• Kalit so‘zlar
  • Turkistonda jadidchilik harakatining kelib chiqish tarixi




    Download 61.2 Kb.
    bet1/3
    Sana03.03.2024
    Hajmi61.2 Kb.
    #165997
      1   2   3
    Bog'liq
    TURKISTONDA JADIDCHILIK HARAKATINING KELIB CHIQISH TARIXI
    Soliq tizimida suniy intelektni qollash texnologiyasi-fayllar.org, 16-Mavzu Web dizayin, Doc1

    TURKISTONDA JADIDCHILIK HARAKATINING KELIB CHIQISH TARIXI
    B. MAMASOLIYEV
    (Qurolli Kuchlarda Axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik kafedrasi boshlig‘i, polkovnik)
    Annotatsiya. Maqolada O‘zbekistonda jadidchilik harakatining kelib chiqishi va vujudga kelish tarixi hamda ularning tahliliy jarayonlari keltirilgan. Jadidchilik maktabida etishib chiqqan olimlarning bosib o‘tgan yo‘llari bayon etiladi.
    Kalit so‘zlar: jadidlar, turkiston, olimlar, tahlil, jarayonlar, makrtablar.


    Kirish. XIX asr oxiri- XX asrning boshlarida siyosiy, madaniy, iqtisodiy jixatdan inqiroz xolatiga tushib qolgan mustamlaka tufayli rivojlanish past darajada bo‘lgan o‘lkada Turkiston ziyolilari chor Rossiyasining mustamlakachilik zulmidan qutulish, o‘z milliy davlatchiligini tuzish, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga yo‘l ochish, xalqqa ziyo tarqatish choralarini ko‘rdi. Bu borada jadidchilik xarakati katta rol o‘ynadi.
    Jadidchilik rus mustamlakachiligiga qarshi milliy demokratik xarakat bo‘lib, u o‘sha davr Turkistondagi qoloq iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sharoitda yashayotgan xalqlarni ma‘rifatlashtirish, jamiyat xayotida ijtimoiy va madaniy isloxotlar o‘tkazish, pirovardida milliy mustaqillik g‘oyalarini xayotga tadbiq etish maqsadini o‘z oldiga qo‘ygan edi[1,2].
    Turkistonda jadidchilik g‘oyalari XIX asrning 90-yillaridan yoyila boshladi. Bu xarakat XX asrning 30-yillari oxirlarigacha o‘lka ijtimoiy-siyosiy xayotida muxim rol o‘ynadi. Bugungi kunda respublikamiz tarixchi olimlari jadidchilik xarakatida quyidagi uchta bosqichni farqlashmoqda:
    1) XIX asr oxirlaridan 1915 yilgacha-ma‘rifatchilik;
    2) 1915 yildan – 1918 yil fevraligacha-muxtoriyatchilik;
    3) 1918 yil fevralidan - 20-yillar oxirlarigacha mustabid sovetlar davridagi faoliyati.
    Jadidchilik Rossiyaga qaram bo‘lgan musulmon xalqlari orasida dastlab Qrimda XIX asrning 80-yillarida paydo bo‘ldi. Uning asoschisi diniy-dunyoviy ilmlarni chuqur egallagan Ismoilbek Gasprali (1851-1914) bo‘ldi. Ismoilbek 1884 yilda jadid maktabi tashkil etib, 40 kunda 12 bolaning savodini chiqaradi. Uning o‘qitish usuli “usuli savtiya”, ya‘ni “yangi usul” nomi bilan shuxrat qozondi [3,4]. “Jadid” arabcha so‘z bo‘lib, “yangi” degan ma‘noni bildiradi. Ismoilbek g‘oyalarini qabul qilgan yangilik tarafdorlari “jadidlar”, uning g‘oyalari esa “jadidchilik” nomini oldi. Ismoilbek Gasprali darslik yaratadi, o‘zining “Tarjimon” (1883-1914) gazetasini tashkil etib, jadidchilikni turkiy xalqlar orasida keng targ‘ib qiladi. Bu gazeta Toshkent va boshqa shaxarlarga xam tez yoyiladi[5]. I. Gasprali 1893 yilda Toshkent, Samarqand va Buxoroda bo‘ldi. Buxoroda amir Abdulaxadni jadid maktabi ochishga ko‘ndiradi. Bu maktabga “Muzaffariya” nomi beriladi. 1898 yilda To‘qmoqda xam shunday maktab ochildi. 1899 yilda Andijonda Shamsuddin domla, 1901 yilda Qo‘qonda Saloxiddin domla, Toshkentda Munavvarqori Abdurashidxonov va Samarqandda Abduqodir Shakuriylar birinchi bo‘lib jadid maktablarini ochadilar. Jadidchilik xarakatining yirik namoyandalari jadid maktablari uchun darsliklar xam yaratganlar.
    Xususan, Saidrasul Aziziyning “Ustozi avval” (1903), Munavvarqorining “Adibi avval” (1907), Abdulla Avloniyning “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim” (1912) darsliklari aloxida e‘tiborga molikdir.
    Jadidlarning xalq ma‘rifati uchun kurash dasturi uch asosiy yo‘nalishdan iborat bo‘lgan:
    1. Yangi usul maktablari tarmog‘ini kengaytirish.
    2. Umidli, iqtidorli yoshlarni chet elga o‘qishga yuborish.
    3. Turli ma‘rifiy jamiyatlar tuzish xamda ziyolilarning kuchli firqasini tashkil etishga qaratilgan gazetalarni chop etish.
    Shu dasturni amalga oshirish borasida Maxmudxo‘ja Bexbudiy, Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonov, Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev, Abdulla Avloniy, Abdulxamid Cho‘lpon va boshqa ziyolilar jonbozlik ko‘rsatishdi (1-rasm).



    Download 61.2 Kb.
      1   2   3




    Download 61.2 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Turkistonda jadidchilik harakatining kelib chiqish tarixi

    Download 61.2 Kb.