Turon zarmed universiteti




Download 458,85 Kb.
bet58/89
Sana19.02.2024
Hajmi458,85 Kb.
#158634
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   89
Bog'liq
“tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.org

Mustaqil ish-o'qituvchining topshirig'i va uning rahbarligida o'quv vazifasini
hal etadigan ta’limni tashkil etish shakli. Mustaqil ish qo'yilgan maqsad bilan bog'liqlikda talabalarning aniq faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishdir. Talabalarning mustaqil ishlari ularning yuqori darajadagi faollik, ijodiylik, mustaqil tahlil, tashabbuskorlikka asoslangan faoliyatlaridir.
Ilmiy tadqiqot natijalari asosida mustaqil ta’limga quyidagicha ta’rif berildi: mustaqil ta’lim-o'quv materialini mustaqil o’zlashtirish, murakkablik darajasi turlicha bo'lgan topshiriqlar, amaliy vazifalarni auditoriyada hamda auditoriyadan tashqarida ijodiy va mustaqil bajarish asosida nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyatdir. Mustaqil ta’lim samaradorligini oshirish talabaning o'qitish vositalari bilan ta’minlanganligiga bog'liq bo'ladi.
Mustaqil ish-o'qituvchining topshirig'i va uning rahbarligida o'quv vazifasini hal etadigan ta’limni tashkil etish shakli. Mustaqil ish qo'yilgan maqsad bilan bog'liqlikda talabalaning aniq faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishdir. Talabalarning mustaqil ishlari ularning yuqori darajadagi faollik, ijodiylik, mustaqil tahlil, tashabbuskorlikka asoslangan faoliyatlaridir. Professor-o'qituvchining roli talabalarda o'z-o'zini rivojlantirish, mustaqil bilim olish va innovatsion faoliyatni shakllantirishga imkon beruvchi ko'nikma va malakalarni egallash maqsadi bilan bog'liqlikda mustaqil ishni tashkil etishda namoyon bo'ladi.
Talabaning roli fanga doir bilim, ko'nikma va malakalarni mustaqil egallash, muammoni shakllantira olish va uni hal etishning optimal yo'lini izlab topishga qobiliyatli ijodkor shaxs bo’lishda aks etadi.
Mustaqil ish quyidagi vazifalarni muvafaqqiyatli hal etishga imkon berishi lozim:
1) talabalarda o'quv dasturini o'zlashtirishga doir motivatsiyani hosil qilish;
2) ta’lim oluvchilarda bilim olishga doir mas’uliyatni oshirish;
3) talabalarda umumiy va kasbiy layoqatlarni rivojlantirishga imkon berish;
4) ta’lim oluvchilarda mustaqil bilim olish, o'z-o'zini boshqarish va o'z-o'zini rivojlantirishga qobiyatlilikni shakllantirish uchun sharoit yaratish.

Download 458,85 Kb.
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   89




Download 458,85 Kb.