Mualliflik o‘quv dasturlari




Download 458,85 Kb.
bet28/89
Sana19.02.2024
Hajmi458,85 Kb.
#158634
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   89
Bog'liq
“tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.org

Mualliflik o‘quv dasturlari davlat standarti talablarini hisobga olgan holda
o'quv fanini qurilishi boshqacha mantiqidan iborat bo'lishi, u yoki bu nazariyalarni
o'rganishga mualliflik yondashuvi, o'rganilayotgan hodisa va jarayonlarga nisbatan
mualliflik nuqtai nazarini aks ettirishi lozim. Mualliflik o'quv dasturlari o'quvchilarning erkin tanlovi bo'yicha (majburiy va fakultativ) kurslar tashkil etishda keng foydalaniladi. Ta’lim mazmuni va o'quv dasturlari o'quv adabiyotlarida loyihalashtiriladi. Bunday adabiyotlar sirasiga darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari kiradi.
Namunaviy o'quv dasturlari Oliy va o'rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi, tavsiyanoma xususiyatiga ega bo'ladi. Namunaviy dastur asosida maktab, oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishchi o'quv dasturlari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Namunaviy dasturdan farqli ravishda ishchi dasturda regional komponenti ta’riflanadi, o'quv jarayonini metodik, informatsion, texnik ta’minlash imkoniyati, o'quvchilarning tayyorgarligi darajasi hisobga olinadi.
O'quv rejasi - barcha ta’lim muassasalarida so'zsiz amal qilinishi lozim bo'lgan davlat hujjatidir. Ta’lim muassasalari uchun mo’ljallangan o'quv rejasi ishlab chiqiladi va tegishli vazirlik tomonidan tasdiqlanadi (Respublika xalq ta’limi yoki oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan). O'quv rejasi ta’lim muassasasi ma’muriyatiga yuboriladi hamda mazkur reja asosida o'quv jadvali tuziladi. O'quv jadvalida hafta davomida o'qitiladigan o'quv predmetlarining nomi va ularga ajratilgan soatlar miqdori ko'rsatilib, o'quv yurti direktorining o'quv ishlari bo'yicha o'rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Alohida aniq bir fanning o'quv rejasi shu fanni o'qitish uchun ajratilgan soatlar va o'quv yilining tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatidir.
O'quv rejasini tuzishda quyidagi omillarga asoslanadi: O'quv tarbiya ishining maqsadi, talabalarga aniq ilmiy bilim berish, olgan bilimlarini ko'nikmaga aylantirib, uni hayotga qo'llay olishga o'rgatish. O‘quv dasturi ham xuddi o‘quv rejasi muhim davlat hujjati bo‘lib, unda muayyan o‘quv predmeti fanning mazmuni ochib beriladi va o'quv yili davomida o'quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi zarur bo’lgan bilim, ko'nikma va malakalar hajmi ko‘rsatiladi.
O'quv dasturlari tegishli ta’lim (umumiy o‘rta, kasb-hunar yoki oliy ta’lim)
turidagi barcha ta’lim muassasalari uchun yagona, uning talablari to‘la ravishda bajarilishi majburiydir. Dastur tushuntirish xati, bo’lim va mavzular bo'yicha ajratilgan soatlar hajmi, dastur materiali mazmuni hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo'ladi.
Tushuntirish xatida o'quv predmetining ahamiyati, uning fanlar tizimida tutgan o'rni, ular o'rtasidagi aloqadorlik, materialni o'rganish jarayonida hal etilishi lozim ayrim bo'lim va mavzularni o'rganish xususiyatlari ko'rsatiladi. O'qitish (ta’lim) metodlari va vositalarini qo'llashga doir tavsiyalar beriladi. Soatlar hisobini asosli o‘rinlarda o‘zgartirilishiga yo‘1 qo’yiladi.
Dastur materiali bo'limlar va mavzular bo'yicha taqsimlangan bo'lib, har bir
mavzuni o'rganish uchun o'zlashtirishi majburiy bo'lgan tushunchalar tizimini, shuningdek, ko'nikma va malakalarning aniq ko'rsatkichi beriladi, nihoyat, o'quvchilarga qo'yiladigan yakuniy talablar bayon etiladi. Dasturdagi material ta’lim va tarbiya maqsadlari, didaktik tamoyillar uzviylik va izchillikka muvofiq ravishda tanlanadi va taqsimlanadi.
O'quv dasturlari quyidagi tamoyillar asosida tuziladi:
1. Dastur mazmunining ilmiy xususiyatga egaligi.
2. Dastur mazmunining ijtimoiy-g'oyaviy xususiyatga egaligi.
3. Nazariy g'oyalarning amaliyot bilan birligi.
4. Dastur mazmunining ijobiy-tarixiy xususiyatga egaligi va aniq bir g'oyaga asoslanganligi.
5. Dastur mazmunining muayyan tizimga ega bo'lishi.
6. O'quv predmetlari o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik, bog'lanishning mavjudligi.
7. Dasturni tayyorlashda o'quvchilarning psixologik va ruhiy xususiyatlarini inobatga olish.

Download 458,85 Kb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   89




Download 458,85 Kb.