|
-Mavzu. Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o’qitish texnologiyasi fanining asosiy tamoyillari
|
bet | 70/89 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 458,85 Kb. | | #158634 |
Bog'liq “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.org2-Mavzu. Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o’qitish texnologiyasi fanining asosiy tamoyillari.
Reja:
1.”Didaktika” haqida tushuncha
2.Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi fanining asosiy
tamoyillari
≪Didaktika≫ grekcha so‘z bo'lib, ≪o'qitish≫, ≪o‘rgatuvchi≫ degan ma’nolarni anglatadi. ≪Didaktika≫ so‘zining ma’naviy tarjimasi ≪Ta’lim nazariyasi≫ demakdir.
Ta’lim nazariyasi ta’lim jarayoni tushunchasi va mohiyatini, ta’lim tamoyillarini, ta’lim mazmunini, ta’lim metodlari, shakllari va vositalari mazmunini aks ettiradi. Ta’lim nazariyasining asosiy mohiyati ta’limni tashkil etishdan iboratdir. Ta’limni tashkil etishdan asosiy maqsad yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko'nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdan iborat.
Didaktika pedagogikaning sohasi sifatida bilim, ko‘nikma va malakalarni yetkizishga oid uyushgan faoliyat qonuniyatlarini va ularni yosh avlod tomonidan
o'zlashtirilishini o'rganadi. U o'qitish jarayonini yo'lga qo'yishga oid normative talablarni ishlab chiqadi.
Jamiyatning ijtimoiy ehtiyojiga, fan va ishlab chiqarishning hozirgi darajasiga tayanib, didaktika o'zining o'rganish predmetini ishlab chiqadi, o'qitishning maqsadi (nega o'qitiladi), yosh avlodni nimaga tayyorlanadi, o'qitishning mazmuni (nimaga o'rgatiladi), o'qitishni tashkil etishning shakl va metodlari (qanday o'qitish) va uning natijalarini hisobga olish, nazorat qilish. Didaktika asosini - ta’lim prinsiplari tashkil etadi.
Prinsip - rahbar g'oya, asosiy qoida, faoliyatga, xulqqa nisbatan qo'yilgan asosiy talabdir.
Ta’lim prinsipi - ta’lim jarayoniga qo’yiladigan asosiy talabdir.
1. Ta’limning tarbiyaviy xususiyatli prinsipi.
2. Ta’limning ilmiyligi prinsipi.
3. Ta’limning tizimlilik prinsipi.
4. Ta’limning tushinarliligi prinsipi.
5. Ta’limning ko'rgazmalilik prinsipi.
6. Ta’limning ongliligi va faolligi prinsipi.
7. Ta’limning puxtaligi prinsipi.
8. Ta’limni alohidalashtirish prinsipi.
|
| |