• Mustaqil ta’limning turlari.
  • Rekonstruktiv-variativ mustaqil ishlar
  • Ijodiy tadqiqot ishlari.
  • Auditoriyada amalga oshiriladigan mustaqil ishlar




    Download 458,85 Kb.
    bet59/89
    Sana19.02.2024
    Hajmi458,85 Kb.
    #158634
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   89
    Bog'liq
    “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.org

    Auditoriyada amalga oshiriladigan mustaqil ishlar
    1) ma’ruza mashg'ulotlarida bajariladigan mustaqil ishlar;
    2) amaliy mashg'ulotlarda bajariladigan mustaqil ishlar.
    Auditoriyadan tashqarida bajariladigan mustaqil ishlar
    1. Konspektlashtirish.
    2. Adabiyotlardan referat tuzish.
    3. Kitob va maqolalarga annotatsiya yozish.
    4. Doklad, referat va nazorat ishi.
    Mutaxassislar tayyorlash tizimini tubdan qayta qurishda, o'quv-tarbiya jarayonining ahamiyatini oshirishda talabalarning mustaqil ishlari muhim o'rin egallaydi.
    Mustaqil ta’limning turlari.
    Pedagogikaga oid adabiyotlarda mustaqil ishlarning quyidagi turlari qayd qilinadi:
    • namunalar bo'yicha mustaqil ishlar;
    • rekonstruktiv-variativ;
    • evristik (qisman, ijodiy);
    • ijodiy tadqiqot.
    Namunalar bo'yicha mustaqil ishlar tipik vazifalarni, turli mashqlarni namuna asosida yechishdir. Ular materialni o'zlashtirishga omil bo'ladi, lekin talabalarning ijodiy faolligini o'stirmaydi.
    Rekonstruktiv-variativ mustaqil ishlar nafaqat bilimlarning amaliy tavsifnomasini, balki bilimlar tuzilmasini qayta ishlab chiqishni, masala, muammoni yechishda mavjud bilimlarni jalb qilishni ko'zda tutadi.
    Evristik mustaqil ishlar ma’ruza, laboratoriya, amaliy mashg'ulotlar, seminarlarda qo'yilgan ayrim masala, muammolarni hal qilish bilan bog'liqdir. Tadqiqiy mustaqil ishlar tadqiqot muammosini ko'ra olish malakasini, uni mustaqil ifodalay olish, farazni belgilab olish, muammoning hal qilinish rejasini ishlab chiqish, uni hal qilishni mo'ljallaydi.
    Ijodiy tadqiqot ishlari. Bunday ishlarda vazifa muammoli vaziyatning yuzaga kelishini taqozo qiladigan sharoit yaratishdan iborat bo'ladi. Talaba o 'z faoliyatida tayyor namunalardan ozod bo'lgan holda masalaning hal qilinish yo'llarini qidiradi, tadqiq qiladi. Bunday ishlar sirasiga eksperiment qo'yish, jihozlar, maketlar va dastgohlarni loyihalash bilan bog'liq bo'lgan vazifalar kiradi.
    Mustaqil ishni tashkil qilishning ish tartibini belgilash katta ahamiyatga ega. Mustaqil ishlarni bajarish uchun vaqtni semestr davomida kunlar bo’yicha taqsimlash, uni ratsional tashkil qilishning muhim prinsipi, qoidasi hisoblanadi. Goh umuman dars tayyorlamay, goh haddan tashqari shoshib, shiddat bilan, ayniqsa semester yakuniga yaqin semestr davomida qoldirgan, bajarmagan ishlarni tezda bajarishga harakat qilishi ijobiy natija berishi qiyin. Bu talabaning mehnati samaradorligini, qilgan ishidan qoniqish hissini pasaytiradi. Odatda talabaning kun tartibini dars jadvali belgilaydi. Lekin ko'p narsa talabaning o'ziga ham bogliq. Masalan: doklad, referat, nazorat ishi, seminar darsiga tayyorlanish har haftada ma’lum vaqt ajratilib, muntazam ravishda olib borilmasa, kutilgan natija bermaydi.



    Download 458,85 Kb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   89




    Download 458,85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Auditoriyada amalga oshiriladigan mustaqil ishlar

    Download 458,85 Kb.