• Junli to‘quvchilik
  • Ipak to‘quvchilik - eshilgan tabiiy ipak xamda kimyoviy iplardan to‘qima olish. Texnik to‘qima ishlab chiqarish
  • Attorlik to‘qimalarini ishlab chiqarish
  • Nazorat savollari
  • 1-mavzu. O‘zbekiston va jaxon to‘qimachilik sanoatini rivojlanishida innovatsion texnologiyalarni qo‘llanilish darajasi. Reja




    Download 322,24 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/2
    Sana15.05.2024
    Hajmi322,24 Kb.
    #234897
    1   2
    Bog'liq
    1-mavzu

    Paxta to‘quvchilik
    -yakka va eshilgan paxta iplaridan xamda paxta va 
    kimyoviy tolalar aralashmasidan to‘qima ishlab chiqariladi. 
    Zigir to‘quvchilik
     - 
    yakka va eshilgan zig‘ir iplaridan zig‘ir va yarim zig‘ir 
    to‘qimalarining ishlab chiqariladi. 
    Junli to‘quvchilik
    -
    apparatli yoki ingichka yigirish sistemalari bo‘yicha 
    olingan yakka va eshilgan jun iplaridan junli va yarim junli to‘qimalar ishlab 
    chiqariladi. 


    Ipak to‘quvchilik
     -
    eshilgan tabiiy ipak xamda kimyoviy iplardan to‘qima 
    olish.
    Texnik to‘qima ishlab chiqarish
     
    - eshilgan kimyoviy iplardan transport 
    piltalari, filtrlar, parashyut to‘qimalari, yonQin qo‘lqoplari, tormoz piltalari va 
    konstruktsion materiallar ishlab chiqaradi. Shishali uglerodli, metalli xamda asbestli 
    iplardan to‘qimala ishlab chiqariladi. 
    Attorlik to‘qimalarini ishlab chiqarish
    - tasma pilta va tayyor buyumlar
    olish. 
    To‘qima
    deb bir biriga nisbatan o‘zaro perpendikulyar yo‘nalishda 
    joylashgan 2 ta sistema iplarining o‘zaro o‘rilishidan xosil bo‘lgan to‘qimachilik 
    maxsulotiga aytiladi. To‘qima bo‘ylamasi bo‘yicha yotgan birinchi sistema iplari 
    tanda, ko‘ndalang yotgan ikkinchi sistema iplari esa arqoq iplari deyiladi. 
    To‘quv dastgohlari eramizdan 4 ming yil oldin paydo bo‘lgan. Birinchi 
    to‘quv dastgohlarida, tanda iplari vertikal holatda joylashtirilib, taranglik hosil qilish 
    uchun ularning pastki uchiga yuklar osib qo‘yilgan. Arqoq iplari esa moki 
    yordamida tashlangan. Tanda iplari gorizontal holatda joylashgan birinchi to‘quv 
    dastgohi Sharqda paydo bo‘lgan, lekin bu dastgohlardagi barcha amallar qo‘lda 
    bajarilganligi sababli ularning shartli ravishda to‘quv dasgohi deyish mumkin. 
    Yangi erani III yuz yilliklarida Xitoyda homuza hosil qiluvchi mexanizmi 
    ixtiro etilgan. Unda tanda iplari yoqoch ramkali shodaga terilgan gula kuzchalaridan 
    o‘tkazilgan. Arqoq ipining jipslashtirish uchun tebranma taroqdan (hozirgi tiQga 
    o‘xshash) foydalanilgan. 
    Biroq arqoq tashlash jarayonini mexanizatsiyalashtirmasdan turib, mehnat 
    unumdorligini oshirib bo‘lmas edi, sababi ikkita ishchi arqoq tashlash uchun 
    dastgoxni ikki yon tomonida turib ishlar edi. 
    Faqat XVIII asrga kelib, to‘quv dastgoxi takomiillashtirila borilib, 1733-yilda 
    Angliyalik Key arqoq tashlash uchun “uchar” moki yaratib, unga oddiy uzatma 
    yordamida harakat berishga erishdi. 
    Homuza hosil qilish, zarb va jipslashtirish mexanizmlarini ixtiro etilishi to‘quv 
    mashinasini yaratishga imkon berdi. Јo‘l kuchi bilan harakat uzatish, mexanik 
    harakat uzatish bilan almashtirildi. Shunisi ajablanarliki, birinchi bunday 
    mashinalarni harakatga keltirish uchun 1500-yillarda Leonardo DA Vinchi yaratgan 
    suv dvigatelidan foydalanilgan. 
    Shunga o‘xshash ixtirolar keyinchalik 1678-yilda frantsuz 
    dengiz ofitseri Jenn, 1745-yili esa frantsuz mexanigi Vekonsonlar tomonidan 
    yaratilgan, lekin ularning birortasi ham amaliyotda qo‘llanilmagan. 
    Faqat 1784-yilga kelib angliyalik taqvador Kartrayt ishlab chiqarishda 
    qo‘llash mumkin bo‘lgan o‘zining to‘quv dastgohini yaratdi. XVIII asr oxirlarida 
    angliyalik Miller qulf, ya'ni moki bir tomondan ikkinchi tomonga yetib borolmay 


    qolganda dastgohni to‘xtatuvchi mexanizmini yaratdi va buni natijasida dastgoh 
    unumdorligi hamda to‘qima sifati bir muncha oshdi.1889-yilga kelib amerikalik 
    Nortrop dastgohda arqoq naychasining avtomat almashtirish mexanizmini yaratdi. 
    Biroq mokili dastgohlar ustida qanchalik ixtirolar, takomillashtirishlar qilinmasin, 
    arqoq tashlash usulini o‘zgartirmasdan turib, to‘quvchilikda unumdorlikni oshirib 
    bo‘lmas edi. Shuni e'tiborga olib mokisiz arqoq tashlash usuli paydo bo‘la boshladi. 
    4. Ilk bor arqoq ipini tashlashda rapirali usuli paydo bo‘ldi. 
    1898 yili rapirali to‘quv dastgohiga patent berildi. 1911-yili Pastor tomonidan 
    metalli mitti moki yordamida arqoq tashlash usuli yaratildi.Keyinchalik arqoq ipini 
    suv tomchisi va havo yordamida tashlash usullari paydo bo‘ldi. 
    1950 yilda “Zultser” (Shvetsariya) firmasida mokisiz to‘quv dastgohi ishlab 
    chiqarila boshlandi.Bu dastgohda arqoq ipi mitti moki yordamida (Rossmon patenti 
    bo‘yicha) tashlanar edi. Јadimdan insonlar turli hil naqshli (gulli) to‘qimalar olishni 
    hohlaganlar, albatta buning uchun homuza hosil qiluvchi turli konstruktsiyali 
    homuza hosil qilish mexanizmlari kerak edi. 
    1725-yili Bushon tomonidan tirqishli qoQoz piltalar bilan boshqariladigan 
    shoda ko‘tarish karetkasi, 1805 yili jakkard mashinasi, 1835-yili esa Rayd va 
    Djonlar tomonidan ko‘pmokili mexanizmlar yaratildi. 
    130 yil oldin 100 metr to‘qima ishlab chiqarish uchun 20 soat sarflanadigan 
    bo‘lsa, hozirga kelib shuncha to‘qimani 18 minutda ishlab chiqariladigan bo‘lindi. 
    Ayniqsa oxirgi 10-15 yilda bu vaqt yana 80%ga kamaydi va to‘quvchilik
    sohasidagi ixtirolar oralig‘i keskin kamaymoqda. Masalan fotografiya sohasidagi 
    ixtirolar oraliQi 112 yilni , elektrodvigatelda 57 yilni telefonda 56 yilni radioda 35 
    yilni, yadro reaktorida 10 yilni, tranzistorda 5 yilni, televideniyeda 12 yilni, quyoshli 
    batareyada 2 yilni tashkil etgan bo‘lsa, ATPR-dastgohi 2 yilda yaratilgan. 
    Ilmiy texnika yutuqlarini to‘quvchilikka keng joriy etish, dastgoh 
    unumdorligini oshirib, ishlab chiqarilayotgan to‘qima sifatini yaxshilash 
    imkoniyatini beradi. 
    Nazorat savollari: 
    1. O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoatini tutgan o‘rni xaqida ma’lumot 
    bering? 
    2. To‘quvchilik sohasida yaratilgan yangi tehnika va tehnologiyalarning 
    asosiy yo‘nalishlari xaqida nima bilasiz? 

    Download 322,24 Kb.
    1   2




    Download 322,24 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu. O‘zbekiston va jaxon to‘qimachilik sanoatini rivojlanishida innovatsion texnologiyalarni qo‘llanilish darajasi. Reja

    Download 322,24 Kb.
    Pdf ko'rish