• Talaba pedagogik amaliyot davrida quyidagi pedagogik konikma va malakalarni egallashi zarur
  • O‘quv amaliyotni tashkil etish va o‘tkazishni texnologiyasi.
  • Tanishuv amaliyoti.
  • Pedagogik amaliyot jarayonida quyidagi vazifalar hal qilinadi




    Download 458,85 Kb.
    bet66/89
    Sana19.02.2024
    Hajmi458,85 Kb.
    #158634
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   89
    Bog'liq
    “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.org

    Pedagogik amaliyot jarayonida quyidagi vazifalar hal qilinadi:
    -talabalarda tarbiyaviy ishga ongli, mas’uliyatli munosabatni shakllantirish, tarbiyaviy ishni tashkil etish mahoratini tarkib toptirish;
    -tarbiyachining kasbiy ahamiyatli sifatlarini o'zlashtirishni ta’minlash;
    - muayyan pedagogik vazifalarni amalga oshirish orqali pedagogik-psixologik bilimlarni amaliy faoliyat jarayonida mustahkamlash va boyitish;
    - tarbiyaviy ishni tashkil etishga doir ko'nikma va malakalarni rivojlantirish;
    - tarbiyaviyishga ijodiy-izlanishli yondashish, tarbiyaviy ishni ilmiy tashkil etish malakasini hosil qilish;
    - maktabgacha ta’limi tashkilotlaridagi tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga doir ilg'or tajribalar bilan tanishish;
    - maktabgacha yoshdagi bolalarning individual va yosh xususiyatlarini o'rganish maqsadida amaliyotchi talabalarning bolalar bilan muloqati va o'zaro hamkorligini tashkil qilish;
    Talaba pedagogik amaliyot davrida quyidagi pedagogik ko'nikma va
    malakalarni egallashi zarur:
    - maktabgacha yoshdagi bolalarning jamoasining ijtimoiy-psixologik va yosh xususiyatlarini hamda ma’naviy-ahloqiy, fuqarolik tarbiyasining umumiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda aniq tarbiyaviy vazifalarni belgilay olishi:
    - tarbiya jarayonini to'g'ri loyihalashtirish va rejalashtirish maqsadida bolalar jamoasi va bola shaxsini o'rganish;
    - tarbiyaviy tadbirlar ssenariysini ishlab chiqish, tadbirlarni tashkil etish va o'tkazish;
    - ta’lim muassasasining oila va mahalla bilan hamkorligini tashkil etish.
    O‘quv amaliyotni tashkil etish va o‘tkazishni texnologiyasi.
    O'quv amaliyoti oliy ta’lim dasturining ajralmas bir qismi, OTM quyi kurslarida o'tkaziladigan o'quv jarayoni shakllarining biridir. U bo'lajak mutaxassisni amaliy tayyorlashda va nazariy olgan bilimlarini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. O'quv amaliyoti uning maqsad va vazifalarini aniq ko'rsatib bergan o'quv dasturi asosida OTM tomonidan tashkil etiladi. Amaliyot OTM va amaliyot o'tkaziladigan tashkilot o'rtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi. O'quv amaliyotini o'tkazish tartibi OTM kafedrasi tomonidan DTS talablariga muvofiq ishlab chiqiladi. O'quv amaliyot davrida talaba ijtimoiy-siyosiy, pedagogika, ruhshunoslik va maxsus metodikalar yuzasidan o'zlashtirgan bilimlariga muvofiq, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiyaviy, o'quv ishlari bilan bog'liq faoliyatida ishtirok etishi tufayli, pedagogik ko'nikma va malakalarni egallab boradi, ayni vaqtda o'zining pedagogik faoliyatiga bo'lgan qiziqishi va qay darajada loyiqligini, qobiliyatini sinovdan o'tkazadi. O'quv amaliyot davrida bo'lajak tarbiyachi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va o'tkazish, maktabgacha yoshdagi bolalar va ularning ota-onalari bilan bola tarbiyasi muammoli masalalarni hal etish;
    - maktabgacha ta’lim tashkiloti ishini har tomonlama o'rganish va tahlil qilish;
    - turli mazmundagi metodik ish shakllarini kuzatish, o'rganish, tahlil qilish;
    - bolalarning mustaqil faoliyatlarini tashkil eta olish malakalari shakllanadi.
    O'quv amaliyotining yo'nalishi va mazmuni o'quv rejasiga muvofiq murakkablashib, takomillashib boradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o'tkaziladigan o'quv amaliyoti - bu ta’lim-tarbiyaviy jarayonlarni va boshqa faoliyat turlarini mustaqil tashkil eta olish, bolalar va ota-onalar bilan ishlay olish malakalari bilan bog'liq bo'lgan nazariy va amaliy masalalar, pedagogik bilimlarini chuqurlashtirishga va pedagogik qobiliyatlarini yanada takomillashtirish masalalari hal etiladi. O'quv amaliyot davomida har bir talabada o'zi tanlagan kasbiga munosabati, pedagogik faoliyatga qiziqish, shu sohadagi tayyorgarlik darajasi shakllanadi. O'quv amaliyot - ilg'or ish tajribalarini o'rganish maskani, mahorat maktabi hisoblanadi. O'quv amaliyotining maqsadi - dastlabki kasbiy tajribalarni egallash.
    Maqsadni amalga oshirish uchun qo'yidagi vazifalar belgilab qo'yilgan:
    - maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyati, uning tuzilishi, boshqarish tizim va tashkiliy-huquqiy shakllari bilan umumiy tanishish;
    - maktabgacha ta’lim tashkilotining funksiyalarini o'rganish;
    -maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarishga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarni, uning faoliyatini tartibga solib turadigan qonuniy aktlarni o'rgatish;
    - tanlagan mutaxasislgi va uning o'ziga xos jihatlari bilan amaliy tanishuv;
    - kurs ishini yozishga materiallar to'plash.
    O'quv amaliyoti talabalarning bo'lajak mutaxasisiligi bilan tanishishini va tadqiqotchilik faoliyatining dastlabki ko'nikmalarini olishini amalga oshiradi. O'quv amaliyotining turlari:
    1 Tanishuv amaliyoti. Bu bo'lajak mutaxassisligi bilan bog'liq maktabgacha ta’lim tashkilotlariga turli ekskursiyalar uyushtirish.
    2. Metodik amaliyot. Bunga ma’ruza va suhbatlar kirishi mumkin.
    3. Dastlabki kasbiy malakalarni egallash amaliyoti - maktabgacha ta’lim tashkilotida o'quv amaliyoti.
    Har qanday o'quv amaliyotini o'tab bo'lgandan keyin talaba natijlariga qarab attestatsiyadan o'tishi kerak. Talaba amaliyot kundaligini va hisobotni talablari asosida rasmiylashtirib topshirishi shart.

    Download 458,85 Kb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   89




    Download 458,85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogik amaliyot jarayonida quyidagi vazifalar hal qilinadi

    Download 458,85 Kb.