-rasm. Windows NT operatsion tizimi protokollari bilan OSI modeli bosqichlarini solishtirish




Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/16
Sana17.05.2024
Hajmi2,28 Mb.
#240042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4.11-Mavzu

 
4.4-rasm. Windows NT operatsion tizimi protokollari bilan OSI
modeli bosqichlarini solishtirish. 
 


 
4.5-rasm. Net Ware operatsion tizim protokollari bilan OSI modeli bosqichini solishtirish. 
 
4.6-rasm. Internet tarmoq protokollari bilan OSI modeli
bosqichlari solishtirish

 
Endi ko‘p tarqalgan ba’zi protokollar haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Mantiqiy ulanishsiz muloqot usuli (Metod deytogramm) – Qadimgi va sodda 
usul, unda har bir paket mustaqil obyekt sifatida qaraladi (4.7-rasm). Paket 
mantiqiy kanal o‘rnatilmasidan uzatiladi, ya’ni qabul qiluvchi qurilmasini axborot 
qabul qilishga tayyorligini aniqlovchi xizmatchi paket jo‘natilmasdan va 
shuningdek, mantiqiy kanalni yo‘q qilmasdan, ya’ni uzatish tugagani haqida xabar 
beruvchi paket. Paket qabul qiluvchiga yetib bordimi yoki yo‘qmi noma’lum 
(paket olinganligi haqidagi xabar yuqoriroq bosqichga qoldiriladi). Deytagramma 
usuli qurilmalarga qo‘yiladigan talablarni oshiradi (chunki qabul qiluvchi qurilma 
har doim paketni qabul qilishga tayyor bo‘lishi kerak).


Usulning afzalliga shundaki, uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar bir-biriga 
bog‘lanmagan holda ishlaydi, paketlar bufer xotira qurilmasiga to‘planib so‘ng
birdaniga uzatilishi mumkin, hamma abonentlarga paketni bir vaqtning o‘zida 
manzillash mumkinligida. Usulning kamchiligi – paketning yo‘qolish ehtimoli
borligida, shuningdek, qabul qiluvchi qurilma yo‘q bo‘lsa yoki tayyor bo‘lmagan 
holda tarmoq befoyda paketlar bilan band bo‘lish ehtimoli mavjud. 
 
4.7-rasm. Deytogramma usuli. 
Mantiqiy ulanish usuli (4.8-rasm) – bu murakkab, ancha yuqori darajadagi 
muloqot. Paket uzatish va qabul qilish qurilmalari o‘rtasida mantiqiy ulanish 
(kanal) o‘rnatilgandan keyingina uzatiladi. Har bir axborot paketlariga bir yoki bir 
necha xizmatchi paket qo‘shiladi (ulanishni o‘rnatish, qabulni tasdiqlash, qayta 
uzatishni so‘rash, ulanishni uzish). Mantiqiy kanal bir yoki bir necha p aketlarni 
uzatish uchun o‘rnatilishi mumkin. Deytagramma usuliga qaraganda bu usul ancha 
murakkab, lekin ancha ishonchliroq, chunki mantiqiy kanalni uzgunga qadar 
uzatuvchi qurilmaning ishonchi komil. Bu usulda tarmoqning bekorchi p aketlar 
tufayli yuklamasi oshib ketish holati ham bo‘lmaydi. Usulning kamchiliklari 
shundan iboratki, qabul qiluvchi abonent u yoki bu sababga ko‘ra axborot 
almashishga tayyor bo‘lmasa, masalan, kabelni uzulishi tufayli, elktr manbayini 
o‘chishi sababli, tarmoq qurilmasining nosozligi va nihoyat komp’yuterni nosozlik 
hollarida vaziyatdan chiqib ketish ancha mushkul masala bo‘lib qoladi. Bu holda 
tasdiqlanmagan paketni qayta uzatish algaritmi lozim bo‘ladi, shuningdek, 
tasdiqlanmagan paket turi ham muhimdir. 
4.8-rasm. Mantiqiy ulash usuli. 
Birinchi usulda ishlatilgan protokollarga misol – bu IP va IPX, ikkinchi 
usulda ishlaydigan protokollar – bu TCP va SPX. Aynan shuning uchun bu 


protokollar bog‘langan to‘plam ko‘rinishida foydalaniladi TCP/IR va IPX/SPX, 
ularda ancha yuqori bosqichdagi protokol (TCP, SPX), pastroq bosqich 
protokollari asosida ishlaydi (IP, IPX), talab etilgan tartibda paketni bexato 
yetkazib berish kafolatlanadi. Bu ko‘rib chiqilgan ikki usul afzalliklaridan 
birgalikda foydalanish imkonini beradi.
IPX/SPX protokollari to‘plam hosil qiladi, bu to‘plam Nowell (Netware) 
firma mahalliy tarmog‘ining tarmoq dasturiy vositalari tarkibida ishlatiladi, bu 
hozirgi vaqtda eng ko‘p ishlatiladigan va sotiladigan to‘plam hisoblanadi. U 
nisbatan katta bo‘lmagan va tez ishlovchi protokol. Amaliy dasturlar to‘g‘ri IPX 
bosqichga murojaat qilishlari mumkin, masalan, keng miqyosdagi axborotlarni
uzatish uchun, lekinko‘proq SPX bosqichi bilan ishlaydilar, ular paketlarni tez va 
ishonchli ravishda yetkazadilar. Agarda tezlik juda ham muhim bo‘lmagan holda 
yana ham yuqori bosqich ishlatiladi, masalan, NetBIOS ancha qulay servisni 
tashkil etadi. Microsoft firmasi IPX/SPX o‘z ijrosida NWLink nomi bilan ishlab 
chiqaradi.
TCP/IP protokoli maxsus global tarmoq uchun va tarmoqlar o‘rtasidagi 
muloqotni olib borish uchun loyihalashtirilgan. U past sifatli aloqa kanallariga va 
xatolikka yo‘l qo‘yish ehtimoli katta tarmoqlarga mo‘ljallangan. Bu protokol 
dunyo komp’yuter tarmog‘i Internetda qabul qilingan, abonentlarning ko‘p qismi
oddiy telefon aloqa yo‘llariga ulanadi. Uning asosida yuqoriroq bosqich 
protokollari ishlaydi, jumladan, SMPT, FTP, SNMP protokollari. TCP/IP 
protkollarining kamchiligi esa kichik tezlikda ishlashi. NetBIOS protokoli (tarmoq 
kiritish – chiqarish asos tizimi) IBM formasi tomonidan ishlab chiqarilgan, dastlab 
u IBM PC Network va IBM Token-Ring tarmoqlari uchun mo‘ljallanib, shaxsiy 
komp’yuterning BIOS tizim andozasiga asoslangan holda loyhalashtirilgan. Shu 
davrdan boshlab bu protokol asosiy standart bo‘lib qoldi (aslida u 
standartlashtirilmagan) va ko‘p tarmoq operatsion tizimlari tarkibida NetBIOS 
emulyatori bo‘lib, ular moslikni ta’minlaydi.
Dastlabki vaqtlarda NetBIOS seans, transport va tarmoq bosqichlarining 
vazifalarini bajargan, keyin ishlab chiqarilayotgan tarmoqlarda pastki bos qichlar 
standart (masalan, IPX/SPX) protokollar ishlatilmoqda, lekin NetBIOS emulyator 
zimmasida faqat seans bosqichi qolgan. NetBIOS emulyatori IPX/SPX ga 
qaraganda ancha yuqori servisga egadir, lekin u sekin ishlaydi. NetBEUI – bu 
NetBIOS protokolining transport bosqichigachan rivojlantirilgan protokolidir. 

Download 2,28 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Windows NT operatsion tizimi protokollari bilan OSI modeli bosqichlarini solishtirish

Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish