|
-3 kurs talabalarining o'quv amaliyoti
|
bet | 65/89 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 458,85 Kb. | | #158634 |
Bog'liq “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.org1-3 kurs talabalarining o'quv amaliyoti.
O'quv amaliyot asosiy vazifasi talabaning barcha ruhiy va shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan turli xil topshiriqlarni tayyorlashdan iborat. Quyi kurslarda pedagogik amaliyotni tashkil qilishda talabalarning individual xususiyatlarini, ularning tayyorgarlik darajasini hisobga olish zarur. Talabalarning pedagogik amaliyoti maktabgacha ta’lim tashkilotlari, oliy ta’lim muassasasi tegishli kafedralarida o'tkaziladi.
4-kurs talabalarining malakaviy pedagogik amaliyoti.
Bakalavr yo'nalishlari bo'yicha pedagogik mutaxassislar tayyorlashning muhim qismi bo'lgan malakaviy pedagogik amaliyot ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini muvaffaqiyatli qo'llayotgan, bu borada yetarli darajada ish tajribalariga ega bo'lgan, o'quv-moddiy taminoti bugungi kun talablariga javob beradigan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o'tkaziladi. Pedagogik oliy o'quv yurtlari talabalarining malakaviy pedagogik amaliyoti oliy o'quv yurtida olib bonladigan ta’lim-tarbiya jarayonining izchil davomi sanalib, bakalavriat yo'nalishlari bo'yicha olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash va mazkur bilim, ko'nikma va malakalarni bevosita ta’lim-tarbiya jarayoniga qo'llash imkonini beradi.
Malakaviy pedagogik amaliyot bakalavr yo'nalishlari davlat ta’lim standartlari
(DTS)da ko'zda tutilgan shakllarda tashkil qilinadi. Pedagogik amaliyot oliy o'quv yurtida malakali mutaxassislar tayyorlash nuqtai nazaridan o'quv jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Malakaviy pedagogic amaliyot talabaga oliy o'quv yurtida olgan nazariy va amaliy bilimlarini amaliyotda sinab ko'rish, pedagogik faoliyatni egallashda dastlabki malaka va ko'nikmalarni o'zlashtirish, o'quvchilar bilan ishlash tajribasini egallashga xizmat qiladi. Pedagogik amaliyotning maqsadi ta’lim yo'nalishlari bo'yicha talabaning pedagogik-psixologik fanlardan, metodika va ixtisoslik fanlaridan egallagan ilmiy-nazariy bilimlarini va amaliy ko'nikmalarini pedagogik faoliyatida ijodiy qo'llay bilishga o'rgatish. Pedagogik amaliyotga nazariy va amaliy ta’limga oid o'quv rejani to'liq bajargan talaba yuboriladi. Respublikamizda pedagog-kadrlarni tayyorlash va pedagogik ta’lim jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarish masalasi jamiyatni modernizatsiyalash va yanada, rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida belgilab olingan. Ayniqsa, pedagogika oliy ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan pedagog-kadrlarni yuqori kasbiy bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning zamonaviy axboriy va texnologik kompetentligini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Mazkur masalaning muvafaqqiyatli yechimi esa, nazariya va amaliyotning uyg'unligini, egallangan nazariy bilimlami amaliy ko'nikma va malakalarga aylantirishni talab etadi. Ana shu sababli pedagogika oliy ta’lim muassasalarida pedagogik amaliyotni har jihatdan yuqori darajada tashkil etish va o'tkazish o'ta muhimdir.
Bakalavr yo'nalishlari bo'yicha pedagogik mutaxassislar tayyorlashning muhim qismi bo'lgan pedagogik amaliyot ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini muvafaqqiyatli qo'llanayotgan, bu borada yetarli darajada ish tajribalariga ega bo'lgan, o'quv-moddiy ta’minoti bugungi kun talablariga javob beradigan uzluksiz ta’lim tizimining maktabgacha, ta’limi tashkilotlarida o'tkaziladi. Bo'lajak tarbiyachilarning nazariy bilimlari pedagogik amaliyotning turli shakllarini amalga oshirish jarayonida mustahkamlanadi. Ana shu sababli pedagogik amaliyotni tashkil etishda bilim va tajribaning uyg'unligiga tayanish muhim ahamiyatga ega. Maktabgacha pedagogika va metodika fanlarini mufaqqiyatli o'zlashtirgan talabalar real ta’lim sharoitida bolalarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashda tarbiyachi sifatida ijtimoiy-pedagogikani amalga oshirishga kirishadilar. Ya’ni amaliyot davrida, o'quv mashg'ulotining tarbiyaviy maqsadini belgilash, tarbiyaviy ishni tashkil etish, tarbiyaviy tadbirlarni o'tkazish o'zlarida amaliy ko'nikma va malakalarni hosil qiladilar.
|
| |