• Hikoya qilish
  • Turon zarmed universiteti




    Download 458,85 Kb.
    bet35/89
    Sana19.02.2024
    Hajmi458,85 Kb.
    #158634
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   89
    Bog'liq
    “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.org

    Metodlarning turlari. Metodlar bir qancha asosiy guruhlardan iborat bo'lib, ularning har biri o 'z navbatida kichik guruhlar va ularga kiruvchi alohida metodlarga bo’linadi. O'quv bilish faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish jarayonini o'zi uzatish, qabul qilish, anglash, o'quv axborotlarini esda saqlashni hamda olinadigan bilim va ko'nikmalarni amaliyotda qo'llay olishni nazarda tutishni hisobga olsak, birinchi guruh metodlariga so'z orqali uzatish va axborotni (informasiyani) eshitish orqali qabul qilish metodlari, og'zaki metodlar, hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqalar; o'quv axborotini ko'rgazmali uzatish va ko'rish orqali qabul qilish metodlari - ko'rgazmali metodlar; tasviriy, namoyish qilish va boshqalar; o'quv axborotini amaliy mehnat harakati orqali berish (amaliy metodlar, mashqlar, laboratoriya tajribalari, mehnat harakatlari va boshqalar) kiradi.
    Yuqorida bayon qilingan fikrlardan kelib chiqqan holda amaliyotda keng qo’llanayotgan metodlarni, asosan quyidagi uch guruhga ajratish mumkin. O‘quv materialini og'zaki bayon qilish metodi maktab ta’lim mazmunda eng ko‘p qo‘llaniladigan metodlardan biri bo‘lib, mazkur metodga barcha o‘quv predmetlari bo'yicha barcha sinflarda murojaat qilish mumkin. Ushbu metod bayon qilinayotgan ma’lumotlarning to'g'ridan-to'g'ri o'qituvchining jonli nutqi orqali idrok qilinishi bilan tavsiflanadi va ana shu xususiyatiga ko'p ta’limning boshqa metodlaridan farq qiladi. O'quv materialini og'zaki bayon qilish metodi quyidagi 5 turda qo'llaniladi.
    1. Hikoya qilish


    2. O'quv materiali tushuntirish


    3. Maktab ma’ruzasi


    4. Suhbat



    5. Darslik va kitoblar bilan ishlash


    Hikoya qilish o'qituvchi tomonidan yangi o'tilayotgan mavzuga oid narsa, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo'lib, obrazli tasvirlash yo'li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishidir (bayon qilish 30-40 daqiqa bo‘lishi mumkin). Hikoya qilish ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitishda keng qo'llaniladi. Hikoya qilish davomida o'quvchilar passiv tinglovchi bo'lib qolmasliklariga, aksincha, ular faollikni oshirish, diqqatni mavzuga safarbar qilish, hodisa va voqealar ustida fikr yuritish, fikr almashish maqsadida savollar berib borish, ko'rgazmali qurollardan foydalanishga e’tibor berish lozim.

    Download 458,85 Kb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   89




    Download 458,85 Kb.