|
Turon zarmed universiteti
|
bet | 36/89 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 458,85 Kb. | | #158634 |
Bog'liq “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.orgMa’ruzada o'tilayotgan mavzuning haqiqiy mohiyatini ochib berish, ulardan ilmiy xulosalar chiqarish va umumlashtirish yo'li bilan, bir soatlik mashg'ulot davomida bilimlarni izchillik bilan to'liq bayon etadilar. Ma’ruza, asosan yuqori o'rta-maxsus va oliy o'quv yurtlarida qo'llaniladi. Unda mavzu sidirg'asiga bayon qilinsa ham, boshqa o'quv materialining unsurlari bilan bir qatorda og'zaki bayon qilish metodining turlari - hikoya qilish, tushuntirishlardan ham foydalanish mumkin. Ma’ruza quyidagi talablar asosida tashkil etiladi:
1. Materialning ta’lim tizimi oldida turgan umumiy talablarni amalga oshirishga xizmat qilishga erishish.
2. Materialning tarbiyaviy ahamiyatini to'g'ri belgilash, tarbiyaviy ta’sir vositalarini aniqlash.
3. Ma’ruza jarayonida o'quvchilarni mavzuga oid fan yangiliklari, kashfiyotlar bilan tanishtirib borish.
4. Bayon qilishda o'qituvchi nutqi yagona bilim manbai hisoblanadi, shu bois u ravon, tushunarli, ifodaviy bo'lishi lozim.
5. Ma’ruza jarayonida o'quvchi uchun notanish bo'lgan so'z va iboralarga izoh berish, qoida va qonunlarning ta’rifi sodda, ixcham va tushunarli bo'lishi kerak.
6. O'quvchi-talabalar o'qituvchi tomonidan berilgan ta’riflarni yozib borishlari kerak.
O'quv materialini tushuntirish o'rganilayotgan hodisa, qonun, qoida yoki harakatning mohiyatini ochib berishga qaratilgan. O'qituvchi muayyan bir predmetning u yoki bu mavzuga oid qonun-qoidalar qanchalik asosli ekanligini dalillar, misollar keltirish yo'li bilan isbotlab beradi.
Suhbat metodi ko'pincha savol-javob metodi deb ham yuritiladi. Chunki bu
metoda dars o'tilsa, u asosan savol-javob yo'sinida olib boriladi. O'qitish jarayonida o'rganilayotgan mavzu yuzasidan kirish, asosiy va yakunlovchi suhbatlar ham qo'llaniladi, shuningdek, o'quvchilar tomonidan yangi o'tilgan mavzu qanchalik tushunganlarini tekshirish maqsadida ham suhbat o'tkaziladi. Suhbat metodi bilan ish ko'rganda, mashg'ulotlarni tashkil qilish va uni olib borishda o'qituvchi quyidagilarga amal qilishi kerak:
1. O'qituvchining suhbat uchun tayyorlab kelgan savollari o'quvchilarining hammasiga taalluqli bo'lib, so'roq o'rtaga tashlanishi kerak.
2. O'quvchilardan biri javob berish uchun chaqiriladi.
3. Barcha o'quvchilar javob berayotgan o'quvchini qunt bilan tinglashi, uning javobini to’ldirishi, tuzatish, oydinlashtirishga yordam berishini ta’minlash lozim.
|
| |