini chuqur anglashi, o’z atrofida sodir bo’layotgan voqealar haqida haqqoniy ma’lumotlarga, eng muhim, o’z mustaqil fikriga ega, soda qilib aytganda, oqni qoradan ajratishga qodir bo’lishiga erishish ta’lim – tarbiya va ma’naviy – ma’rifiy ishlarimizning asosiy sharti va mezoni bo’lishi darkor.
Hozirgi vaqtda axborot shu qadar ko’pki, uni an’anaviy usullar yordamida tezkor tahlil qilishning iloji yo’q. XX asrning so’nggi o’n yilliklarida axborot tizimlarining yangi ko’rinishlari vujudga keladi. XXI asr Axborotlashtirish asri deb nom oldi ya’ni inson hayotida foydalaniladigan barcha sohalarni kompyuterlashtirish maqsad qilib qo’yilgan.
Misol qilib: boshqarish, o’qitish, sog’liqni saqlash, qishloq xo’jaligi va bir qancha boshqa sohalarni olishimiz mumkin. Xozirgi kunda barcha sohalarda keng qo’llanayotgan va eng gurkirab kelayotgan tizimlardan biri Geografik Axborot Tizimlaridir ya’ni qisqa qilib aytganda GAT. Geografik axborot tizimi (GAT) -- bu mavjud olamning ob’ektlarini, hamda sayyoramizda ro’y berayotgan hodisalarni xaritalash va tahlil qilish uchun kerak bo’ladigan zamonaviy kompyuter texnologayalaridir. Bu texnologiya ma’lumotlar bazalari bilan ishlashning an’anaviy usullari (so’rov va statistik tahlil) va xarita yordamida olinadigan ma’lumotlarni (har tomonlama ko’rish va geografik (fazoviy) tahlil) umumlashtiradi. Bu GAT ni boshqa axborot tizimlaridan ajratib turadi va uni ko’p masalalarda qo’llanishiga yordam beradi. Bu texnologiya insoniyat faoliyatining deyarli barcha sohalarida qo’llashmoqda. Bunga odamlarning ko’payishi, erlarning ifloslanishi, o’rmonlarning qisqarishi, tabiiy ofatlar kabi global muammolarning tahlili, hamda punktlar orasidaga eng qulay marshrutni topish, yangi ofisning optimal joylashishini tanlab olish, uyni uning adresi bo’yicha qidirish, joyda quvurlarni o’tkazish, har xil hokimiyat masalalari kabi kichik masalalarni yechish kiradi.
Turizmning mohiyati, bu sohaning rivojlanish manbai bo‘lgan turistik resurslarga chambarchas bog‘liqdir. Mamlakat qanchalik turli-tuman turistik resurslarga boy bo‘lsa, turizm shuncha tez rivojlanadi. Turistik resurslarning turizmdagi ahamiyati uning ijtimoiyiqtisodiy mazmunidan kelib chiqadi. Turizm nafaqat iqtisodiy, balki muhim ijtimoiy soha tufayli, ushbu sohaga davlatimiz alohida e’tibor qaratmoqda.
Tadqiqotlarimiz ko‘rsatdiki turistik resurslarga berilgan ta’riflarda hamon turli qarashlar mavjud. Bularni tadqiq qilib, turistik resurslarga qo‘yidagi ta’rifni berdik: Turistik resurslar deyilganda, insonning jismoniy, ruhiy va aqliy kuchini tiklashi, intellektual salohiyatini rivojlantirish kabi ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, turizm faoliyatini tashkil etishga asos bo‘luvchi tabiiy, madaniy-tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa ob’ektlar tushuniladi.
Shuning uchun ham turistik resurslarga hududda turistik maqsadda foydalanish mumkin bo‘lgan yuqorida nomlari keltirilgan barcha ob’ektlar kiradi. Ta’kidlash lozimki, turizmni tashkil etishda turistik resurslardan turistlarning barcha talabini qondirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanib bo‘lmaydi. Turizm faoliyatida ko‘pgina qo‘shimcha xizmatlar, ya’ni yashash uchun joylashtirish, ovqatlantirish, sayohat qilish va transport xizmatini tashkil etish kabilardan foydalanish orqali turistik resurslar samarador-ligini oshirish mumkin. Bunga erishish uchun turistik resurslarni asosan ikki guruhga bo‘lishni lozim: birlamchi resurslar (tabiiy, madaniy-tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy) va ikkilamchi resurslar (joylash-tirish va ovqatlanish ob’ektlari, sayohatni tashkil etuvchilar, transport xizmati, ko‘ngilochar ob’ektlar, axborot resurslari, servis tarmog‘i kabilar). Mamlakatimizda birinchi guruh resurslar etarli. Hozir ikkinchi guruh resurslarni yaratishga katta e’tibor berilmoqda. SHu tufayli kelayotgan turistlar soni ham yildan-yilga oshib bormoqda (5-rasm).2
|
| |