−
IPX (Internet Work Packet Exchange) – paketlarni uzatish va yo‘naltirish
uchun mo‘ljallangan Net Ware firma protokoli;
−
NW Link – IPX/SPX protokollari Microsoft firmasining tadbiqi;
−
Net BEUI – transpotr protokoli – u axborotlarni tegishli vaqtda uzatish va
Net BIOS ilovasi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, protokollarni loyihalashtiruvchilar yuqorida
ko‘rsatilgan bosqichlarga har doim ham rioya qilmaydilar. Masalan, ba’zi
protokollar OSI modelining bir necha bosqichlarining vazifalarni bajarsa, boshqa
protokollar bir bosqichning ba’zi vazifalarini bajaradi.
Bu hol turli firma
protokollarini ko‘pincha o‘zaro mos tushmasligiga olib keladi, yana bu protokollar
o‘zi tuzgan protokol to‘plamida (stek) muvafaqiyatli ishlatilishi mumkin, ular u
yoki bu holda tugallangan guruh vazifalarini bajarishi mumkin. Xuddi shu tarmoq
operatsion tizimini «firma» qilish mumkin, ya’ni ochiq standart OSI modeli bilan
o‘zaro mos tushmaslikka olib keladi.
Misol tariqasida 4.4, 4.5 va 4.6 -rasmlarda protokollarning solishtirilishi
sxematik ravishda keltirilgan. Unda standart OSI modeli bosqichlari bilan taniqli
va ishlatiladigan firma tarmoq operatsion tizimlarining
mosligi taqqoslangan,
chizmalardan ko‘rinib turibdiki amalda hech bir
bosqich bilan ideal model
bosqichlarining aniq mos tushishi kuzatilmaydi.