• O‘qish muddati* Haftalar soni Kreditlar miqdori
  • O‘quv yuklamasining hajmi




    Download 458,85 Kb.
    bet20/89
    Sana19.02.2024
    Hajmi458,85 Kb.
    #158634
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   89
    Bog'liq
    “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.org

    6. O‘quv yuklamasining hajmi
    6.1. Bakalavriat
    Barcha turdagi auditoriya va auditoriyadan tashqari o‘quv ishlarini o‘z ichiga olgan o‘quv yuklamasining hajmi bir o‘quv yili uchun 60 kredit, bir semestr uchun 30 kredit qilib belgilanadi. 1 kredit 30 akademik soat o‘quv yuklamasiga tengdir.
    Reyting (baholash) tizimi asosida ta’lim jarayonini amalga oshirayotgan oliy ta’lim muassasalari uchun barcha turdagi auditoriya va auditoriyadan tashqari o‘quv ishlarini o‘z ichiga olgan o‘quv yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 54 akademik soat qilib belgilanadi.
    Ishlab chiqarishdan ajralgan holda (kunduzgi) o‘qish shakli uchun auditoriya mashg‘ulotlarining hajmi haftasiga:
    kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayoni amalga oshirilayotganda 22 — 32 akademik soat oraligida;
    reyting (baholash) tizimi asosida ta’lim jarayoni amalga oshirilayotganda 22 — 36 akademik soat oraligida belgilanadi.
    Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda (kechki) o‘qish shakli uchun bir haftada odatda besh kun, auditoriya mashg‘ulotlarining eng yuqori hajmi haftasiga 20 soat qilib belgilanadi.
    Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda (sirtqi, maxsus sirtqi) o‘qish shakli uchun auditoriya mashg‘ulotlarining hajmi ishlab chiqarishdan ajralgan holda (kunduzgi) o‘qish shaklining kamida 30% etib belgilanadi.
    Ishlab chiqarishdan ajralgan holda (kunduzgi) o‘qish shakli uchun o‘qishning me’yoriy muddati quyidagicha taqsimlanadi:


    O‘qish muddati*


    Haftalar soni


    Kreditlar miqdori


    Akademik soatlar miqdori

    3 yil

    152

    180

    5 400

    4 yil

    204

    240

    7 200

    5 yil

    256

    300

    9 000

    6 yil

    308

    360

    10 800



    * Kunduzgi o‘qish shakli tayanch sifatida olinadi.
    Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda (kechki, sirtqi, maxsus sirtqi) o‘qish shakli uchun kreditlar miqdori kunduzgi o‘qish shakli kreditlariga mos qilib olinadi.
    O‘quv davrining umumiy hajmi quyidagicha taqsimlanadi:





    Download 458,85 Kb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   89




    Download 458,85 Kb.