• Asosiy bosqich.
  • Yakuniy bosqich.
  • Malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etish va o'tkazish texnologiyasi




    Download 458,85 Kb.
    bet67/89
    Sana19.02.2024
    Hajmi458,85 Kb.
    #158634
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   89
    Bog'liq
    “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.org

    Malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etish va o'tkazish texnologiyasi.
    Pedagogik amaliyot uch bosqichni o'z ichiga oladi:
    Tayyorlov bosqichi-amaliyotning maqsad va vazifalari, mazmuni hamda uni
    tashkil qilishga bag'ishlangan amaliyot oldi konferensiyasi. Konferensiyada talabalar pedagogik amaliyot jarayonida maktabgacha pedagogika bo'yicha amalga oshirish zarur ishlar, tarbiyaviy ish rejasini tuzish, tarbiyaviy tadbir ishlanmalarini yaratish, bolalar jamoasiga pedagogik-psixologik tavsifnoma yozish bo'yicha metodik maslahatlar olishadi.
    Asosiy bosqich. Talabaning pedagogik amaliyotdagi faoliyati bevosita ta’lim-tarbiya ishlarda ishtirok etishni taqozo etadi. Pedagogik amaliyot davrida olingan shaxsiy tajribadan foydalanilgan holda kurs ishlarini, malakaviy bitiruv ishlarini yozish uchun materiallar to'playdi hamda tajriba-sinovishlarini o'tkazadi.
    Yakuniy bosqich. Pedagogik amaliyot tugashi bilan yakuniy konferensiya o'tkaziladi. Unda pedagogika bo'yicha mas’ul professor-o'qituvchilar talabalarning nazariy va amaliy tayyorgarligini baholashadi.
    Pedagogik amaliyot jarayonida talaba tomonidan bajariladigan topshiriqlarining umumiy ro'yxati:
    1. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasini tuzish.
    2. O'ziga biriktirilgan guruh bilan ishlash.
    3. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish.
    4. Ota-onalar bilan ishlash.
    Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan malakaviy pedagogic amaliyot tahlili, malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etishga doir mavjud axboriy-metodik ta’minot mazkur yo'nalishda hal etilishi lozim bo'lgan quyidagi jiddiy muammolar mavjudligini ko'rsatdi:
    1) zamonaviy talablarga javob bera oladigan malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etish konseptual modelining mavjud emasligi. Pedagogik amaliyotni tashkil
    etishning konseptual asoslarini aniq belgilab olmaslik, uni o'tkazishda yuzaki yondashuv, mazkur masalaning tashkiliy-texnologik jihatlariga to'liq e’tibor qaratmaslik kayfiyatini yuzaga keltiradi;
    2) ta’lim-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirishga katta ahamiyat qaratilayotgan bir paytda, pedagogik ta’limni tashkil etishning muhim shakllaridan biri sanalgan malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etish va o'tkazish texnologiyasi ishlab chiqilmagan. Mazkur muammo pedagogik amaliyotni tashkil etishga doir uslubiy qo'llanma va ko'rsatmalarni yaratish yo‘li bilan hal qilinib kelmoqda. Malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etishga doir bunday uslubiy ko’rsatma va qo'llanmalarning hech birida texnologik jihatlar to'liq o'z aksini topmagan;
    3) malakaviy pedagogik amaliyot o'quv jarayonidan ajratilgan holda amalga oshirilganligi bois, uni modulli ta’lim asosida tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Chunki o'n bir hafita davomida o'tkaziladigan malakaviy pedagogik amaliyotni blok modulli ta’lim asosida tashkil etish metodist-o'qituvchi va talabalarni metodik
    jihatdan ta’minlash muammosini muvafaqqiyatli hal etadi;
    4) pedagogik amaliyotni turli ta’lim muassasalarida o'tkazilishi ularni masofaviy boshqarishni taqozo etadi. Chunki pedagogik amaliyotning doimiy nazorat qilib borilmasligi, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan qo'llab-quvvatlovchi chora-tadbirlarning o'z vaqtida amalga oshirilmasligi ayrim salbiy holatlarni yuzaga keltirmoqda. Modulli ta’lim texnologiyasi asosida pedagogik amaliyotni masofaviy
    boshqarish mexanizmining ishlab chiqilishi mazkur muammoni muvafaqqiyatli hal
    etishga xizmat qiladi.

    Download 458,85 Kb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   89




    Download 458,85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etish va o'tkazish texnologiyasi

    Download 458,85 Kb.