• O‘quvchilar tomonidan keysni yechish bosqichlari
  • Ikkinchi bosqich
  • Tahliliy, baholovchi bosqich




    Download 458,85 Kb.
    bet42/89
    Sana19.02.2024
    Hajmi458,85 Kb.
    #158634
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   89
    Bog'liq
    “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.org

    Tahliliy, baholovchi bosqich:
    Yaratilgan keys ekspert tekshiruvidan va bahosidan o'tishi kerak. Quyidagilar
    tekshirish usullari bo'lishi mumkin:
    1. Keys loyihasining korxona xodimi tomonidan ko'rib chiqilishi va unda bayon qilingan axborotning real vaziyatga muvofiq kelishi, shuningdek keltirilgan faktlar talqini va shu kabilarning tekshirilishi.
    2. Ekspertlik bahosi va hamkasblar fikrlari, o'qituvchi-keysologning keysning ta’limdagi qimmati xususidagi fikri, uni tekshirishning ikkinchi usulidir.
    O‘quvchilar tomonidan keysni yechish bosqichlari:
    Jahon tajribasi ko'rsatishicha, agar o'quvchilarning keysni hal etish texnologiyasi ikki bosqichdan iborat bo'lsa, ta’limiy maqsadlarga erishishda yanada ko'proq samaraga erishish mumkin:
    Birinchi bosqich - keysni hal etish bo'yicha individual (auditoriyadan tashqari) ish
    O 'quvchi mustaqil ravishda:
    1) keys materiallari bilan tanishadi;
    2) taqdim etilgan vaziyatni o'rganadi, izohlaydi va asoslaydi;
    3) muammo va muammo osti muammolarni ajratadi, vaziyatni tadqiq va tahlil qilish usullarini tanlaydi;
    4) berilgan amaliy vaziyatni tahlil qiladi; ajratilgan muammoni hal etish usullari va vositalarini belgilaydi va asoslaydi;
    5) taklif etiladigan qarorni amalga oshirish bo'yicha tadbirlarni ishlab chiqadi.
    Ikkinchi bosqich - keys bilan birgalikda jamoa bo'lib (auditoriyada) ishlash. O’quvchilar kichik guruhlarga bo linib, birgalikda keys ustida ishlashadi:
    1) guruh a’zolarining vaziyat, asosiy muammolar va ularni hal etish yo'llari haqidagi turli tasavvurlarini muvofiqlashtirishadi;
    2) yechimning taklif etilgan variantlarini muhokama qiladilar va baholaydilar, qo'yilgan muammo nuqtai nazaridan ushbu vaziyat uchun eng maqbul variantni tanlashadi;
    3) muammoli vaziyat yechimiga olib keladigan tanlangan harakatlar yo'lini amalga oshirishning aniq qadamba-qadam dasturini batafsil ishlab chiqadilar;
    4) taqdimotga tayyorlanadilar va namoyish etiladigan materialni rasmiylashtirishadi. O'qituvchining yangi mavzuga tayyorgarlik ko'rishida an’anaviy va zamonaviy metodlarni tanlashi-bu ularning o'zaro almashinuvini (chog'ishtirishni) vaqt va didaktik maqsad bo'yicha muvofiqlashtirish demakdir. Natijada talabalarning aqliy va amaliy faoliyatining yuqori darajasini yaratishga sharoit yaratiladi. To'g'ri qo'llanilgan metodlar obyektiv voqelikka oid bilimlarni chuqurlashtiradi va yaxlit holda mashg'ulotning ilmiy-nazariy darajasini oshiradi. Ketma-ket saralangan o'qitish metodlari ma’lum darajada bilish va kasbiy qiziqishni rivojlantirishga, mustaqil amaliy faoliyatni faollashtirishga olib keladi. O'qitish faoliyatining har qanday bosqichida har doim bir nechta metodlar qo'llaniladi.Faqat bir-ikki metod, yoki og'zaki, yoki ko'rgazmali, yoki amaliy metod qo'llanilishi mumkin emas. Aslida bu metodlar o'qitishning muayyan aktida jamuljam chog'ishtiriladi. Masalan: mavzu mazmunining imkoniyatlarini hisobga olib bosh vazifa o‘quv bilish faoliyati ko'nikmalarini shakllantirish, o'qishda mustaqillikni rivojlantirish bo'lsa, unda biz birinchi galda boshqa metodlar yordamida joriy etiladigan evristik (izlanuvchanlik) metodlarini qo'llaymiz. Interfaol metod nechog'lik o'qitishning muayyan aktini tavsiflasa, u shunchalik ko'p o'qitish samarasini ta’minlaydi. Masalan, pedagog asosiy metod sifatida “savol-javob”ni tanlaydi va uni o'tkazish mantiqini quradi, shuningdek savol-javob davomida o'quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun “klaster” dan foydalanadi, bu esa kutilgan samarani beradi. Interfaol o'qitish metodlarini tanlashning keyingi muhim sharti ularni eng maqbul chog'ishtirish mezonlarini hisobga olishni taqazo etadi.
    1. Interfaol metodlarni tanlash mezoni ularning ta’lim-tarbiyani rivojlantirish masalalarini yechishga yuqori yo'nalganligidir. Bu mezon turli xil metodlarning u yoki bu doiradagi vazifalarini yechish imkoniyatlarini baholash yo'li bilan joriy etiladi, chunki ijtimoiy tajriba elementlarini ozlashtirishda ularning imkoniyatlari turlichadir. Interfaol metodlarning barchasi o'quvchilarning fikrlash mustaqilligini ta’minlaydi, o'qitishda bir qoliplikni va andozalikni yo'qotadi, o'quv materiallarini egallashda nazariy bilimlarning rolini birmuncha oshiradi.
    2. Interfaol metodlarni tanlashning navbatdagi mezoni ularning ta’lim mazmuni xususiyatlariga mos kelishidir. Metod mazmunining harakatlanish shakli (Gegel) sifatida ham aniqlanadi. Bir metod yordamida mavzuni to'laroq ochib berilsa, boshqasi uni ijodiy o'zlashtirishga imkon tu'g'diradi, uchinchisi-bu mazmun uchun yaroqsiz bo'lishi mumkin. Interfaol metodlarning ro‘yobga chiqarish shakllari joriy etish vositalari kabi turlicha bo'lishi mumkin. Masalan, aqliy hujum, tanqidiy fikrlash, ajurli arra, menyular og'zaki so'z, darslik o'qish, kino yoki televideniye, boshqa tasviriy vositalar orqali amalga oshirilsa, klaster, sinkveyn, o‘z o‘rningni top kabi metodlar o'qituvchining oldindan ko'rsatib bergan faoliyat usullarini takrorlashini taqazo etadi.
    3.Interfaol metodlarni tanlashning navbatdagi mezoni ularning o'quvchilar o'quv imkoniyatlariga to‘liq mos kelishidir, ya’ni samarali o'quv faoliyati uchun
    ichki va tashqi shart-sharoitlarning birligini ta’minlashdir. Kuzatishlarning ko'rsatishicha, real o'quv imkoniyatlarini o'rganishda quyidagi shartlarni aniqlashtirish kerak bo'ladi: o'quvchilarning mustaqil faoliyatiga tayyorgarligi (o'quv ishlarini rejalashtirish, mashg'ulot maqsadi va vazifalarini to'liq belgilab olish ko'nikmasi, o'z-o'zini nazorat, teskari aloqa o'rnatish va qo'shimcha didaktik jarayonni qurish); o'quvchilarning ijodiy faoliyatiga tayyorgarligi (fikrlash mustaqilligi, o'quv materialidagi asosiy g'oyani ilg'ab olish ko'nikmasi, topshiriq shartlarini belgilash va uni yechish metodlarini mustaqil topish ko'nikmasi); o'qishga munosabat va boshqalar.
    4. Interfaol o'qitish metodlaridan foydalanishda pedagogning xususiy imkoniyatlariga mos kelishi lozim. Darsning didaktik maqsadlariga turli metodlardan, ularning o'zaro birikuvidan oqilona foydalanish evaziga erishish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, metodlar kompensatorlik (biri yo'l qo'ygan kamchilik boshqasi evaziga yo'qotiladi, ya’ni me’yorlanadi) imkoniyatlariga ega.
    5. Interfaol metodlarni tanlash mezonlaridan yana biri - ularning o‘quv jarayonini tashkil etish shakllari bilan mos kelishidir. O'qitishning yalpi (frontal), guruhli va individual shakllar turlicha metodlarni talab etadi. Masalan, debat metodi ikki o'quvchi (yoki ikki guruhcha) o'rtasidagi bahs hisoblansa, “aqliy hujum”da guruhdagi barcha o'quvchilarning ishtiroki zarur bo'ladi. Shuningdek, bu mezon mavzuning murakkablik darajasiga mos holda shakl va metodning o'zaro uyg'unligini ta’minlashga yo'naltiriladi.
    6. Interfaol metodlarning pedagogik texnologiya prinsiplariga mos kelishi umumlashtiruvchi mezon hisoblanadi. Shunday qilib, o'qitishda an’anaviy va zamonaviy uslublar (metodlar) mutonasibligini ta’minlash uchun pedagogdan na faqat fanini va uning metodikasini yaxshi bilish talab etiladi. Balki, zamonoviy pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirib borishi, mutaxassisligi bo'yicha ilg‘or pedagogik tajribalarni va chet el tajribalarini ham o'rganib borish majburiyati yuklatiladi.

    Download 458,85 Kb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   89




    Download 458,85 Kb.