• Keys-stadi metodi Keys-stadi
  • Keys-texnologiyasini amalga oshiruvchi oqituvchi faoliyatining bosqichlari: Tayyorgarlik bosqichi
  • Asosiy bosqich: keys-texnologiyasini amalga oshirish: O qituvchi harakatlarining izchilligi
  • Turon zarmed universiteti




    Download 458,85 Kb.
    bet41/89
    Sana19.02.2024
    Hajmi458,85 Kb.
    #158634
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   89
    Bog'liq
    “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.org

    Interfaol metodlar: diskussiya, trening va o'yinlar. Hozirgi kunda bu metodlarning o'qitish shakllari va usullari bilan biriktirilgan
    modifikatsiyalari (o'zgartirish) foydalaniladi. Masalan:
    1) leksiya-diskussiya;
    2) treninglar;
    3) keys-stadi;
    4) ≪ochiq javoblar bilan≫ muhokama;
    5) ≪yakunlanmagan xulosa bilan≫ suhbatlashish;
    6) juft bo'lib yoki kichik guruhlarda ishlash;
    7) ≪aqliy xujum≫;
    8) bellashuv;
    9) grafik-organayzerlar;
    10)qoida bo'yicha va qoidasiz o'yin;
    11) o‘zining loyihalarini reklama qilish.
    Keys-stadi metodi
    Keys-stadi inglizcha sase-aniq vaziyat, stadi-ta’lim so'zlarining birikuvidan hosil qilingan bo'lib, aniq vaziyatlarni o'rganish, tahlil etish va ijtimoiy ahamiyatga ega natijalarga erishishga asoslangan ta’lim metodidir. Mazkur metod muammoli ta’lim metodidan farqli ravishda real vaziyatlarni o'rganish asosida aniq qarorlar qabul qilishga asoslanadi. Agar u o'quv jarayonida ma’lum bir maqsadga erishish yo'li sifatida qo'llanilsa, metod xarakteriga ega bo'ladi, biror bir jarayonni tadqiq etishda bosqichma-bosqich, ma’lum bir algoritm asosida amalga oshirilsa, texnologik jihatni o'zida aks ettiradi.
    Keys-texnologiyasini amalga oshiruvchi o'qituvchi faoliyatining
    bosqichlari:
    Tayyorgarlik bosqichi:
    Auditoriyadan tashqarida bajariladigan murakkab ilmiy-tadqiqotchilik, uslubiy va konstruksiyalash faoliyatini o‘z ichiga olib, o'qituvchi harakatlarning quyidagi izchilligi bilan bog'liq bo'ladi:
    -keysni yaratadi (agar tayyor keysdan foydalanilmasa);
    -ta’lim texnologiyasini loyihalashtiradi va rejalashtiradi;
    -o'quvchilarni tayyorlaydi, ularning keys bilan mustaqil ishlashi uchun o'quv va
    uslubiy ta’minotni ishlab chiqadi.
    Asosiy bosqich: keys-texnologiyasini amalga oshirish:
    O 'qituvchi harakatlarining izchilligi:
    -Ishchi dasturi asosida o'quv mashg'uloti shakli, turi va vaqtini belgilaydi (amaliy mashg'ulot mustaqil ish o'quv amaliyoti).
    -O'quv mashg'uloti maqsadini oydinlashtiradi, o'quv mashg'ulotidan kutiladigan natijalar va pedagogik vazifalarni belgilaydi.
    -Ta’limning optimal modelini (belgilangan vaqtda va qaror topgan sharoitlarda qo'yilgan maqsadning amalga oshirilishini va prognoz qilinadigan o'quv natijalariga erishishni kafolatlaydigan optimal ta’lim metodlari, shakl va vositalari majmui)ni tanlaydi.

    Download 458,85 Kb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   89




    Download 458,85 Kb.