|
Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi fanining asosiy kategoriyalari
|
bet | 69/89 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 458,85 Kb. | | #158634 |
Bog'liq “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.orgMaktabgacha ta’limda metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan o'zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi. Maktabgacha metodika fanlarini o'qitish texnologiyasi fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o'qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, ma’lumot, rivojlanish.
Shaxs - psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.
Tarbiya-muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh
avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Ta’lim-o’quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o'stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo'naltirilgan jarayon.
Bilim-shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko'rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko‘nikma-shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka-muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Ma’lumot-ta’lim-tarbiya natijasida o'zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko'nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Rivojlanish-shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo'ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. Shaxs kamolotini ta’minlash, uning intellektual, ma’naviy-axloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, har bir davrning o'ziga xos jihatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Shu bois yaxlit pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o'rganiladi.
1.Metodika-xususiy fanlarni o'qitish xususiyatlarini o‘rganadi.
2.Pedagogika tarixi - ta’lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi, muayyan tarixiy davrlarda yetakchi o’rin egallagan pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini o‘rganadi.
3.Pedagogik texnologiya-ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash, texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o‘rganadi.
4.Pedagogik mahorat-bo'lajak tarbiyachilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o‘rganadi.
5.Ta’limni boshqarish-ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash masalalarini o‘rganadi.
|
| |