• 1-rasm. GISning tadqiqot uslublari
  • Geoaxborot tizimini qo‘llashning asosiy yo‘nalishlari va masalalari




    Download 51,8 Kb.
    bet3/11
    Sana18.05.2024
    Hajmi51,8 Kb.
    #243042
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    bron

    1.2 Geoaxborot tizimini qo‘llashning asosiy yo‘nalishlari va masalalari
    GIS asosiy ilm va texnologiyalarga tayanadi va bunday soha fanlari bilan yaqin aloqada bo‘ladi, jumladan: geografiya, kartografiya, aerokosmik metodlar, geodeziya, fotogrammetriya, informatika, matematika, statistika va boshqalar (1-rasm). 1Geografiya:– GIS asosida geografiya tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, ularning kelibchiqishi, o‘zaro bog‘liqligi va er yuzida tarqalishi mohiyatini tushuntiradi; uzoq muddatli fazoviy tahlil tajribasiga asoslanib, ularni tadqiq qilish metodlarini amalgaoshirish imkonini yaratadi; har qanday tadqiqot va qarashlarga GIS fazoviy yondashish kerakligini ta’kidlaydi;
    - geografiya fani o‘z oldida turgan vazifalarini echishda GISdan foydalanib, juda zarur bo‘lgan kuchli metodik qurolga ega bo‘ladi.
    Kartografiya:
    - hozirgi vaqtda GISga kiritilayotgan asosiy manbalar - kartalar va
    tasvirlanadigan asosiy ma’lumotlar ham kartalarda bo‘lib hisoblanadi;
    - kompyuter grafikasi esa kartografik manbalarni raqamli bayon etishga o‘z
    usullarini taqdim etadi;
    - kartografiya GISdan foydalanish mobaynida ixtiyoriy kartografik
    mahsulotlarni yaratish uchun kuchli vosita va juda katta hajmdagi qurilmalarga ega

    bo‘ladi.




    1-rasm. GISning tadqiqot uslublari
    Masofadan turib zondlash:
    – samolyot yoki boshqa vositalardan olingan suratlar GIS uchun asosiy
    geografik ma’lumotlar manbai bo‘lib hisoblanadi;
    - masofadan turib olingan zondlash materiallari deshifrovka qilingach, GISning
    boshqa turdagi ma’lumotlari qatlamlari bilan osongina birlashtiriladi;
    - rasmlar orqali taxlil ishlarini GISning o‘ta murakkab analitik funksiyalari
    yordamida bajariladi.
    Geodeziya:
    - Erda olib borilgan plan olish natijasidan yuqori aniqlikdagi topografik karta, u
    asosida esa ko‘plab mavzuli kartalarni tuzish imkoni yaratiladi;
    - Erning va boshqa planetalarning shakli va o‘lchamlari haqida sifatli ma’lumotlar olishni, er yuzasidagi tayanch nuqtalarni aniqlash metodlarini ishlab chiqishni, erlardan foydalanishda ekin turlari chegaralarini aniq belgilashni ta’minlaydi;
    - qishloq xo‘jalik erlarining holatini va ulardan foydalanish karta va planlarni GPS va elektron taxeometrlarni qo‘llash asosida tuzish metodlari va uslublari o‘rganiladi.
    Fotogrammetriya:
    - er yuzasida joylashgan obektlarning o‘rnini, o‘lchamini va shaklini aniqlash metodlarini fotografik tasvirlar orqali ishlab chiqadi, bular esa aero va kosmik fotosuratlarni qayta ishlash texnologik jarayonining asosiy qismi bo‘lib hisoblanadi.
    Informatika:
    - avtomatik loyihalashda, ma’lumotlarni kiritish, tasvirlash va uzatishda, u asosida esa uch o‘lchamli ob’ektlarni hosil qilishda alohida ahamiyat kasb etadi;
    - kompyuter grafikasida erishilgan yutuqlar grafikli ob’ektlarni qayta ishlashda, namoyish etishda, ayniqsa nashr qilish vositalarida keng ishlatilmoqda;
    - ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (SUBD) - ma’lumotlarni raqamli ko‘rsatishda, katta hajmli axborotlarni tizimini o‘rganishda va qayta ishlashda, ularga murojaat qilishda, saqlashda va yangilashda etarli darajada usullar bilan ta’minlamoqda;
    Matematika va statistika:
    - GIS matematikaning turli sohalarida - geometriya, shakllar va ma’lumotlar bazasi nazariyasi, boshqarishni optimallashtirish, statistika va boshqarish tizimlarini loyihalashda, fazoviy ma’lumotlarni taxlil qilishda va modellashtirishda keng qo‘llanilmoqda.
    Hozirda GIS Er yuzasining millionlab tadqiqotchilariga xizmat qilayotgan soha hisoblanadi. Ular GISni turli sohalarda qo‘llamoqdalar – global muammolarni
    o‘rganishda (xududlarning ifloslanishi, qishloq xo‘jaligini qayta tashkil etish, tabiiy ofatlarni o‘rganish va h.k.) va amaliy masalalarni echishda (punktlar orasidagi masofalarni aniqlashda, yangi aholi punktlarini optimal joylashtirishda, elektr energiyasi va neft va gaz tarmoqlarini o‘tkazishda, mahaliy boshqarish tashkilotlarining er munosabatlari masalalarini echishda va h.k.). Bunday yirik masalalar GISda qanday echiladi? Buning uchun GISning tuzilishi, ishlash prinsipi va undan foydalanish yo‘llarini ko‘rib chiqamiz.
    GIS bilan ishlayotganda kompyuter ekranida bir yoki bir nechta kartani (yokiplan-sxemani) ko‘rish mumkin. Ish jarayonida tasvirning detallashganlik darajasini oson o‘zgartirish, ayrim elementlarini kichiklashtirish yoki kattalashtirish mumkin. Masalan, shaharda biror bir uyni, uning pod’ezdini, atrofidagi ob’ektlarni ko‘rishimiz mumkin.Bundan tashqari, Siz ma’lumotlarning mavzuli tarkibi bo‘yicha boshqarish ishlarini ham olib borishingiz mumkin, masalan, foydali qazilmalar kartasida ish paytida kerakli bo‘lmagan ba’zi foydali qazilmalar tasvirlangan kartalarni yopibqo‘yish; zarur bo‘lgan qatlamlarni esa ko‘rsatish mumkin.
    Biror ob’ektni belgilab u haqida ma’lumot olish mumkin: masalan, binoning
    narxini, kimga qarashli ekanini, holatini, ob’ektning o‘lchamini, uning shahar asosiy muhandislik tarmoqlariga ulanganligini va h.k. Bu ko‘rsatkichlarni kompyuter monitorida bevosita o‘lchash ham mumkin. GISda maxsus qidiruv tizimi ham mavjud. Talabingizga binoan sizni qiziqtirgan ob’ektlar ko‘rsatkichlari haqida talab shartlari tuziladi va avtomatik ravishda talabingizga javob qaytariladi. Masalan, maydonning 0,1 ga dan kam bo‘lmagan va temir yo‘l bekatidan 3 km uzoqda joylashgan barcha suv havzalari, 1 km dan oshmagan masofada joylashgan er uchastkalari ekranda ko‘rsatilsin va h.k.Maxsus vositalar orqali ma’lumotlarni analitik qayta ishlab, juda qiyinmasalalarni ham echish mumkin, ya’ni real borliqning modelini hosil qilish. Masalan,suv va boshqa quvurlar trassasida ro‘y beradigan portlashlarni kutilishi mumkin bo‘lgan kungilsiz holatlarni bashorat qilish; ifloslanishning tarqalish yo‘nalishini tadqiq qilib, tabiiy muhitga etkaziladigan ofatni hisoblash, natijada unga qarab rejalarni belgilash mumkin.



    Download 51,8 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 51,8 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Geoaxborot tizimini qo‘llashning asosiy yo‘nalishlari va masalalari

    Download 51,8 Kb.