|
-Mavzu: Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi fanida o‘qitish metodlaridan foydalanish
|
bet | 72/89 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 458,85 Kb. | | #158634 |
Bog'liq “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.org4-Mavzu: Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi fanida o‘qitish metodlaridan foydalanish
Reja:
1.Ta’lim jarayonida metodlarning pedagogik mohiyati
2.O‘qitish metodlarining tasnifi
3.O‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan metodlarga qo'yiladigan talablar
4.Metodlarning turlari
Ta’lim jarayonida metodlarning pedagogik mohiyati.
Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati uning shakligagina emas, balki qo'llanilayotgan metodlar samaradorligiga ham bog’liqdir. Ta’lim nazariyasida o'qitish (ta’lim) metodlari markaziy o‘rin egallaydi. ≪Metod≫ yunoncha metodos so‘zidan olingan bo‘lib, ≪уо‘1≫, tadqiq qilish kabi ma’nolarni anglatadi. Ta’lim metodi ta’lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchi talabalarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlaridir.
Metodlar haqidagi fan metodologiya deb ataladi. Fanda nazariy va amaliy (empirik) metodlar mavjud. Metod — metod (yunoncha — aynan nimagadir yo‘l) maqsadga erishish yo‘lini bildiradi. Muayyan ma’noda tartibga solinadigan faoliyat. Yunoncha so'z bo'lib, yo'l, axloq ma’nolarini bildiradi. Odatda, keng ma’noda qo'llaniladigan ≪metod≫ terminini kishilarning o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish, ma’lum obyektni o'zlashtirish borasidagi nazariy va amaliy faoliyatlari usullarini anglatadi.
Ta’lim jarayonidagi ma’lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan faoliyatning turlicha bo'lishi yangidan-yangi usullarni metodlarni keltirib chiqaradi. Metod tanlashda, albatta, ayrim o'quv predmetlarini o'ziga xos xususiyatlariga amal qilinmog'i lozim. Shu bilan birga ta’lim jarayonida ko'pchilik o'quv predmetlarini o'qitishda qo'llanilishi mumkin bo'lgan umumiy o'qitish metodlari bilan birga ayrim o'quv predmetlarini o'qitishda qo'llanilgan o'ziga xos xususiy metodlar va metodik yondashuvlar ham bor. Ayrim predmetlarni o'qitishda qo'llaniladigan xususiy metodlar umumiy o'qitish metodlari bilan mustahkam bog'liqdir.
Ta’lim metodlari o'qitishning o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish usullarini hamda o'quv materialini nazariy va amaliy yo'naltirish yo'llarini anglatadi. O'qitish metodlari ta’lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchi faoliyatining qanday bo'lishi, o'qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini hamda shu jarayonda o'quvchilar qanday ish harakatlarini bajarishlari kerakligini belgilab beradi. Ta’lim metodi o'qituvchi bilan o'quvchilarning o'qish vazifalarini bajarishga qaratilgan nazariy va amaliy bilish faoliyati yo'lidir. O'qituvchi insoniyat tajribasida to'plangan bilimlar bilan hali bu bilimlarga ega bo'lmagan bolaning ongi o'rtasida vositachilik rolini o'naydi. Bola ijtimoiy-tarixiy tajribadagi barcha bilim boyliklarini ta’lim olmasdan, o'qituvchisiz, mustaqil holda o'zi tizimli tarzda o'zlashtira olmaydi. O'qituvchining eng katta xizmati o'quv materialini o'zlashtirishning muayyan yo'l, usul va priyomlarini belgilashda namoyon bo'ladi.
Ta’lim metodi o'quv materialini bayon qilishga va uni bolalar yaxshi bilib olishga qaratilgan faoliyatning yo'li, usulidir. Ta’lim jarayoni va natijalari o‘qituvchining o'quvchilar bilish faoliyati harakatini belgilovchi ish usulariga bog‘liqdir. Shu sababli doimo pedagogikada ta’lim metodlariga o‘qituvchining ish usullari va o'quvchilaming bilish faoliyati usullari deb qaraladiki, bu usullaming har ikkalasi ham o‘quv vazifalarini bajarishga qaratilgandir. Ta’lim metodlari o‘qituvchi va o'quvchilar faoliyatining xususiyatini belgilaydi, ta’limning maqsadi va mazmuniga bog’liq bo'ladi. Ta’lim metodlari tevarak-atrofdagi dunyoni bilishning umumiy qonuniyatlarini tushunishga bog’liqdir, ya’ni ular falsafiy fikrlarni, ta’lim jarayonining mohiyati va tamoyillari to‘g‘ri anglash natijasidir.
Ta’lim metodlari o'quv materiali mazmunida ifodalangan ilmiy fikr mantig'iga bog’liqdir. O'quv materialining mazmuni tobora chuqurlashib, murakkablashib va ilmiy tus olib bormoqda, shuning uchun ta’lim metodlari ilmiy bilishning mantiqi va metodlariga tobora ko‘proq bog'liq bo'lib qolmoqda. Ta’lim metodi psixologik asosga ega. Bolaning o'quv materialini o'zlashtirishdagi yosh imkoniyatlari va uning yetuklik darajasi o'qitish va o'qish usullariga juda katta ta’sir ko'rsatadi. O'quvchilarning fikrlash faoliyatini va shaxsiy xususiyatlarini yaxshi bilish o'qitishning samaraliroq usullarini topish imkonini beradi.
Ta’lim metodlari o'sayotgan organizmning anatomik-fiziologik, biologik xususiyatlariga ham bog'liqdir. O'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil qilishda ularning yoshiga xos biologik o'sishni hisobga olish kerakki, ta’limning ko'pgina jihatlari ish qobiliyati, charchash, ijodiy kayfiyat, jismoniy sog'liq, maktabdagi gigiyena sharoitlari aynan shu o'sishga bog'liqdir. Ta’lim metodlari nazariy jihatdan yaxshi asoslangan bo'lishi, pedagogik nazariyadan kelib chiqishi kerak, ammo, ta’lim metodlari amalda qo'llanilmasa, foydasiz bir narsaga aylanadi. Amaliy yo'llanganligi ta’lim metodlarining eng muhim tomonlaridan biridir. Bu metodlarda pedagogik nazariya amaliyot bilan bevosita bog'langan. Nazariya qancha chuqur va ilmiy bo'lsa, ta’lim metodlari o'shancha samarali bo'ladi. Pedagogika fani o'qituvchilarning ilg'or ish tajribalarini umumlashtiradi, an’anaviy ta’limning ilmiy asoslarini ko'rsatib beradi, o'qitishning zamonaviy, samarali metodlarini ijodiy ravishda izlab topishga yordam beradi.
|
| |