|
O'qitish jarayonida qo'llaniladigan metodlarga qo'yiladigan talablar
|
bet | 34/89 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 458,85 Kb. | | #158634 |
Bog'liq “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.orgO'qitish jarayonida qo'llaniladigan metodlarga qo'yiladigan talablar.
Ta’lim metodlari oldiga quyidagi asosiy talablar qo'yiladi:
1. O‘quv materialini o‘rganish yo‘li fikr yuritishning didaktik usullarini, milliy istiqlol g'oyasiga hamda milliy qadriyatlarga asoslangan axloq, xulq-atvorning irodaviy sifatlarini shakllantirishga olib kelishi kerak. Shu talab nuqtai nazaridan qaraganda, ta’lim metodi tarbiyalovchi xarakterda bo'lishi, ya’ni bilimlarni o'zlashtirishgagina emas, balki ta’limning tarbiyalovchilik imkoniyatlarini ishga solishga ham yordam berishi kerak.
2. Ta’lim metodi ilmiy dalilar bilan ravshan va aniq asoslangan bo'lishi lozim. Ana shunda o'qituvchi, bu metod bilan ishlashda qanday vazifalarni qo'yib, hal qilish mumkinligini va qanday vazifalarni amalga oshirib bo'lmasligini ko'ra oladi. Metodning ilmiyligi o'quvchilarning ravshan va aniq fikr yuritishini: materiallarni o'zlashtirish jarayonidagi dalil-isbot va muhokamalarning maqsadi, vositalari, usullari, asosiy va ikkinchi darajali natijalarni ham bildiradi.
3. Ta’lim metodlarining tizimliligi ularning samaradorlik darajasini belgilaydi. O'quv materialini o'rganishning har qanday alohida olingan usuli, garchi, shu darsda qo'llanish uchun juda qulay bo'lsa ham, o'qitishning boshqa metodlari bilan birga qo'llanilmaganda o'quvchilar aqlining o'sishiga uncha ta’sir ko'rsatmasligi mumkin.
4. Ta’lim metodlari oldiga muqarrar sur’atda qo'yiladigan yana bir talab - ularning tushunarli bo'lishidir. O'qitish yo'li o'quvchiga tushunarli va maqbul bo'lishi, o'quv materialini o'rganish usullari esa uning bilimlarni o'zlashtirishdagi yosh imkoniyatlariga muvofiq kelishi lozim.
5. Bolani sezgi organlari orqali bilishga o'rgatish va o'quv jarayonida ko'rsatmali qurollardan iloji boricha ko'proq foydalanish zarurligi ta’lim metodlari oldiga qo'yiladigan muhim talabdir. Ta’lim metodlarini ta’limni ongli va faol shaklda olib borish tamoyili nuqtai nazaridan asoslash zarurligi ham muhim talablardan biridir. Bolaning o'quv mashg'ulotlariga ongli munosabatda bo'lishi, o'quv materiali mazmunini ongli ravishda tushunishi, undagi bilish faolligi va qiziqishining darajasi o'qituvchining tushuntirish metodlariga va bolalaming bilimlami o'lashtirish usullariga bog'liq.
6. Ta’lim metodlari oldiga qo'yiladigan talablardan yana biri bilimlarning asosli va puxta bo'lishidir. Ta’lim metodlari yaxshi natija beradigan bo'lishi lozim. O'qituvchining tushuntirish va o'quvchilarning o'zlashtirish usuli rejalashtirilgan yoki mo'ljallangan natijani berishi kerak.
|
| |