uchun yaratilgan. Narxining yuqoriligi tufayli
bu turdagi ulanishdan kam
abonentlar foydalanadilar. Bu protokol TCP/IP protokoli bilan birgalikda
ishlatiladi va u ancha past pog‘onada turadi.
PPP
PPP (Point – to – Point Protocol) protokoli yuqorida bayon etilgan SLIP
protokolining bajaradigan vazifasining biridir. Lekin
u bu vazifalarni yaxshi
bajaradi, chunki qo‘shimcha imkoniyatlari mavjuddir. Undan tashqari, SLIP farqli
o‘laroq PPP nafaqat TCP/IP bilan bog‘lana oladi, balki IPX/SPX, NetBIOS,DHCP
mahalliy tarmoqlarda ko‘p ishlatiladigan protokollar bilan ham birgalikda ishl ay
oladi. PPPning ko‘p tarqalishiga yana bir sabab u Windows NT oilasiga mansub
operatsion tizim o‘rnatilgan Internet – serverlarda foydalanilgani tufaylidir.
X.25
X.25 protokoli 1976-yili yaratilgan va 1984-yili mukammallashtirilgan, u
jismoniy, kanal va tarmoq bosqichlarida ISO/OSI modeli bilan bog‘lanishda
ishlaydi. Bu protokolni mavjud telefon tarmog‘ida
foydalanish uchun
loyihalashtirilgan. X.25 protokolini loyihalashtirilayotgan davrda raqamli telefon
tarmog‘i noyob edi, u analog kanallarda ishlatilar edi. Shu sabab u protokolda
xatoliklarni topish va tuzatish tizimi mavjud, bu esa aloqani ishonchliligini sezilarli
darajada oshiradi. Ayni vaqtda bu tizim axborot uzatishni sekinlashtiradi (64
Kbit/s). Lekin bu holat yuqori ishonchlilik talab etilgan joylarda ishlatishga xalaqit
bermaydi, masalan, bank tizimida va boshqalarida.