11-Mavzu: Internet asosiy protokollari
R
eja:
1.
Tarmoq protokollari
2.
“Kliyent–server” va brauzer arxitekturasi
3.
IPv4 va IPv6 protokoli
1. Tarmoq protokollari
Protokol – bu qoida va amallar to‘plami bo‘lib, aloqa olib borish tartibini
boshqaradi.
Tabiiyki, axborot almashinuvida qatnashayotgan hamma
komp’yuterlar bir xil
protokol bilan ishlashi kerak, chunki axborot uzatib
bo‘lgandan so‘ng hamma qabul qilib olingan axborotlarni avvalgi ko‘rinishga yana
qaytarish kerak.
Eng quyi bosqichlarning protokollari (jismoniy va kanal) ga kodlashtirish va
dekoderlash usullari kiradi. Hozir esa biz ancha yuqori bosqich p rotokollarining
xususiyatlariga to‘xtalib o‘tamiz, ularning vazifalarini dasturlar amalga oshiradi.
Tarmoq adapteri bilan tarmoq dasturiy ta’minotining
aloqasini tarmoq
adapterlarining drayverlari amalga oshiradi. Drayver sharofati bilan aynan
komp’yuter adapter qurilmasining hech qanday xususiyatlarni bilmasligi mumkin
(ko‘rsatkichlarni, manzilini va u bilan axborot almashish kodlarini). Drayver har
qanday klassdagi adapter platasi bilan dasturiy ta’minoti
muloqotini bir turli
qilishga xizmat qiladi (uni fiksasiyalaydi). Tarmoq adapterlarini ishlab
chiqaruvchilar ularga qo‘shib tarmoq drayverlarini ham birga beradi. Tarmoq
drayverlari tarmoq dasturlariga har turdagi ishlab chiqaruvchining platasi va hatto
turli mahalliy tarmoqlar platasi bilan ham bir xil ishlashga imkon beradi (Ethernet,
Arcnet, Token-Ring). Agarda gap OSI
standart modeli haqida borsa, unda
drayverlar odatda yuqori bosqich ostining vazifasini bajaradi. Masalan,
adapterning bufer xotirasida uzatiladigan peketlarni drayverlar hosil qiladi, tarmoq
orqali kelgan paketlarni bu xotiradan o‘qiydi, axborot uzatishga buyuruq beradi va
komp’yuterga paketni qabul qilingani haqida xabar beradilar.
Har qanday holatda ham adapter platasini harid qilishdan oldin mos
tushadigan qurilmalar ro‘yxati bilan tanishish
foydadan holi emas albatta
(Hardware Compatibility List, HCL),
hamma tarmoq operatsion tizimini ishlab
chiqaruvchilari ro‘yxatni nashr qiladilar. Endi qisqacha
ancha yuqori bosqich
protokollarini ko‘rib chiqamiz.
Bir necha standart protokollar to‘plami (ularni yana steklar deb atashadi)
mavjud, ular juda ko‘p tarqalgan:
−
ISO/OSI protokollar to‘plami;
−
IBM System NetWork Architecture (SNA);
−
Digital DECnet;
−
Novell Net Ware;
−
Apple, apple Talk;
−
Internet global tarmoq protokollar to‘plami, TCP/IP.
Bu ro‘yxatga global tarmoqni kiritilganligi tushunarli, chunki OSI modeli har
qanday ochiq tizimda ishlatiladi.
Sanab o‘tilgan protokol to‘plamlari uchta asosiy turga bo‘linadi:
−
amaliy protokollar (OSI modeli amaliy, prezentatsion va aloqa vaqtini
boshqarish bosqichlar vazifasini bajaradi);
−
transport protokollari (OSI modelining
transport va aloqa vaqtini
boshqarish bosqichlar vazifalarini bajaradi);
−
tarmoq protokollari (OSI modelining uchta pastki bosqichlar vazifalarini
bajaradi).