• Namoyish etish
  • Mashq qildirish metodi
  • Darslik va kitob bilan ishlash




    Download 458,85 Kb.
    bet37/89
    Sana19.02.2024
    Hajmi458,85 Kb.
    #158634
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   89
    Bog'liq
    “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.org

    Darslik va kitob bilan ishlash materialni og'zaki bayon qilish metodining asosiy turi bo'lib, maktab amaliyotida muhim o'rin tutadi. O'quv adabiyotlari bilan ishlash murakkab psixologik jarayonni o'z ichiga oladi. U ta’lim jarayonida o'qituvchi tomonidan bayon qilingan bilimlarni, o'quv materiallarni kitob matnidan ko'rib, ongli idroq qilish faoliyatini rivojlantirishni ham nazarda tutadi. Darslik va kitob bilan ishlash ikki yo'nalishda olib boriladi.
    Namoyish etish, ekskursiya o‘quvchilarining o‘quv materiallarini aniq obrazlar orqali bevosita idrok qilishlarini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Namoyish etish metodi o'qituvchi tomonidan qilinayotgan ilmiy-nazariy bilimlarni o'quvchilar puxta o'zlashtirishlari uchun ularning sezgi organlari eshitish, ko'rish, hid va ta’m bilish, teri sezgilarining bir obyektga alohida-alohida yoki bir necha sezgi a’zolarini bir yo'la safarbar etish yo'li bilan olib boriladi. Namoyish etish metodi mavzuning xususiyatiga ko'ra ikki yo'nalishda olib boriladi. Mavzuning mazmuniga bog'liq bo'lgan narsa-hodisa va voqealarni hamma vaqt sinf sharoitida namoyish qilish mumkin bo'lavermaydi. Shu bois o'tilayotgan mavzuning xususiyatiga ko'ra ekskursiya metodidan ham foydalaniladi. Ekskursiya metodi o'rganilayotgan voqea va hodisalarni tabiiy sharoitda yoki maxsus kuzatiladi. Namoyish etish, tasvirlash va ekskursiya metodi bilan ish ko'rishda o'quvchilarni turli mavzularda tasviriy materiallar bilan ishlashga jalb etish muhim didaktik ahamiyatga egadir. Amaliy mashg'ulotlar metodi quyidagilardan iboratdir.
    1. Mashq qildirish metodi


    2. Labarotoriya mashg’ulotlari


    3. Amaliy mashqlar metodi




    Mashq qildirish metodi, asosan o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlarni mustahkamlash va uni amalda qo'llay olish, tegishli ko'nikma va malakalarga ega bo'lishni ta’minlashga xizmat qiladi. Odatda, mashq qildirish deganda ilmiy bilim va ma’lum bir ish – harakatni o'zlashtirish yoki takomillashtirish maqsadida rejali ravishda tashkil etilgan takrorlash tushuniladi. Mashq qildirish metodi o'quv predmetlarining mazmuni va tavsifiga qarab turlicha olib borilishi mumkin. O'quvchilarning o'zlashtirgan ko'nikma va malakalarini mustahkamlash va ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda mashq qildirish quyidagi talablarga amal qilishi lozim:
    1. Topshiriqning maqsadi o'quvchilarga aniq va ravshan tushuntirilgan bo'lishi topshiriqning mazmuni va uni ishlash yo'llari puxta uqtirilgan bo'lishi lozim.
    2. O'quvchilar diqqati taqdim etilayotgan mashqqa jalb qilinishi, jamoaning va har bir o'quvchining intilish va qiziqishlari hisobga olinishi lozim.
    3. Topshiriq qat’iy tizim va izchillikka ega bo'lishi lozim.
    4. Ma’lum qoida yuzasidan o'zlashtirilgan ko'nikma va malakalar shu qoidaga oid boshqa mazmundagi topshiriqlarni bajarishda ham osonlik bilan qo'llanilishi lozim. Topshiriq o'quvchilarning faol faoliyatini ta’minlaydigan bo'lishi va mashqni, albatta, belgilangan vaqt ichida bajarish talab qilinishi kerak. Mashq qildirish metodida o'quvchilarning yozma ijodiy mashqlari alohida o'rin egallaydi. Shuningdek, ma’lum mavzularda ma’ruza tayyorlash, grafik ishlari ham muhim ahamiyat kasb etadi.

    Download 458,85 Kb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   89




    Download 458,85 Kb.