Ma’ruza turlari va uning o‘ziga xos xususiyatlari




Download 458,85 Kb.
bet50/89
Sana19.02.2024
Hajmi458,85 Kb.
#158634
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   89
Bog'liq
“tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.org

Ma’ruza turlari va uning o‘ziga xos xususiyatlari
Kirish ma’ruzasi. O'quvchilarda o'quv fani to'g'risidagi umumiy tasavvurlarni shakllantirish.
Ma’lumotli ma’ruza. O'quvchilarda muammoga doir ma’lumotlarni axboriy reseptli tarzda taqdim etish.
Anjuman-ma’ ruza. O'quvchilar tomonidan o'quv materialini izlanishli tarzda
o'zlashtirilishiga erishish
Muammo1i-ma’ruza. O'quvchilarga muammoli savol, muammoli vaziyat va
muammoli topshiriqlarni taqdim etish orqali o'quv birliklarini bayon etish
Ma’ruza-munozara. Fikrlar almashinuvini tashkil etish asosida ma’ruza qismlarini o'zlashtirishga erishish
Vizual-ma’ruza. Vizual-materiallarni taqdim etish orqali o'quvchilar tomonidan materialni o'zlashtirishga erishish
Konspektli-ma’ruza. O'quvchilar tomonidan o'quv materialini o'zlashtirishga
erishish maqsadida tushuntirish bilan birga eng asosiy qismlarini yozdirib borish
Maslahatli-ma’ruza. Savol va javoblar tarzida ma’ruza mashg'ulotini tashkil etish
Binar-ma’ruza. Muammo yuzasidan tadqiqot olib borgan mutaxassis-olim bilan birgalikda ma’ruzani tashkil etish
Ma’ruza-pedagogik fanlarni o'qitishning asosiy shakli hisoblanib, quyidagi vazifalarni amalga oshirishga imkon beradi:
1) yo'naltiruvchi: o'quvchilarni o'quv materialining asosiy jihatlariga e’tibor qaratishga imkon berish;
2) axborot: o'qituvchi ma’ruza vaqtida muammoni, muammo bilan bog'liq asosiy dalil va xulosalar mohiyatini ochib beradi;
3) metodologik: ma’ruza jarayonida muammoning falsafiy-nazariy asoslari namoyon etiladi.
4) tarbiyalovchi: o'quvchilarda tinglash, idrok etish, munozarada ishtirok etish madaniyatini shakllantirish;
5) rivojlantiruvchi: o'quvchilarda mantiqiy fikrlash, xulosalar chiqara olish qobiliyatini rivojlantirish.
Ma’ruza metodida ko'zlangan asosiy maqsad - o'quvchilarda bilimni mustaqil
egallash qobiliyatini hosil qilishdir. Ma’ruza yangi bilimni o'tishda uning qismlarini umumlashtirishda, murakkab qonun-qoidalarni yakunlashda, muammoli masalalarni o'rganishda, o‘quv fanlari o‘rtasidagi o'zaro aloqani o'rganishda qo'llaniladi.
Ma’ruzaning mazmunli, samarali bo'lishi uchun:
- aniq, o'ylab tuzilgan rejani o'quvchilarga tanishtirish;
- rejaning har bir qismi bo'yicha berilgan ma’lumotni yakunlash;
- bayon o'quvchilarga tushunarli va ko'rgazmali, yorqin bo'lishi;
- bayon o'quvchilarda muhim o'rinlarni bilib olishga qiziqish uyg'otadigan bo'lishi kerak.

Download 458,85 Kb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   89




Download 458,85 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’ruza turlari va uning o‘ziga xos xususiyatlari

Download 458,85 Kb.