ham ishlash qo‘llaniladi, bu esa axborotlarni birdaniga bir necha manzilga uzatish
imkonini yaratadi.
Net BEUI protokolining asosiy afzalligi ishlash tezligi va resurslarga bo‘lgan
kam talabidir. Agarda katta bo‘lmagan bir segmentdan iborat tarmoqlarda a xborot
almashinuvini tez tashkil qilish talab etilsa, u holda
bu protokoldan yax shisi
topilmaydi. Undan tashqari xabarlarni yetkazish uchun o‘rnatilgan bog‘lanishlar
zarur talab emas: protokolda bog‘lanish bo‘lmagan holda datagramma usuli
qo‘llanilib, xabar jo‘natuvchining va qabul qiluvchining manzili bilan ta’minlanadi
va «yo‘lga jo‘natiladi».
Lekin NetBEUI ning asosiy kamchiligi ham mavjud bo‘lib, u paketni
yo‘naltirish tushunchasidan to‘liq mahrumdir,
shuning uchun uni murakkab
tarmoqlarda foydalanish maqsadga muvofiq emas.
SMB (Server Message Block) protokoli yordamida esa tarmoqning ishini
uchta eng yuqori bosqichlarda tashkil etish mumkin. Bular aloqa vaqti,
prezentatsiya va amaliy faqat undan foydalanish orqaligina fayllarga bog‘lanish
mumkin, ya’ni printer va tarmoqning boshqa resurslariga. Bu p rotocol bir necha
marotaba rivojlantirilgan, shuning
uchun uni Microsoft Vista, Windows 7 va
Windows 10 zamonaviy operatsion tizimlarda tadbiq qilish mumkin. SMB
protokoli universal va u har qanday transport p rotokoli bilan juftlikda ishlashi
mumkin, masalan, TCP/IP va SPX.
HTTP
Bu protokol protokollar orasida eng ko‘p ishlatiladigani bo‘lib, u bilan
millionlab foydalanuvchilar Internetda dunyo bo‘yicha har kuni ishlaydilar.
HTTP (Hyper Text Transfer Protocol) protokoli maxsus Internet uchun
loyihalashtirilgan. U «mijoz – server» texnologiyada ishlaydi, ya’ni axborotni
so‘rovchi mijoz mavjud va bu so‘rovlarga ishlov berib uni jo‘natuvchi server qismi
ham mavjud deb bilinadi.
HTTP ilovalar osqichida ishlaydi. Bu shuni bildiradiki, ko‘rilayotgan protokol
transport protokolining xizmatidan foydalanishi darkor, ya’ni TCP protokolidan.
O‘z ishida protokol URI (Uniform Resource Identifier)
resursni noyob
identifikatori tushunchasi ishlatiladi. URI parametrlar bilan ishlashni quvvatlaydi,
bu hol esa protokolning vazifasini kengaytiradi. Parametrlardan foydalanib
serverdan javobni qanday formatda va kodirovkada olishni ta’kidlash mumkin. Bu
esa o‘z navbatida HTTP yordamida nafaqat matnli hujjatlarni, har qanday ikkilik
tizimidagi ma’lumotlarni ham uzatish imkonini beradi.
HTTP protokolining asosiy kamchiligi matnli axborotni ortiqcha hajmdaligi
bo‘lib, mijoz serverdan olingan javoblarni to‘g‘ri ifodalay olishi uchun zarurdir.
Veb – sahifalarning hajmi katta bo‘lganda, ortiqcha katta trafik hosil qilishi
mumkin. Undan tashqari protokol holatini saqlashning mexanizmidan to‘liq
mahrum, bu esa Veb – sahifalar bo‘yicha bitta HTTP yordamida
harakat qilishga
imkon bermaydi. Shu sababli HTTP protokol bilan birgalikda foydalanuvchi
brauzerlar bilan ishlash zarur.
FTP
FTP – protokoli (File Transfer Protocol) HTTP protokolidan farqli fayllar
bilan ishlaydi. Bu protokol amaliy bosqichda ishlaydi va transport protokoli
sifatida TCP – protokolini ishlatadi. Uning asosiy vazifasi fayllarni FTP – serverga
uzatish hamda undan olishdir. FTP – protokoli buyruqlar to‘plamidan iborat bo‘lib,
axborotlarni uzatish va ulash tartiblarini bayon qiladi. Bu holda buyruqlar va
axborotlar turli portlardan foydalanib uzatiladi. Standart portlar sifatida 21 va 20 –
portlar ishlatiladi: birinchisi –
axborotlarni uzatadi, ikkinchisi – buyruqlarni
uzatadi. Undan tashqari portlar dinamik bo‘lishi mumkin.
FTP – protokolining asosiy kamchiligi, axborotlarni shifrlash mexanizmi
yo‘qligidir. Bu esa bosh trafikka ega bo‘lib, uning yordamida foydalanuvchining
nomini va shuningdek, uning FTP – serverga ulanish parolini aniqlash imkonini
beradi. Bu holni bartaraf etish uchun parallel
ravishda SSL protokolidan
foydalaniladi, bu esa axborotlarni shifrlashni amalga oshiradi.