|
Ta’limning interfaol metodlari
|
bet | 44/89 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 458,85 Kb. | | #158634 |
Bog'liq “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.orgTa’limning interfaol metodlari. Inter ingliz tilidagi ≪inter≫ old qo'shimchasidan iborat bo'lib, u tom ma’noda o'zaro ta’sir, yo'nalganlik ma’nosini
anglatadi. Bu yerda inter so'zi keng doirada, xalqaro miqyosdagi ta’sir, harakat, yo'nalganlik mazmuniga ega. Interfaol atamasiga kelsak, u ≪interactive≫ ya’ni keng xalqaro miqyosdagi harakat faolligini bildiradi. Lotincha inter so'zining ma’nosi - ichki potensial imkoniy quvvat degani. Ma’lumki, har bir inson o'z ichki imkoniy quvvatiga va o'zgalarda qaytarilmas fazilatga ega. Interaktiv usul tarbiya nuqtai nazaridan, har bir kishini ruhiy, ilohiy tavsifini ko'zda tutgan hoda, xalqaro miqyosdagi ta’lim - tarbiya yangiliklarni hamda ma’naviy manbalarimizdagi aks ettirilgan intellektual salohiyatimiz ko'nikmalari asoslanib komil farzand tarbiyalash demakdir.
G'arbda pedagogikaning interfaol metodlari bilan shug'ullanadigan qismini interaktiv pedagogika deb ham yuritiladi. Interaktiv pedagogika yoshlarni talabalarni faolliklari xilma-xilligini hamkorligi, xayrixohligi asosida ularni yangi faollika, bunyodkorlikka, yaratuvchanlikka undovchi pedagogika bo'lib, talabalarga bunday sifatlar ular erkin fikrlash asoslarini egallaganlaridan keyin shakllana boshlaydi, rivojlanadi. Interaktiv pedagogika yangi ta’lim asosida ta’lim-tarbiyaning hamma shakllarida joriy etilmoqda. Masalan, ma’ruzalarda, interaktiv pedagogikaning munozara, muomalalar muhokamasi, aqliy xujum, bahslar kabi usullaridan keng foydalaniladi.
Amaliy mashg'ulotlarda esa seminar, og'zaki, yozma kolokviumlar, referatlar muhokamasi, faol eksperiment, amaliy o'inlar metodlaridan keng foydalanilmoqda. Ammo shunga qaramay, G'arb davlatlaridan bizga interaktiv pedagogikaning bir qancha qarorlar shajarasi, Ajurli arra, tajribalar, tadbirlar hamkorligi kabi metodlari kirib keldi. Inson imkoniyatlarining yana bir mo'jizaviy tomoni shundan iboratki, har bir kishi nodir va betakror bo'lishi bilan birga u ijtimoiylikka muhtoj qilib yaratilgan. Ya’ni hatto har bir qobiliyatli kishi o'z aqliy-amaliy imkoniyatlaridan optimal foydalanganda ham intellektual imkoniyatlarini faqat - 4-5% ini ishga sola oladi. Shuning uchun kishilarning qiziqishi, qobiliyatlar yo'nalishi turlicha bo'lib ular jamoalashganda aqliy imkoniyatlarning foydali ish koeffisenti ko'payadi. Interaktiv pedagogika talabalarda ijobiy hamkorlikning har bir kishi uchun qanday katta manfaat kasb etishini amalda ko'rsatadi. Shunda talabalar fikrlari xilma - xilligidan cho'chimaydilar, balki undan o'zaro manfaatdor bo'ladilar va atrofdagi ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarga ongli munosabatda bo'ladilar. Interaktiv pedagogika tashkiliy shakli, metodlari, talabalarning o'zaro munosabatlari, talaba va o'qituvchi munosabatlari bilan patemalistik (nasihat va o'qtirishga asoslangan) pedagogikadan tubdan farq qiladi.
Masalan, interaktiv pedagogikaning ≪munozara≫ shaklidagi mashg'uloti ikki bosqichli qilib o'tkaziladi. Agar guruhdagi 20 ta talaba bo'lsa, ular 4 tadan yoki 5 kishidan iborat kichik guruhlar shaklida o'tkaziladi, ya’ni har bir stolga davra qilib o'tiriladi. Shunday qilib, guruhda 4 yoki 5 ta davra hosil bo'ladi. Bugungi mashg'ulotda hal qilinishi kerak bo'lgan muammo 4 yoki 5 ta masalaga bo'linadi. O'qituvchi guruhlar hal qilish lozim bo'lgan masalalami alohida qog'ozlarga yozib keladi. Har bir guruhga turli savollar tarqtiladi. Agar muammo yangi bo'lsa, har bir kartochka - qog'ozda savollarga qisqacha yordamchi izohlar berilishi kerak. Yoki muammoni hal qilish uchun zarur bo'lgan materiallar bilan tanishish talabalarga oldindan topshiriladi. Har bir guruhga o'zlari olgan masalalarni kichik guruhlarda o'zaro ijodiy hamkorlikni yo'lga qo'yib munozarani tashkil qilish va tegishli javob hozirlash uchun 5-10 minut beriladi (qiyinlik darajasiga qarab). Keyin munozaraning ikkinchi bisqichi boshlanadi. Unda har bir kichik guruh vakili o'zlari hal qilgan masalani bugun guruhga, jamoaga gapirib, isbotlay berishi kerak. Bu vakilning javobi boshqa guruh a’zolari tomonidan umumiy munozaraga olinadi va umumiy yakuniy xulosa chiqariladi. Bunda professor-o'qituvchi munozaraga ijodiy hamkor sifatida, eng zarur paytlarda ishtirok qilish kerak. Fikrlarni to'g'ri, noto'g'ri deb tasdiqlamasligi kerak. Chunki u erkin fikrlashga to'siq bo'ladi. Albatta, professor-o'qituvchi xulosaviy fikrlarda agar bo'lsa, yordamga kelishi kerak. Xuddi shunday beshta guruhlarning javoblari munozarada hal qilingach, (5-10 minutdan) umumiy qo'yilgan muammo muhokamasiga hamma qatnashadi. Yakuniy xulosalar doskaga yoziladi. Talabalarga tegishli reyting ballari munozara davomida va munozara yakunida quyila boradi. Interaktiv pedagogika talabalarni amaliy va nazariy faollikka yangi g'oyalar izlashga, o'z fikrlari, g'oyalarini himoya qilishga, o'z g'oya fikrlarini isbotlashga, boshqalarni fikrlariga hurmat va tanqidiy qarashga, muloqot, munozara olib boorish sifatlarini o'stirishga, mustaqil ishlanishga, amaliy ijodkorlikka, amaliy sifatlarga ega bo'lishga o'rgatadi. Interaktiv pedagogika professor-o'qituvchilarga o'zlari o'qitayotgan fanlarini zamonaviy ta’limiy, ijodiy-amaliy rivojlantiruvchi va tarbiyaviy funksiyalarini aniq belgilab olib milliy ta’lim modelidagi uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish integrasiyasi asosida interaktiv pedagogikadan o'rinli foydalanib zamon talabi darajasidagi yetuk mutaxassislarni tayyorlashdagi o'zlarining sharafli vazifalarini bajarishlari kerak.
|
| |