• Amaliy mashgulotlar metodi
  • Nazorat uchun savollar
  • II jarayon 1-mavzu: Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o‘qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish Reja
  • Turon zarmed universiteti




    Download 458,85 Kb.
    bet38/89
    Sana19.02.2024
    Hajmi458,85 Kb.
    #158634
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   89
    Bog'liq
    “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.org

    Laboratoriya metodi ta’lim jarayonida o'quvchilarga atrofni o'rab olgan obyektiv borliqdagi narsa va hodisalar, ularning shakli, hajmi, tarkibi, tuzilishi, o'zgarishi va rivojlanishi qonuniyatlari haqida yangi-yangi bilimlar berish, o'zlashtirayotgan ilmiy bilimlarni mustahkamlash hamda tegishli ko'nikma va malakalar bilan qurollantirishda muhim ahamiyatga ega. Laboratoriya metodidan, asosan maxsus fanlarni o'qitishda, har bir fanni o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda foydalaniladi. Laboratoriya mashg'uloti xususiyatiga ko'ra uch xil bo'ladi. Laboratoriya metodi asosida o‘tiladigan mashg‘ulot xususiyatiga qarab quyidagi shaklda tashkil qilinadi:
    1. O‘quvchilar bilan ommaviy mashg'ulotlar.
    2. O'quvchilar bilan guruhli mashg'ulotlar.
    3. Har bir o'quvchi bilan yakka tartibda mashg'ulotlar.
    Amaliy mashg'ulotlar metodi o'quvchilarga umumiy texnika-ijodiy ta’lim berish va mehnat malakasi bilan qurollantirishda asosiy metod bo'lib xizmat qiladi. Ta’lim jarayonida qo'llaniladigan vositalar ta’lim samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Vosita muayyan o'qitish metodi yoki metodik usullarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo'lgan yordamchi o'quv materiallaridir. Ta’lim vositalari asbob-uskunalar, laboratoriya jihozlari, axborot va texnik vositalar (qurilmalar), ko'rsatmali qurollar, ramziy belgilar, darslik o'quv qo’llanmalari, radio, televideniye va kompyuter va hokazolardan iborat bo’ladi.
    Nazorat uchun savollar:
    1. Ta’limiy metodlarning pedagogik mohiyati deganda nimani tushunasiz?
    2. O'qitish metodlariga qo'yiladigan talablar.
    3. O'qitish metodlarining turlari.
    4. Og'zaki metodlar va ularning turlari.
    5. Ko'rsatmalilik metodi va ularning turlari.
    6. Amaliy metodlar va ularning turlari.
    7. O'qitish (ta’limiy) metodlariga berilgan tavsiflar.
    8. Ta’limiy metodlarning ahamiyati.
    II jarayon
    1-mavzu: Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o‘qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish
    Reja:
    1. Pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ilmiy asoslari
    2. Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish
    3. Keys-stadi metodi
    4. O‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan texnologiyalarni turlari

    Download 458,85 Kb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   89




    Download 458,85 Kb.