1-mavzu.
O‘zbekiston va jaxon to‘qimachilik sanoatini rivojlanishida
innovatsion texnologiyalarni qo‘llanilish darajasi.
Reja:
1. O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoatini tutgan o‘rni.
2. To‘quvchilik soxasida yaratilgan yangi texnika va texnologiyalarning
asosiy yo‘nalishlari.
3. To‘qima ishlab chiqarishni ko‘paytirish omillari.
1. Insoniyat tarihida to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bundan bir
necha ming yillar oldin ma’lum bo‘lgan. Qo‘lda ip tayyorlash va gazlama to‘qish
Hindiston, Hitoy, Misr va O‘rta Osiyoda miloddan bir necha asr ilgari ma’lum
bo‘lgan. To‘qimachilik sanoati - engil sanoatning tabiiy va sun’iy tolalardan turli
gazlama, ip va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan yirik tarmog‘idir.
To‘qimachilik sanoati to‘qimachilik hom-ashyosidan ip gazlama, zig‘ir
tolasidan gazlama to‘qish, jun, shoyi, noto‘qima materiallar, to‘r to‘qish,
to‘qimachilik-attorlik, trikotaj kigiz-namat va boshqa sohalarni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekistonning to‘qimachilik sanoati mahalliy xomashyoni qayta ishlashga
asoslangan ko‘p asrlik tarixga ega: paxta tolasi, ipak, terichilik, kaolin kabilar
mamlakatning milliy boyligi hisoblanadi. Buyuk ipak yo‘lining O‘zbekiston orqali
o‘tishi, bu yerda ishlangan paxta va ipakli matolar hunarmandchiligi, o‘ziga xos
xushbichim milliy ust-bosh va oyoq kiyimlar, suratlar chizilgan sopol idishlar
dunyoning ko‘plab davlatlariga mashhur bo‘lgan. Hozirgi vaqtga kelib, dunyoda
eksportni amalga oshiruvchi yengil sanoat, tarmoqlar orasida yuqori reytingga ega
bo‘lib turibdi. Bu soha eksport tolarlar nomenklaturasida yigirilgan ip-kalavadan
tortib tayyor mahsulotgacha bo‘lgan keng tarmoqni o‘z ichiga olgan. Shu nuqtayi
nazardan sohaning eksport potensiali salmoqli o‘ringa ega bo‘lib, uning rivojlanish
yo‘nalishi mavjud strategik investor, jahon bozoridagi tovarlar kon’yunkturasi,
biznes rejaning samaradorligi, kadrlarning eksport ishlab chiqarish talablariga
muvofiq kelishiga bog‘liqdir.
To‘qimachilik sanoatini rivojlantirish, zamonaviy yuqori texnologiyalardan
foydalanish va bozor iqtisodiyoti sharoitida mavjud xomashyolardan foydalanib,
raqobatbardosh sifatli yangi turdagi to‘qimalarni ishlab chiqarish dolzarb
masalalardan biri hisoblanadi.
Iplarni to‘quvchilikka tayyorlash ip va to‘qima ishlab chiqarish jarayoni
o‘rtasidagi bog‘lovchi texnologik zveno bo‘lib hisoblanadi.
To‘quvchilik ishlab chiqarish texnologik jarayoni asosan quyidagilardan:
ishlab chiqarilayotgan to‘qimalar assortimenti, xomashyo va to‘qimalarning
tuzilishidan tashkil topgan.
Mahsulotning fizik-mexanik xususiyatlarini saqlagan holda ularning
tannarxini kamaytirish to‘qimachilik mutaxassislarining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Aynan shuning uchun ham turli xil to‘qimachilik iplarini ishlab chiqarishga jorish
etish masalasiga katta e'tibor qaratiladi.
2.
Ma'lumki,
yengil
sanoat
mamlakatimiz
iqtisodiyotining
jadal
rivojlanayotgan yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Mustaqillik yillarida,
ayniqsa, Prezidentimiz tomonidan mazkur tarmoqqa qaratilayotgan alohida e'tibor
tufayli O‘zbekiston nafaqat paxta xom ashyosi yetishtiruvchi, balki uni qayta ishlash
salohiyati yuksalib borayotgan davlatlar qatoridan joy oldi.
Darhaqiqat, Istiqlol yillarida yengil sanoat va to‘qimachilik korxonalari
texnik hamda texnologik jihatdan modernizatsiya qilinayotgani, yangi quvvatlar
muntazam ishga tushirilayotgani zaminimizda yetishtirilgan paxtani o‘zimizda
qayta
ishlash
hajmining
oshishiga
xizmat
qilayapti.
E'tibor
qiling,
"O‘zbekengilsanoat" davlat aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi korxonalarda
1995-yilda 35,1 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lsa,
2006-yilda bu ko‘rsatkich 526,1 milliard so‘mlikka, 2007-yilda 655,9 milliard
so‘mlikka yetkazildi. 2008-yilda esa ishlab chiqarish sur'ati yanada oshib, jami 729
milliard so‘mlik mahsulot tayyorlandi.
Bundan tashqari, joriy yilda yana 23 ta yangi korxona ishga tushirilishi
mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda ularning 15 tasida mahsulot ishlab chiqarilmoqda.
Natijada qo‘shimcha ravishda yiliga 44 ming tonna kalava ip, 18 million pogon metr
gazlama, 1,5 ming tonna trikotaj mato, 6 million juft paypoq mahsulotlari ishlab
chiqarish imkoni yaratildi. Qariyb 3200 ta yangi ish o‘rni ochildi.
Aytish joizki, bunday keng ko‘lamli o‘zgarishlarda mustaqillik yillarida
tizimga jalb etilgan 1 milliard 200 million AQSH dollari miqdoridagi xorij
investitsiyasi qo‘l keldi. Mazkur mablag‘lar evaziga ishlab chiqarishga zamonaviy
texnologiyalar joriy etilgani tufayli import o‘rnini bosuvchi, raqobatbardosh
mahsulot tayyorlash hajmi yil sayin ortishiga zamin yaratildi. Pirovardida joriy
yilning sakkiz oyida umumiy qiymati 425,2 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari
ishlab chiqarishga erishildi. Tayyorlangan jami xalq iste'moli mollari hajmi esa 81,4
milliard so‘mlikdan ortdi. Uning salmoqli qismi, ya'ni 237,4 million AQSH dollari
miqdoridagisi eksport qilinib, bu boradagi reja 117 foizdan oshirib bajarilgani,
ayniqsa, quvonarlidir.
Mutaxassislarning
ta'kidlashicha,
chet
el
sarmoyasi
o‘z-o‘zidan
kelavermaydi. U investorlar uchun qulay muhit yaratilgan davlatlargagina
yo‘naltiriladi. O‘zbekistonda ana shunday shart-sharoitlarning mavjudligi bois
ko‘plab xorijiy davlatlar investorlari o‘z faoliyatini shu yerda yo‘lga qo‘yishga
intilmoqdalar. An'anaviy o‘tkazib kelinayotgan ko‘rgazmalar, o‘z navbatida, ichki
bozorda hamkorlar topishga ko‘maklashmoqda.
"To‘qimachilik uskunalari va texnologiyalari" ko‘rgazmasi tashkil etilganiga
xali ko‘p bo‘lgani yo‘q- U dastlab 2004-yilda "Tekstil' va Moda —Textile Yexro
Uzbekistan" ko‘rgazmasi doirasida o‘tkazilgan edi. Ammo qisqa davr ichida mazkur
ko‘rgazma soha mutaxassislari orziqib kutadigan tadbirga aylandi. Uning nufuzi yil
sayin oshib, ishtirokchi kompaniyalar safi qariyb to‘rt barobarga kengaydi. Shu bilan
birga, tashrif buyuruvchi mamlakatlar geografiyasi ham kengayib borayotir. Bu
galgi tadbirda Avstriya, Bel'giya, Belarus', Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston,
Italiya, XXR, Niderlandiya, Pol'sha, Janubiy Koreya, Rossiya, AQSH, Turkiya,
Frantsiya va Shveytsariya singari jahonning ko‘plab davlatlaridan 180 ga yaqin
kompaniyalar o‘z mahsulotlari bilan qatnashgani buning isbotidir. Bu yerda paxta
xom ashyosi va tolasini qayta ishlash uskunalaridan tashqari, ehtiyot qism hamda
butlovchi buyumlar, turli kimyoviy vositalar va bo‘yoqlar, tayyor va yarimtayyor
mahsulotlar keng hajmda namoyish etildi.
O‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi ko‘rgazmalar joriy yilda ham bir paytda
o‘tkazildi. Bu esa mamlakatimiz yengil sanoati yutuqlarini yanada keng namoyish
qilish, ayni paytda tizimga zamonaviy texnologiyalarni tanlab tatbiq etish imkonini
berdi.
Xalqaro ekspertlarning e'tirof etishicha, jahon to‘qimachilik bozori Osiyo
davlatlari, xususan, O‘zbekiston tomon og‘moqda. Nega deganda, bu yerda
yetishtirilgan xom ashyoning sifati yuqori va sanoatbop.
Shuning uchun o‘zbek tolasiga talabgorlar bisyor. Qolaversa, qayta ishlashga
eng zamonaviy texnologiyalar jalb etilayaptiki, bu dunyo bozorida xaridorgir
mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini vujudga keltirmoqda. Shu bois ko‘rgazmaga
dunyoning yetakchi kompaniyalari tomonidan eng ilg‘or liniyalar va uskunalar
taqdim etildi. Ularning aksariyatida tadbirning birinchi kunidayoq "Sotilgan"
yorlig‘i paydo bo‘la boshlagani e'tiborga molikdir.
3. To‘quvchilik ishlab chiqarish texnologiya uskunalari va nazariyasi
deyilganda to‘qima, galanteriya buyumlari, texnik temalar va konstruktsion
materiallar ishlab chiqaradigan bilimlar yiQindisi tushuniladi. To‘quvchilik
texnologiyasi bo‘yicha xar xil gilamlar, gobelenlar, mebelbop va kashtali to‘qimalar
ishlab chiqariladi. To‘quv dastgoxlari konstruktsiyasi va ishlatiladigan ip turiga
qarab to‘quvchilik quyidagilarga bo‘linadi:
|