Asosiy protokollarning tahlili




Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/16
Sana17.05.2024
Hajmi2,28 Mb.
#240042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4.11-Mavzu

Asosiy protokollarning tahlili 
ISO/OSI modelining hamma bosqichlarining ishlashini tashkil qilishga 
javobgar protokol steklaridir. Protokol steklarining ishlatilishining foydali tomoni 
shundan iboratki, stekka kiruvchi hamma protokollar bitta ishlab chiqaruvchi 
tomonidan yaratilgan, shuning uchun ular yuqori tezlikda va samaraliishlash 


imkoniyatiga ega. Tarmoqlar yaratilgan vaqtdan beri bir necha turdagi p rotokol 
steklari yaratilgan, ular ichida eng ko‘p ishlatiladiganlari: TCP/IP, IPX/SPX, Net 
BIOS/SMB, Novell Ware, DECnet va boshqalar. 
Protokollar stek tarkibida bo‘lib, ISO/OSI modelining turli bosqichlarida 
ishlaydi. Lekin odatda uchta protokol turi alohida ta’kidlanadi: transport, tarmoq 
va amaliy. Protokol steklaridan foydalanishning ijobiy tomoni shundan ibo ratki, 
quyi bosqichda ishlaydigan protokollar anchadan beri ishlatiladigan va taniqli 
Ethernet, FDDI va boshqa tarmoq protokollaridir. Bu protokollarning apparat 
vositalar yordamida bajarilishi sharofati evaziga bir xil qurilmalarni turli 
tarmoqlarda ishlatish imkoni mavjud bo‘ladi. Shu tufayli qurilmalarning 
moslashuv imkoni hosil bo‘ladi. 
Yuqori bosqich protokollari xususida esa har bir stek o‘z afzalliklariga va 
kamchiliklariga egadir va «bir protokolga – bir bosqich» tushunchasidek aniq 
bog‘lanish yo‘qdir, ya’ni bir protokol birdaniga ikki-uch bosqichlarda ham ishlashi 
mumkin.
Bog‘lanish 
Tarmoq qurilmalarining ish faoliyatida asosiy hol protokollarni 
bog‘lanishidir, xususan tarmoq adapteri uchun. Amaliyotda bir tarmoq adapteriga 
xizmat ko‘rsatishda protokollarning turli steklaridan foydalanish imkonini beradi. 
Masalan, bir vaqtning o‘zida TCP/IP va IPX/SPX steklardan foydalanish mumkin 
bo‘ladi, agarda birinchi stek yordamida adresat bilan aloqa o‘rnatishga urinis hda 
xatolik ro‘y bersa, avtomatik ravishda keyingi stek p rotokolidan foydalanishga 
o‘tish ro‘y beradi. Bu holatda asosiy hol bog‘lanish navbatidir, chunki u yoki 
boshqa protokolni turli steklardan foydalanishiga albatta ta’sir etadi. 
Komp’yuterga qancha tarmoq adapteri o‘rnatilishidan qat’i nazar, bog‘lanish 
esa birdaniga bir necha adapterga bir p rotokol stekini bog‘lash mumkin va 
aksincha bir necha steklarni bir adapterga bog‘lash mumkin.

Download 2,28 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish