• Bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayoni quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: Tayyorgarlik bosqichi
  • Bitiruv malakaviy ishi mavzusi quyidagi talablarga javob berishi kerak
  • Bitiruv malakaviy ishi mavzusini tanlashda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir
  • Bitiruv malakaviy ishi tarkibiga quyidagilar kiradi
  • Bitiruv malakaviy ishlarini yozish metodikasi. Rahbarlik qilish




    Download 458,85 Kb.
    bet63/89
    Sana19.02.2024
    Hajmi458,85 Kb.
    #158634
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   89
    Bog'liq
    “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.org

    Bitiruv malakaviy ishlarini yozish metodikasi. Rahbarlik qilish.
    Bitiruv malakaviy ishi-ta’limning yakuniy bosqichida oliy ta’lim muassasasi
    rahbari tomonidan tayinlangan ilmiy rahbarning topshirig'i va ko'rsatmasi asosida talaba tomonidan mustaqil bajariladigan ilmiy-nazariy va metodik loyihadir. Bitiruv malakaviy ishi himoyasi bakalavriat yo'nalishi talabasining yakuniy davlat attestatsiyasi sinovi ko'rinishlaridan biridir. Shuningdek, bitiruv malakaviy ishi talabaning o'z ixtisosligi bo'yicha egallagan nazariy hamda amaliy ko'nikma va malakalari ko'lami va darajasini, bitiruvchining saviyasi va salohiyatini belgilovchi, mustaqil ilmiy, ijodiy tadqiqot ishidir.
    Bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayoni quyidagi ketma-ketlikda
    amalga oshiriladi:
    Tayyorgarlik bosqichi:
    - tanlangan mavzu buyicha bitiruv malakaviy ishni bajarish uchun ruxsat olish (mavzuni tasdiqlash);
    - malakaviy ishni bajarish bo'yicha topshiriqlarni ishlab chiqish.
    - mavzu tanlash;
    Bitiruv malakaviy ishi mavzusi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
    - mavzuning talaba ta’lim yo'nalishi, ixtisosligiga mosligi;
    - dolzarb pedagogik muammoga bag'ishlanganligi;
    - fanning amaldagi holati va uni rivojlantirish istiqbollariga mosligi;
    - iste’molchilarda qiziqish uyg'otishi va amaliy ahamiyatga ega bo'lishi.
    Bitiruv malakaviy ishi mavzusini tanlashda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir:
    -tadqiq etilayotgan muammoning adabiyotlarda yoritilishi va ishlanganlik darajasi;
    - oliy talimda ta’lim olish davrida talabaning kurs ishlari hamda boshqa ilmiy ishlarni bajarish borasida egallagan ko'nikmalari;
    -bitiruv ishini bajarish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni topish imkoniyati;
    -iste’molchi tashkilotning bitiruv malakaviy ishi materiallariga qiziqishi va
    ehtiyoji;
    - talabaning imkoniyatlari va nazariy-amaliy tayyorgarlik darajasi.
    Bitiruv malakaviy ishi tarkibiga quyidagilar kiradi:
    -Titul varag'i
    - Mundarija
    - Kirish
    a) tanlangan mavzuning dolzarbligi;
    b) ishning maqsad va vazifalari;
    v) ishning obyekti va predmeti;
    g) metodologik asosi va tadqiqot metodlari;
    d) himoyaga olib chiqilayotgan holatlar;
    ye) ishning amaliy ahamiyati;
    j) ishning tuzilishi.
    - Asosiy qism.
    - Xulosa
    - Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.
    - Ilovalar.
    Bitiruv malakaviy ish bitiruvchining kasbiy erudisiyasi yuqori darajasini, uning metodik tayyorgarligini, kasbiy faoliyat ko'nikma va malakalarini egallaganligini aniqlashi lozim. Shunga ko'ra bitiruv malakaviy ishning maqsadi:
    - nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarni tizimlashtirish va mustahkamlash;
    - bilim va amaliy ko'nikmalardan aniq ilmiy-tadqiqotchilik va ilmiy-amaliy muammolarni hal qilishda foydalanish;
    - mustiaql ish ko'nikmalarini rivojlantirish;
    - materialni umumlashtirish va mantiqiy bayon qilish ko'nikmalarini rivojlantirish;
    - eksperimental tadqiqot metodikasini egallash.
    Bitiruv malakaviy ishni bajarishda talaba quyidagi qobiliyatlarni namoyish etishi talab qilinadi:
    - mustaqil ravishda ilmiy-tadqiqotchilik va ilmiy-amaliy vazifani qo'yish, uning dolzarbligi va ahamiyatini baholash;
    - tadqiqot farazini ilgari surish;
    - ish mavshusi bo'yicha axborotni to‘plash va qayta ishlash;
    - olingan materialni o'rganish va tanqidiy tahlil qilish;
    - aniqlangan muammoni chuqur va har taraflama tadqiq qilish;
    - o'rganilayotgan muammoni hal qilishning o'z variantini ishlab chiqish, tavsiflash va asoslash;
    - xulosa va olingan natijalarni amaliyotga joriy etish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish, rasmiylashtirish va mantiqiy asoslab berish.
    Bitiruv malakaviy ish mavzulari fanni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari va amaliyot ehtiyojlariga muvofiq tarzda kafedrada ishlab chiqiladi va OTM Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Talaba taklif qilingan mavzulardan birini tanlaydi, shu bilan birga o'zining shaxsiy ilmiy-tadqiqot ishi tajribasiga tayanib, mustaqil ravishda mavzu taklif qilishi va uni ishlab chiqish maqsadga muvolfiqligini asoslashi mumkin. Mavzular rector buyrug'i bilan tasdiqlanadi. Mavzuni o'zgartirishga faqat istisno tarzida yo'l qo'yiladi va rektor buyrug'i bilan rasmiylashtiriladi. Bitiruv malakaviy ishni talaba kafedraning tavsiyasi bilan OTM professor o'qituvchilari tarkibidan tavsiya qilingan va tasdiqlangan ilmiy rahbar qo'l ostida bajaradi.
    Bitiruv malakaviy tadqiqot ustida ishlash uchun talaba qator bosqichlarni ko'zda tutadigan reja-grafik ishlab chiqadi va rahbar bilan kelishadi. Bu bosqichlar
    quyidagicha:
    - kasbiy faoliyat sohasini belgilash va ish bag'ishlanadigan muammoni aniqlashtirish;
    - ish mavzusini, uning ishchi nomini va tadqiqot farazini shakllantirish;
    - axborot makonini belgilash va muammoga oid adabiyotlarni izlash, annotatsiyalangan kartoteka tuzish, manbalarni referatlash. Bunda talaba mavzuning umumiy masalalaridan xususiy muammoga yoki tanlangan muammoni xususiy o'rganishdan uning umumiy manbalariga tomon yo'lni belgilashi mumkin;
    - nazariy tadqiqot natijalarini muhokama qilish, maqsad, vazifalar va tadqiqot farazini aniqlashtirish, ishning amaliy qismi uchun vazifalarni belgilash;
    - eksperimental baza, metodikalarni aniqlash va eksperimentining borishini rejalashtirish;
    -eksperimental tadqiqot o'tkazish va natijalarni to'plash, tahlil va talqin qilish;
    - bitiruv malakaviy tadqiqot nomini (zarur hollarda) korreksiyalash, ish matnini yozish va rahbar tomonidan tekshirilishi;
    - ishni, ilovalarni, illyustrativ materialni rasmiylashtirish;
    - ishni taqrizchiga taqdim qilish, taqriz bilan tanishish;
    - himoya uchun chiqish (ma’ruza) ni tayyorlash, zarur hollarda uni aprobatsiyalash (sinovdan o'tkazish - dastlabki himoya qilish).
    Reja-grafik majburiy me’yoriy hujjat sanaladi, rahbar tomonidan imzolanadi, mutaxassis tayyorlovchi kafedra mudiri tomonidan imzolanadi. Reja-grafik bitiruv malakaviy ishga, sarvaraqdan keyin qo'shib tikiladi. Rahbar ishning bajarilishini qismlar bo'yicha va yaxlit tekshiradi, ishning grafikka muvofiq bajarilishini nazorat qiladi va kafedrani bitiruvchi talaba ishining ahvoli haqida muntazam xabardor qilib boradi. Malakaviy ish rahbari talabaga ishni tayyorlash va yozish davrida nazariy va amaliy yordam beradi, ish strukturasi, mazmuni va uni rasmiylashtirish, adabiyotlarni tanlash va h.k. yuzasidan tasviyalar beradi. Bundan tashqari, rahbar asoslash, kompozisiya, uslub va h.k. larga oid kamchiliklarni, ularni bartaraf qilish yo'llarini ko'rsatib, maslahatlar beradi.
    Bitiruv malakaviy ishni talaba mustaqil bajarishi va barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtirishi, jumladan namoyish qilinadigan materialni tayyorlashini nazarda tutish lozim. Mavzuni nazariy va metodik jihatdan to'g'ri ishlab chiqish va yoritish, uning sifati va mazmuni uchun javobgarlik to'lig'icha talabaning zimmasidadir. Tugallangan ish rahbarga topshiriladi, rahbar uni o'qib chiqqach, imzolaydi va yozma xulosa beradi. Rahbarning xulosasi asosida kafedra talabani himoyaga qo'yish haqda qaror qiladi. Kafedra mudiri talabani himoyaga qo'yish mumkin emas, deb topsa, masala rahbarning majburiy ishtirokida kafedra yig'ilishida ko'rib chiqiladi va bayonnoma rasmiylashtirladi. Buyruq bilan himoyaga qo'yilgan bitiruv malakaviy ish taqrizga yuboriladi. Taqrizchi sifatida, odatda, tadqiqot bazasi sanalgan ta’lim muassasining yetakchi mutaxassislaridan biri, shuningdek, tadqiqot muammosi bo'yicha ekspert sanalgan OTM professor-o'qituvchisi jalb qilinadi. Taqrizchilar tarkibi kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Taqrizni olgan, talaba ilmiy rahbari bilan birgalikda taqrizchining e’tirozlariga javob tayyorlashi, zarur hollarda ishga tegishli tuzatish va to'grilashlar kiritishi kerak bo'ladi. Taqrizchi tomonidan ishda jiddiy kamchiliklar aniqlangani holda ular bartaraf etilgach, kafedra uni qayta taqrizga yuborishga haqli. Kafedra mudiri rahbar taqrizi va yoki dastlabki himoya natijalari va yoki taqrizchilar e’tirozlariga asosan talabani bitiruv malakaviy ishni DAK da himoya qilishga qo'yib bo'lmaydi, deb hisoblasa, bu masala muallif va rahbar ishtirokida kafedra yig'ilishida ko'rib chiqiladi. Himoyaga qo'yilgan bitiruv malakaviy ish rahbar xulosasi va taqrizlar bilan DAK ga himoyaga yuboriladi.
    Bitiruv malakaviy ish, odatda, quyidagicha tuzilishga ega bo'ladi: kirish, nazariy qism (birinchi bob), eksperimental tadqiqot (ikkinchi qism), psixologik-pedagogik tavsiyalar (uchinchi bob). Kirish qismida tadqiqot mavzusining dolzarbligi asoalanadi, uning maqsadi, vazifalari belgilanadi, predmeti, obyekti qisqacha tavsiflanadi, tadqiqot farazi shakllantiriladi va amaliy ahamiyati aks ettiriladi. Bundan tashqari, kirish qismida ish boblarining qisqacha tavsiya keltiriladi. Tadqiqot mavzusining dolzaobligini asoslash nazariy manbalar, ijtimoiy rivojlanish tendensiyalari va kasbiy amaliy faoliyat realiyalari asosida amalga oshiriladi. Tadqiqot dolzarbligining isboti vanatanimiz va xorij olimlarining o‘rganilayotgan muammoga katta e’tibor qaratishi, shuningdek, yetarlicha yiritilmagan va aniqlashtirishni talab etadigan savollarning mavjudligi bo'lishi mumkin. Qo'yilgan muammoning yechimi kasbiy sohadagi faoliyat, muayyan muassasalar ishini takomillashtirish uchun ahamiyat kasb etishi ham bo'lishi mumkin. Bitiruv malakaviy ish maqsadi qo'yilgan muammoni yechishdan iborat. Tadqiqot vazifalari uning maqsadini aniqlashtiradi va bajarish ketma-ketligini belgilaydi. Odatda, bitiruv malakaviy ishda quyidagi vazifalar qo'yiladi:
    - o'rganilayotgan muammoga doir nazariy manbalar tahlili;
    - o'rganilayotgan hodisaning dolzarb holati, shuningdek, ehtimol, uning keying rivojlanish istiqbollari va sabablarini aniqlash;
    - eksperimental bazani belgilash;
    - tadqiqot metodlarini tanlash;
    - empirik tadqiqot o'tkazish;
    - amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
    Tadqiqot obyekti sifatida umuman hodisa yo uning ayrim tomonlari rivojlanishi va namoyon bo'lishining qonuniyatlari va jarayoni bo'lishi mumkin. Har qanday holatda tadqiqot obyekti tanlangan mavzu va ish muammosiga muvofiq kelishi lozim. Tadqiqot predmeti ishning mavzusi va obyektiga qat’iy muvofiq va aniq belgilanishi kerak. BMI predmeti sifatida u yoki bu hodisaning xususiyatlari, strukturaviy komponentlari, uni o'rganish, uni tashhislashning yo'llari va metodlari, o'quv-tarbiyaviy chora-tadbirlar, psixologik-pedagogik, ta’sir samaradoroligini oshiradigan sharoitlardan iborat bo'lishi mumkin. BMI amaliy ahamiyati uning muammoni hal qilish, tadqiqot natijalari amaliyotda ko'rsata oladigan aniq yordamda o'z ifodasini topadi. Odatda, ishning amaliy ahamiyatini o'rganilayotgan hodisaning aniqlangan xususiyatlari va ishlab chiqilgan tavsiyalar tashkil etadi.
    Tadqiqotning nazariy qismi birinchi bobda (zarur hollarda ikki bobda) taqdim etilishi kerak. Unda vatanimiz va xorij olimlarining ishlari tahlili va talqini,
    o'rganilayotgan muammoga turli yondashuvlarning o'ziga xosliklari, uning umumiy problematikada tutgan o'rni va ahamiyati, hal qilinmagan, zaif yoritilgan va aniqlashtirishni talab qiladigan masalalar bayon qilinadi. Uning analitik yo'nalganligini kuchaytirish uchun materialni turli asoslarga ko'ra tizimlashtirish, umumlashtirish va tasniflash tavsiya etiladi.
    BMI ning sifatli bajarilishi kamida 50 ta nazariy manbani o'rganishni talab etadi, ular orasida mutaxasislar monografiyalari va ilmiy maqolalar (ular adabiyotlarning asosiy qismini tashkil qilishi), darslik va o'quv qo'llanmalar, lug'at va ma’lumotnoma (spravochnik) lar bo'lishi kerak. Nafaqat xorij, balki majburiy tartibda mahalliy tadqiqotchilar ishlari keltirilishi lozim. Matnda, o'rganilgan adabiy ma’lumotlarga havolalar bilan bir qatorda, BMI muallifining nuqtai nazari, pozisiyasi, sharhi aks ettirilishi va asoslanishi lozim.
    BMI birinchi bobi o'rganilayotgan muammoning alohida jihatlarini aks ettirgan kamida ikki paragrafni o'z ichiga olishi kerak. Har bir paragraf mantiqiy asoslangan xulosalar, masala mohiyatining qisqacha bayoni bilan tugallanadi. Bob oxirida tadqiqot muammosining ishlanganlik darajasi, uni o'rganishning asosiy yo'nalishlari, uning dolzarbligi va h.k. haqida xulosa keltiriladi. Birinchi bob yuzasidan xulosalar eksperimental amaliy tadqiqot asoslanishini o'z ichiga olishi kerak. Analitik sharh matniga quyidagi talablar qo'yiladi: axborotning to'liq va ishonchliligi; axborotga tanqidiy bahoning mavjudligi; struktura mantiqiyligi; kompozision yaxlitlik; xulosalarning asoslanganligi; bayonning aniq va lo'ndaligi.
    BMI ikkinchi bobi eksperimental tadqiqot natijalarini o'z ichiga oladi. Odatda, u 3 paragrafga bo'linadi. Bu holda birinchi paragrafda sinaluvchilar tarkibi, ularning kengaytirilgan tavsifini (soni, yoshi, jinsi, ijtimoiy maqomi, holati xususiyatlari va h.k.) keltirish maqsadga amuvofiq. Ikkinchi paragrafda eksperimental tadqiqotning borishi, shakllari va metodlarini (qayerda, qachon va qay muddatlarda, yakka yo guruh tartibida o'tkazilgani, foydalanilgan metodlar va aniq eksperimental metodikalar) tavsiflash va asoslash, qo'llangan metodlarning BMI maqsad va vazifalariga muvofiqligini isbotlash kerak. Tadqiqot o'tkazish uchun zarur ko'rgazmali va matn materiali ko'p joy talab etsa, ularni ilovalarda berish tavsiya etiladi. Paragraf matnida metodikalarning umumiy tavsifi va ilovaga havola, bibliografik manbalar keltiriladi.
    Uchinchi paragraf empirik tadqiqot natijalarining miqdor va sifat tahliliga bag'ishlanishi mumkin. Muallif, masalan, tadqiqot davomida sinaluvchilar o'zini qanday tutganini tavsiflaydigan natijalar bayonnomalaridan misollar keltirishi, aniqlangan faktlarni tushuntirishi lozim. Olingan natijalarni miqdoriy qayta ishlashning tadqiqot natijalari va xulosalarning ishonchliligi va asoslanganligini tasdiqlovchi maxsus metodlardan foydalanish tavsiya qilinadi. Natijalarni grafik, diagramma, jadval va h.k. ko'rinishda taqdim qilish maqsadga muvofiq. Ikkinchi bob va uning tarkibidagi paragraflar ham qilingan ishlarni qisqacha umumlashtiruvchi xulosa bilan tugallanishi kerak. Xulosalar tadqiqotda qaysi qoidalarda o'z tasdig'ini topgani, o'rganilayotgan hodisaning qaysi yangi xususiyatlari aniqlanganini ko'rsatib berishi lozim. Ayni vaqtda tadqiqot natijalari va xulosalaridan muayyan vazifalarni hal qilishda qanday foydalanish mumkinligini ta’kidlash kerak.
    Uchinchi bobda sinaluvchilar bilan olib boriladigan ish yo'llari va vositalari keltirilishi, yordamning bu shakllari samaradorligi eksperimental isbotlanishi va faoliyati ko'rsatilgan muammolarni hal qilish bilan bog'liq mutaxassislar uchun tavsiyalar berilishi mumkin. Unda talaba bolalarni psixologik-pedagogik tashhislashni, ular bilan olib boriladigan o'quv-tarbiyaviy va korreksion ishlarni, oila, mahalla va jamoatchilik bilan hamkorlikni takomillashtirish, ta’lim muassasasi ish sifati va natijaliligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi. Barcha taklif va tavsiyalar amaliy aniq xarakterda bo'lishi, ularning amalda qo'llanishini ta’minlaydigan ishlanma darajasiga yetkazilishi kerak. Muayyan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun o'rganilayotgan muammoning nazariy tadqiqi, mavjud ilg'or mahalliy va xorijiy tajriba, shuningdek ikkinchi bobda keltirilgan eksperimental tadqiqot ma’lumotlari asos vazifasini o'taydi. Xulosada tadqiqot natijalari keltiriladi. Qo'yilgan muammoni ilmiy-nazariy va eksperimental-amaliy o'rganish asosida uning dolzarbligi ta’kidlanadi, maqsad va vazifalarning hal etilganlik darajasi ko'rsatiladi, ishchi faraz tasdiqlanadi yo inkor etiladi, ishning amaliy ahamiyati (muallifning muammoni hal qilishga hissasi) baholanadi. Zarur hollarda yanada chuqur ishlashni talab etadigan masalalar doirasi, muammoni o'rganish istiqbollari belgilanadi.
    Xulosada kirish yoki asosiy qismning mazmunini takrorlashga yo'l qo'yilmaydi.
    Adabiyotlar ro’yxati BMI mavzusiga mos kelishi, turli nashrlarni o'z ichiga olishi kerak. Adabiyotlar ro'yxati mualliflar sarlavhasi (mualliflar F.I.O.) yoki asosiy nomlanishlarning qat’iy alifbo tartibida tuziladi. Ro’yxat foydalanilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlardan boshlanadi, keyin nashr qilingan o'quv-metodik adabiyot, jurnal maqolalari, nihoyasida internet manbalari keltiriladi. Nashr yili va joyi, sahifalar soni albatta ko'rsatiladi, bunda chiqish ma’lumotlar sohasida bibliografik talabalar bilan belgilangan qisqartishlarga yo'l qo'yiladi. Ro'yxatni rasmiylashtirishda shu talablarga tayanish tavsiya qilinadi. Adabiyotlarning tartiblangan ro'yxati arab raqamlari va nuqta bilan tartib raqamlanadi. Ishni tamomlagach, ayniqsa, asosiy qism matnini yozishda adabiyotlar ro'yxati to'ldirilgan bo'sa, matndagi havolalarning ko'rsatilgan nashrning adabiyotlar ro'yxatidagi raqamga mosligi qo'shimcha tekshiriladi.
    Ilovada BMI matni bilan bevosita bog'liq bo'lmagan jadvallar, grafik va sxemalar, shuningdek, eksperiment bayonnomalari, olib borilgan dars va mashg'ulotlar tavsifi, sinaluvchilarning rasmlari va boshqa, muallif matnda keltirish zarur deb topmagan, materiallar keltirilishi mumkin. Shuningdek, ilovada glossariy berilib, unda ishda qo'llangan asosiy tushuncha va terminlar keltiriladi. Bundan tashqari, ishga o'zbek, rus va ingliz tillarida annotatsiya tayyorlanib, unda ishning maqsadi va qisqacha mazmuni keltiriladi. Bitiruv malakaviy ish uchun baho davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari, bitiruv malakaviy ish rahbari va taqrizchilar muhokamasi va ularning fikrini muvofiqlashtirishdan keyin kollegial asosda qo'yiladi. Bitiruv malakaviy ishni baholash ishning o'zini va uning himoyasini baholashdan iborat bo'ladi. Bitiruv malakaviy ish uchun sifatini baholashda uning darajasi inobatga olinadi. Ish amaliy yo'nalishda innovatsion xarakterda bo'lishi, tadqiq qilinayotgan muammoga amaliy yoki ilmiy hissa elementlarini o'z ichiga olishi lozim. Bahoning xolis bo'lishi uchun har bir qism (bob) mazmuni talaba tomonidan muammoning qo'yilganligi, asosiy tushunchalarning aniqlashtirilgani, tasniflar va ulaming belgilari ishlab chiqilganligi, salbiy hodisalar sabablarining aniqlangani, muammoni hal qilishning asosiy yo'llari belgilangani, turli nuqtai nazarlar umumlashtirilgani, tizimlangani va tahlil qilingani, alohida pozisiyalar tanqidi, amaliy xarakterdagi takliflar kiritilgani nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Bitiruv malakaviy ish himoyasini baholashda talaba ma’ruzasining sifatiga, ya’ni uning:
    - o'rganilayotgan muammo asosini tashkil etadigan nazariy qoidalarni soddalashtirmasdan va kundalik tushunish hamda jonli so'zlashuv tilida izohlashga o'tmasdan aniq ifodalab bera olishi;
    - hodisalarni boshqa ijtimoiy jarayonlar bilan bog'lay olishi, ularning hayotiy tajribaga ta’sirini belgilay olishi;
    - muammoga o'z yondashuvini, olingan natijalarni yetarli darajada aniq shakllantira olishga, asosli bayon qila olishiga e’tibor qaratiladi.
    Talaba bitiruv malakaviy ish himoyasida ≪qoniqarsiz≫ baho olsa, u qayta
    himoya qilish huquqi bilan universitetdan chiqariladi. Bir marta qayta himoyaga yo'l qo'yiladi.

    Download 458,85 Kb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   89




    Download 458,85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bitiruv malakaviy ishlarini yozish metodikasi. Rahbarlik qilish

    Download 458,85 Kb.