• МAVZU: Globallashuv dеganda nimani tushunasiz Topshirdi: 924-20 guruh talabasi: A.Abduvaitov Qabul qildi: A.Narkuziyev
  • Mavzu: Globallashuv dеganda nimani tushunasiz Reja: 1. Globallashuvtushunchasi.
  • 5. Globallashuv universallashuv jarayonida sifatida. 6. Globallashuv fenomen sifatida.
  • O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy




    Download 425.06 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana20.09.2023
    Hajmi425.06 Kb.
    #82924
      1   2   3
    Bog'liq
    Iqtisodiy xavfsizlik
    Words list, 4-lb, MAY OYI OCHIQ DARS, Boshlang’ich sinflarda matеmatikadan amaliy ishlar va ularni tashkil qilish mеtоdikasi, 4-klass matem, 5-sinf-matematika-ochiq-dars-ishlanma, 9-KLASS TEST, MAQALA mashinopis , Annotatsiya Aynura , 392-Article Text-1626-1-10-20201128, G.Rasulov, 412222, 07.08.2023 10-32-56, 1666585509


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA 
    INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
    MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY 
    UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI 
    “PSIXOLOGIYA” FAKULTETI 
    “IJTIMOIY VA IQTISODIY FANLAR” KAFEDRASI 
    “IQTISODIY XAVFSIZLIK ” FANIDAN 
    MUSTAQIL 
     
     
     
    МAVZU: 
    Globallashuv dеganda nimani tushunasiz 
    Topshirdi: 924-20 guruh talabasi: A.Abduvaitov 
     
    Qabul qildi: A.Narkuziyev 
     
     
     
     
     
     
     
     
    Jizzax 2023 yil
     


    Mavzu:
    Globallashuv dеganda nimani tushunasiz

     
     
     
    Reja: 
    1. Globallashuvtushunchasi. 
    2. Globallashuvning asosiy xususiyatlari va namoyon bo‘lish yo‘llari.
    3. Globallashuv amalga oshishining turli xil vositalari. 
    4. Globallashuv to‘lqinlari, davrlari. 
    5. Globallashuv universallashuv jarayonida sifatida. 
    6. Globallashuv fenomen sifatida. 
    Globallashuv (globalizatsiya) - lotincha “glob” so‘zidan olingan bo‘lib, 
    aynan uni “dumaloqlashuv”, “kurralashuv” deb tarjima qilish mumkin. Yer sharining, Yer 
    kurrasining fan-texnika yutuqlari tufayli insoniyat ixtiyoridagi xuddi bir butun sharga, kurraga 
    aylanishini 
    tushuntirish 
    uchun 
    ishlatiladi. “Global” tushunchasi lug‘aviy ma'nosi nuqtai nazaridan fransuz tilida 
    “umumiy”, lotin tilida esa “globus”-Yer shari” ma'nolarini bildiradi. Demak, 
    globalizm 
    tushunchasi ana shu ikki ma'noda ham bevosita insoniyat hayoti va taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan 
    katta muammolarni, “sayyoraviy”, “dunyoviy” muammolarni, global taraqqiyot istiqbollarini 
    o‘ziga qamrab oladi.
    Globallashuv atamasi birinchi bor 1960 yil Giddins tomonidan foydalanilgan
    [1]
    . Bu 
    atama XX asrning 90-yillarigicha deyarli foydalanilmagan. 1985 yilga kelib amerikalik sotsiolog 
    R. Robertson «globallashuv» atamasiga tushuncha bergan
    [2]
    . Globalizatsiya atamasi birinchi 
    bo‘lib iqtisodchi olimlar tomonidan 1981 yildan beri qo‘llanilib kelingan. Ammo bu so‘zning 
    to‘liq ma’nosi, konsepsiyasi 1990 yilning yarmida amerikalik olim CHarlz Taz Rassel tomonidan 
    to‘liq ochib berilgan. 
    “Globallashuv” atamasi dastlab amerikalik olim T.Levitt tomonidan 1983 yili 
    «Garvard biznes rev`yu» jurnalida chop qilgan maqolasida qo`llangan. T.Levitt yirik transmilliy 
    korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonlarini 
    “globallashuv” deb atagan
    [3][1]
    . Mazkur ta`rifda globallashuv jarayonining iqtisodiy tamonlariga 
    e`tibor berilgan. O`z davrida frantsuz faylasufi Rene Dekart “Tushunchalar ma`nosini 
    aniqlashtiring va bu insoniyatning yarmini adashishdan saqlaydi” - deb yozgan edi. Ayni shu 
    ma`noda dastlab biz “globallashuv” tushunchasining istilohiy ma`nosini izohlashga harakat 
    qilamiz. Bu so‘zga quyidagicha tarif berish mumkin: Globallashuv – Jahon xo‘jaligi 
    rivojlanishining ob’ektiv jarayoni bo‘lib, juda ko‘p ijobiy xususiyatlarga egadir: bular asosan turli 
    mamlakatlar xo‘jaligining o‘zaro aloqasi, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, ilm – fan texnika 
    texnalogiya yutuqlari almashuvini tezlashishni hamda davlatlarni ilmiy texnikaviy taraqqiyotiga 
    ko‘maklashuv bilan tasdiqlanadi. Globallashuv — butunjahon iqtisodiy siyosiy, madaniy 


    integratsiya va unifikatsiya (bir birga yaqinlashuv) jarayonidir. Asosiy xususiyatlari xalqaro 
    mehnat taqsimoti, kapital, ishchi kuchi va ishlab chiqarish resurlarining erkin harakati, 
    qonunchilik, iqtisodiy va texnologik jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli 
    mamlakatlarning madaniyatining qo‘shilish va yaqinlashuvidir. Bu ob’ektiv jarayon bo‘lib 
    jamiyatning barcha sohalarini qamrab oluvchi tizimli xususiyatga ega.
    [4]
     Globallashuvga qarshi 
    harakatlar ham mavjud bo‘lib, ular globallashuv natijasida yuzaga keladigan va kelayotgan 
    muammolarni oqibati salbiy deb e’tirof etishadi. Bunday tashkilot, uyushma, harakatlarga Green, 
    AntiDaos kabi bir necha antiglobilistlarni kiritish mumkin. Globallashuv bosqichiga 
    mintaqalashuv bosqichini bosib o‘tish lozim. 
    Vaholanki, globallashuv yaxlit jarayonlarni o`z ichiga qamrab oladi. A.Ochildievning 
    ta`kidlashicha, “...eng umumiy ma`noda, globallashuv, bir tomondan, muayyan hodisa, 
    jarayonning barcha mintaqalar, davlatlar va butun Er yuzini qamrab olganini, ikkinchi tomondan, 
    ularning insoniyat taqdiriga dahldor ekanini anglatadi”
    [5][2]
    . V.I.Danilov-Danil`yan esa 
    “Globallashuv ko`proq mantiqdan emas, balki tarixiy paradigmadan kelib chiqqan so`zdir. 
    Globallashuv jihatlarining o`zaro aloqadorligini aniq va ravshan tahlili mavjud emas”
    [6][3]
    , - deb 
    yozgan edi. YUqoridagi ta`riflardan ko`rinadiki, globallashuv jarayoni o`zining murakkabligi va 
    serqirraligi bilan alohida ajralib turadi. SHuning uchun ham S.Otamuratov “...globallashuv 
    tushunchasi haqidagi qarashlar turli-tumanligicha davom etib kelmoqda. Bu tabiiy hol. CHunki 
    uning makon va zamonda sodir bo`lish xususiyatlari turlicha bo`lib dunyoning o`zgarishiga 
    o`tkazayotgan ta`sirida ham yangi-yangi imkoniyatlari namoyon bo`lmoqda”
    [7][4]
    . 1980-1990 
    yillar bo’sag’asida “globallashtirish” tushunchasi yangi talqinga ega bo’ldi: asli yaponiyalik 
    keyinroq amerikalik mashhur iqtisodchi K.Ome ta'riflab bergan mazkur atamaning ommaga 
    tushunarli bo’lgan ifodasidan jahon xo’jaligi rivojlanishining nisbatan yangi qirralari va tavsiflari, 
    uning dastlabki taraqqiyot bosqichlaridan farqlanuvchi hozirgi holatini ko’rsatish uchun tatbiq eta 
    boshladilar. 
    Proffesor A. Katsovich globallashtirish jarayonini tasvirli yoritilishi va jahon 
    xo’jaligining yangi tavsiflari yuzaga kelishi: “Globallashtirish chegaralar orqali iqtisodiy, siyosiy, 
    ijtimoiy va madaniy aloqalarni intensifikatsiya qilish orqali aniqlanishi mumkin. Globallashtirish 
    – bu erkin savdo to’g’risidagi bitimlar uyg’unligi, jahonni yagona va o’ta raqobatli bozorga 
    aylantirgan Internet hamda moliyaviy bozorlarning birlashishidir”, degan taklifni kiritadi
    [8]

    Jahon olimlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot-larda «Globallashuv» 
    tushunchasiga turli ta’riflar berilmoqda va unga turli qarashlar va munosabatlarni bildirish davom etib kel-
    moqda. Lekin uning er kurrasining bir butunligini ifodalash va barcha soqalarning «yagonaligini» 
    ta’minlash jarayoni, omili si-fatida qarash umumiy qarashlardan ustuvor bo‘lib kelmoqda. Jum-ladan, 
    rus olimi I. Burikova globallashuvni jarayon sifatida qaraydi va olimlar tomonidan unga nisbatan 
    qarashlarni umum-lashtirib, uning uchta asosiy jihatini ko‘rsatadi: 
    Bilim jiqatlari - globallashuv jarayoni haqida nimalar ma’-lumligi. 
    Emotsional - bu ma’lumotga qanday yondoshuv zarurligi. 
    Axloqiy - nima qilish kerak ekanligi.
    5
    Uning ta’kidlashicha, Sankt-Peterburg Universitetining siyo-siy psixologiya fakulteti 
    psixologlari globallashuvni jaxrnda siyosiy qokimiyatning yangi shakli sifatida tushunadilar. Bu siyo-
    siy hokimiyat yangi shakllarining instrumentlari quyidagilardir: 
    informatsion globallashuv - informatsiya soh_asidagi o‘zgarishlar; 


    iqtisodiy globallashuv - iqtisodiy soqadagi o‘zgarishlar; 
    mintaqaviy globallashuv - hududlar va chegaralar sohasidagi o‘zgarishlar; 
    demografik globallashuv - globallashuvning asosiy instru-menti bo‘lib, insondagi barcha asosiy 
    o‘zgarshdlarni o‘ziga qamrab oluvchi o‘zgarishlardir. 
    SHuningdek, muallif ularning har birining o‘ziga xos xususi-yatlari haqida batafsil fikr 
    yuritgan.
    6
    YAna bir rus olimi L.E. Grininning fikricha, «Globallashuv -mintaqalar va umuman 
    jahonning integratsiyasi va yaqinlashuvining natijasidir».
    7
    U globallashuvga jarayon sifatida qaraydi va 
    unga quyidagi ta’rifni beradi. «Globallashuv - bu jarayon, uning nati-jasida dunyo o‘zining barcha 
    sub’ektlariga yanada aloqador va yana qam bog‘liq bo‘ladi»
    8

    Rus olimlaridan yana biri professor A.G. Kosichenko qam glo-ballashuvga jarayon sifatida 
    qaraydi. U shunday yozadi: «Globalla-shuv ko‘p o‘lchamli jarayon, u o‘z ta’sir doirasiga gurli usul va 
    vositalar bilan barcha soqalarni qamrab oladi». Ayni paytda uning fikricha, «iqtisodiyotning o‘ziga 
    xos qukmronlik ta’siri bugun ja-h_on hayotining barcha sohalarida namoyon bo‘lmoqda».' 
    2006 yilda «Globallashuv» tushunchasi va uning turli sohalarga o‘tkazayotgan ta’si-
    rini aniqlashga bag‘ishlangan jahonning etakchi olimlari qamkor-ligida «Globalistika 
    mejdunarodnsh mejdissiplinarnsh ensik-lopedicheskiy slovar» tayyorlanib e’lon qilindi. Unda 
    globalla-shuv tushunchasiga olimlar turlicha ta’rif berganlar va uning ta’-sir doirasini aniqlashga 
    qarakat qilingan. Jumladan, amerika-lik olim T.Fridman bu qaqda shunday ta’kidlaydi: 
    «Globallashuv - bu «sovuq urush tizimini» almashtirgan yangi tizim»
    10
    . Keltiril-gan fikrdan 
    ko‘rinib turibdiki, iqtisodiyotda kechayotgan globalla-shuv jamiyat, mamlakat va xalqlar 
    qayotining barcha soqalariga o‘zi-ning ta’sirini o‘tkazmoqda. SHuning bilan birga uni o‘z davrida 
    jahonni larzaga solgan va butun insoniyatga xavf tug‘dirgan «sovuq urush» bilan tenglashtirgan 
    mualliflar qam bor. Haqiqatdan qam, yuqorida mualliflar tomonidan ilgari surilayotgan fikrlarda 
    glo-ballashuvning iqtisodiyotga, siyosatga va jahon miqyosidagi jarayon-larga o‘tkazayotgan 
    ta’siri keng qamrovli ekanligi ko‘rsatib beril-gan. Ayniqsa uning iqtisodiyotga o‘tkazayotgan 
    ta’siriga asosiy e’ti-bor berilganligini ta’kidlash lozim. Haqiqatan qam iqtisodiyot-dan manfaatdor 
    bo‘lmagan insonning o‘zi yo‘q. U inson h.ayot kechiri-shining moddiy asosini tashkil qiladi. 
    SHuning uchun qam iqtiso-diyotdagi globallashuv milliy ma’naviyatda ham o‘z ifodasini topa-di. 
    Afsuski, yuqorida mualliflar tomonidan bildirilgan fikr-lardan ko‘rinib turibdiki, globallashuvning 
    milliy ma’naviyatga o‘tkazayotgan salbiy ta’siri e’tibordan chetda qoldirilgan. Bu ja-rayonda 
    iqtisodiy globallashuv milliy ma’naviyatning globallashu-vida vosita vazifasini bajaradi. Ana shu 
    muqim jiqat muallif-lar e’tiboridan chetda qolganligini ko‘rish mumkin. SHuning bi-lan birga T. 
    Fridmanning globallashuvning «sovuq urush» siyosati bilan tenglashtirilganligi zamirida ham 
    katta ma’no bor. Haqiqat-dan ham bugun u butun insoniyat, ayniqsa uning oliy qadriyatlari-dan 
    biri bo‘lgan millatlar taqdiriga solayotgan tahdidini «sovuq urush» siyosatiga tenglashtirish 
    mumkin. Respublikamizda qam tadq-iqotchilarimiz tomonidan globallashuv jarayonini 
    o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Hali bu masalaga bag‘ishlangan fundamental 
    tadqiqotlar e’lon qilinmagan bo‘lsa qam bir qator ilmiy jiqatdan pishiq bo‘lgan maqolalar e’lon 
    qilinganligini ta’kidlash lozim. Jumladan, «Globallashuv ziddiyatlari»,
    11
    «Ada-biyotida 
    globallashuv jarayoni»,
    12
    «Xalqaro globallashuvning chuqurlashuvi»
    13
    va boshqa maqolalarda 
    uning ba’zi bir jiqatlariga to‘la-qonli ta’rif keltiriladi. Aytish joizki, mazkur maqolalarda ham 
    «Globallashuv» jarayon sifatida talqin etilganligini ko‘rish mum-kin. 
    Bundan 
    tashqari, 
    globallashuvni 
    turli 
    soqalarda 
    sodir 
    bo‘layot-gan 
    integratsiyalashuvning natijasi sifatida qarashlar ustuvorlik qiladi. Bunday qarash mazmunini 


    dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning tabiiy ravishda mustaqkamlanib borishi va 
    ularning o‘zaro integratsiyalashuvi natijasi sifatida, sub’ek-tiv omillar ta’siri, ya’ni katta iqtisodiy 
    saloqiyatga ega bo‘lgan davlatlarning kam taraqqiy qilgan mamlakatlarning resurslari-ni turli yo‘l 
    va vositalar bilan qo‘lga kiritish maqsadida amalga oshirilayotgan tadbirlarning natijasi sifatida 
    qarashlar ham mavjud. Xullas, globallashuv tushunchasi qaqidagi qarashlar tur-li-tumanligicha 
    davom etib kelmoqda. Bu tabiiy qol. CHunki uning makon va zamonda sodir bo‘lish xususiyatlari 
    turlicha bo‘lib dunyo-ning o‘zgarishiga o‘tkazayotgan ta’sirida qam yangi-yangi imkoniyat-lari 
    namoyon bo‘lmoqda. 
    «Globallashuv» tushunchasiga mualliflar tomonidan yuqorida il-gari surilayotgan turli 
    fikrlarga qo‘shilish mumkin. CHunki qar bir muallif uning turli sohalariga o‘tkazayotgan ta’sirini 
    turlicha ta-fakkur qiladi va uni turlicha talqin etadi. Boz ustiga globalla-shuvning o‘tkazayotgan 
    ta’sir doirasi bepoyon va keng qamrovli ham-dir. SHu ma’noda mualliflar tomonidan ilgari 
    surilayotgan fikr-lar qanchalik turli-tuman bo‘lsa, uning turli xususiyatlari va in-soniyat, millat, 
    mamlakat, jahon miqyosida o‘tkazayotgan ta’sirini o‘rganishning imkoniyatlari shunchalik 
    kengayib boradi. Avvalo «globallashuv» tushunchasiga ta’rif berishda, unga haqiqatan ham 
    kengroq va chuqurroq yondoshmoq kerak bo‘ladi. Jumladan, yuqorida berilayotgan ta’riflarning 
    aksariyat ko‘pchiligida «globallashuv» tushunchasiga yaqin bo‘lgan «internatsionallashuv» 
    (baynalminalla-shuv) va «integratsiyalashuv» tushunchalari o‘rtasidagi munosabatlar e’tibordan 
    chetda qolib kelmoqda. YA’ni nega «Globallashuv» tu-shuncha sifatida ommaviylashib ketmoqda 
    yoki «internatsionalla-shuv» va «integratsiyalashuv» tushunchalari unga nisbatan kam qo‘lla-
    nilmoqda degan savolga javob ochiq qolib kelmoqda. 
    Aslida, «Globallashuv»ning asl mohiyati va uning barcha soha-larga o‘tkazayotgan 
    ta’sir doirasini bilish uchun uni yuqorida kel-tirilayotgan ikkala tushuncha bilan solishtirish 
    maqsadga muvofiq-dir. CHunki ular o‘rtasida ma’lum o‘xshashlik mavjud. Ayni paytda ular o‘z 
    yo‘nalishi, maqsadi va funksiyalari bilan o‘zaro farqlanadi. SHuning bilan birga ularning 
    tushuncha sifatida ilmiy iste’-molga kirish davrlari o‘rtasida ham farklar mavjud. Ayniqsa, «in-
    ternatsionallashuv» sobiq sho‘rolar qukmronligi sharoitida eng ko‘p qo‘llaniladigan tushunchaga 
    aylangan edi. Uni millatlarning o‘za-ro qo‘shilib ketishiga olib keladigan ijobiy omil sifatida baqo-
    lashdan tortib, oila, turmush, milliy madaniyatlarning yagona ma-daniyatga aylanishigacha 
    bo‘lgan barcha soqalarda sobiq KPSSning «internatsionallashtirish» borasida olib borgan 
    zo‘ravonlik siyo-satini aqolidan yashirish maqsadida qo‘llanilib kelinar edi. 
    Lekin bu aslida internatsionallashuv jarayoni bo‘lmagan edi, degan gap emas, balki bu 
    erda uni jirkanch manfaat va maqsadlarni amalga oshirish yo‘lida qo‘llanilib kelinganligi qaqida 
    so‘z bor-moqda. 
    YAna yuqoridagi tushunchalar taxliliga qaytib shuni aloqida ta’-kidlash lozimki, 
    bugun bir qator olimlar globallashuv jarayon sifatida insoniyat taraqqiyotining barcha 
    bosqichlarida amal qil-gan, degan fikrlarni qam ilgari surmoqdalar. Hatto qadim dunyo xalqlari 
    o‘rtasidagi madaniy aloqalarning yuzaga kelishi va ri-vojlanish jarayonlarini «globallashuv» bilan 
    bog‘lash to‘g‘risida-gi fikrlar qam uchraydi. Jumladan, yuqorida tilga olingan maqo-lada 
    Muqammadjon Xolbekov: «Moziyga qaytaylik. Miloddan ol-dingi IV asrda yunon sarkardasi 
    Aleksandr Makedonskiy butun Osiyoni qurol kuchi bilan zabt qilib, aslida yarim dunyoni birlash-
    tirmoqchi, qudratli davlat barpo etmoqchi bo‘lgan va shu tariqa in-soniyat tarixida globallashuv 
    jarayonning boshlab bergan. YOki mi-loddan oldingi I asrda Rim imperatori YUliy Sezar qam 
    xuddi shunday yo‘l tutib, butun Ovro‘poni ishg‘ol qilgan va qudratli impe-riya sarqadlarini 
    kengaytirgan. Ta’bir joiz bo‘lsa, insoniyat ta-rixida zo‘ravonlik bilan bo‘lsa-da, ikkinchi 
    globallashuvga asos sol-gan»,
    14
    deb yozadi. O‘rta asrlarda (1U-X1\0, X1U-XUP, XVIII, 
    XIX va XX asrlarda qam globallashuv jarayonining sodir bo‘lganligini ko‘ramiz. Insoniyat tarixiy 


    taraqqiyoti bosqichlarida sodir bo‘lgan turli «birlashtirishlar», «sivilizatsiyalar», «ma’rifatchilik» 
    qarakatlari globallashuv jarayonini yuzaga keltirgan. 
    Adolat yuzasidan aloqida ta’kidlash lozimki, muallif maqola-ni juda qiziqarli tarzda 
    aniq faktlar asosida yozgan va ushbu ma-qolaga munozara yuritishga arziydigan material sifatida 
    qarash noto‘g‘ri bo‘lmaydi. Ana shunday munozaraga arziydigan fikrlar-dan biri globallashuvning 
    eramizdan avvalgi IV asrda boshlangan-ligi va adabiyot bugungacha bo‘lgan davrda o‘z boshidan 
    globallashuv-ni kechirish natijasida taraqqiy qilganligi qaqida ilgari surilayotgan fikrdir. Bu erda 
    bizni munozaraga tortayotgan fikr glo-ballashuvning boshlangan davri adabiyotni ma’rifatning 
    global-lashuvi ta’sirida rivojlanayotganligidir. 
    Agar muallifning fikriga qo‘shiladigan bo‘lsak, adabiyot, san’-at va xalqlarning bir-
    biriga tabiiy ta’sir o‘tkazish jarayonida o‘zaro boyishni o‘zida ifoda ettiruvchi 
    baynalminallashuvning o‘rni qaerda qoladi? YOki bugun jahonda bir qator yuksak taraqqiy qil-
    gan mamlakatlarning barcha imkoniyatlarini ishga solib barcha xal-qlar uchun umumiy bo‘lgan 
    ommaviy madaniyatni shakllantirishga bo‘lgan qarakatlarini qam ijobiy baholash kerakmi? Ular 
    adabiyot, san’at, ommaviy axborot vositalari, kompyuter, internet va uyali telefon kabi zamonaviy 
    vositalar bilan yoshlar ongi hamda qalbi-ni «zabt» etish yo‘lida olib borayotgan siyosatlariga 
    qanday qara-moq kerak? Bu qo‘yilayotgan savollarga javob mazkur kitobning uchin-chi 
    paragrafida so‘z boradi va yana yuqorida fikr yuritilayotgan glo-ballashuvning boshlanish davri 
    va tushunchalar mazmuni xususida fikr yuritiladi. 
    Globallashuvning boshlanish davri bo‘yicha g‘arb olimlari qam turli fikrlarni ilgari 
    surib kelmoqdalar. Jumladan, R. Kobden va J. Brayt kabi olimlar globallashuv to‘lqinlarini 
    mamlakat-lar o‘rtasida erkin savdoning amalga oshuvi va uning natijasida iqtisodiyotdagi o‘sish 
    bilan bog‘laydilar qamda uning boshlanish davrini XIX va XX asr bilan chegaralaydilar. Ularning 
    fikricha, Britaniya o‘zining dengiz, industriya va moliyaviy qudrati bilan globallashuv to‘lqinining 
    birinchi bosqichi kafolati bo‘lgan. Ular globallashuvning ikkinchi bosqichi yoki tiklanishini 1970 
    yillar-ning oxirlarida informatika va telekomunikatsiyada sodir bo‘lgan inqiloblar asosida 
    boshlanganligini ta’kidlaydilar. 
    15
    Keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki, globallashuv erkin sav-doning boshlanishi va 
    uning natijasida iqtisodiyotdagi taraqqi-yot, informatika va telekomunikatsiya taraqqiyotida sodir 
    bo‘lgan in-qiloblar bilan bog‘liqdir. 
    Xullas, globallashuv tushunchasi va uning boshlanish davri qaqida turli fikrlar ilgari 
    surilishi davom etmoqda. Endi glo-ballashuvning internatsionallashuv va integratsialashuv 
    tushuncha-lari bilan munosabatlari ustida to‘xtalamiz. 
    Falsafa qrmusiy lug‘atida «Internatsionalizm, baynalmialchi-lik (lotlSHer - aro, payop 
    - xalq) - turli millat, irqdagi kishi-larning xalqaro birdamligini ifodalovchi tushuncha. Bu 
    tushuncha K. Marks tomonidan o‘ylab topilmagan, u tomonidan fikrga kiri-tilmagan, faqat sobiq 
    ittifoq davrida mutloqlashtirilgan edi...»
    16
    degan ma’lumot keltiriladi. To‘g‘ri, «internatsionalizm» 
    insoni-yatning ongli faoliyati boshlanibdiki, u tabiiy jarayon sifatida kechib kelmoqda. Ammo 
    uning xuddi shunday nomlanishi har doim ham bo‘lgan edi degan fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi. 
    Aslida, uning il-miy iste’molga kirib kelishi ishchilar sinfi tomonidan burjua-ziyaga qarshi 
    kurashdagi yakdillikni vujudga keltirish mafkurasi bilan bog‘liqdir. 
    «Integratsiya» tushunchasiga esa falsafa qisqacha izoqli lug‘ati-da quyidagicha ta’rif 
    keltiriladi: «Integratsiya (lotin, 1p1e8eg -to‘la, butun, buzulmagan, butunlik) - umumiyat, birlikka 
    erishishga yo‘naltirilgan jarayon yoki faoliyat natijasi»
    |7
    dir. Falsafa qomu-siy lug‘atida 
    «Integratsiya» (lotincha t1e§eg - butun): 1) ayrim qism va elementlarni bir butunga birlashtirish; 


    2) turli mamlakatlar-ning birlashmalari, tor doiradagi iqtisodiy-siyosiy guruqlar qo‘shilishi degan 
    ta’riflar uchraydi. Integratsiyaning shakllari ilmiy, siyosiy, madaniy, xalqaro va qokazo turlarga 
    bulib o‘rgani-ladi.
    |8
    Keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki, bu tushunchalarga ta’-rif berishda qatto 
    lug‘atlarda qam turli qarashlar mavjud. 
    Xullas, globallashuv tushunchasi va uning qolgan tushunchalarga nisbati, jarayon 
    sifatidagi o‘rnini ularga aniqlik kiritish yo‘li bilan bilib olish qamon o‘z echimini topmagan. 
    YUqorida ta’kidlanganidek, aksariyat ko‘pchilik falsafiy va si-yosiy tadqiqotlarda 
    globallashuv XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida kirib kelganligi haqidagi g‘oyalar ilgari 
    surilmoqda. Ularga qo‘shilgan qolda shuni aloqida ta’kidlash lozimki, xuddi ana shu davrda 
    insoniyat aql-zakovati yuksakka ko‘tarilish jarayoni sodir bo‘ldi. Natijada insonlar, millatlar, 
    xalqlar va mamlakat-larni o‘zaro majburiy ravishda bir-biriga bog‘lab qo‘yish, dunyoda sodir 
    bo‘layotgan turli soqalardagi yangiliklar, kashfiyotlarni da-qiqalar doirasida ommalashtirishga 
    xizmat qiladigan aloqa vo-sitalari - kompyuter, internet, uyali telefon va boshqalar xizmat ko‘rsata 
    boshladi. Buning natijasida dunyodagi barcha mamlakatlar-ning iqtisodiy jiqatdan yaqinlashuvi 
    tezlashdi. Bu jarayon qaqida turli soqalar bo‘yicha juda ko‘plab misollar keltirish mumkin. Ammo 
    eng asosiysi unda emas, balki globallashuv jarayon sifatida jahon taraqqiyotining barcha 
    bosqichlari uchun xosmi yoki yo‘qmi de-gan savolga aniq javob topishdir. Fikrimizcha, u jarayon 
    sifatida to XX asrning o‘rtalarigacha «integratsiya»ning «harakati» va uning ustuvor ta’sirida real 
    hayotda «ilg‘ab» olinmagan. Integratsiya in-soniyatning ongli faoliyati boshlanibdiki, doimo amal 
    qilib kelgan. Insonlarning bir-birlariga talpinib yashashlari, ularning o‘z tajribalarini almashishi, 
    bir-birlariga yordam ko‘rsatishlari va o‘zaro do‘stona munosabatlari, ularning o‘rtasidagi o‘zaro 
    integ-ratsiyalashuv (yaqinlashuv) jarayonlarning amal qilishni ta’minla-gan. Bu bir tomondan 
    tabiiy kechgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan har bir sub’ekt uchun umumiy taraqqiyotning hayotiy 
    zaruriyati sifati-da namoyon bo‘lib kelgan. Uchinchidan zsa integratsiyalashuvda tomon-larning 
    o‘zaro manfaatdorligi ham mavjud bo‘lgan. YA’ni undan bir tomon emas, balki bu jarayonda 
    qatnashgan barcha tomonlar manfa-at ko‘rganlar. 
    Globallashuv sharoitida tashqi aloqalar, xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojlanib, har 
    bir shaxsning ma`naviyati va intellektual salohiyatiga yangicha talablar qo`ymoqda. O`z 
    navbatida, O`zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to`laqonli a`zosi va uning ajralmas 
    qismi hisoblanadi. SHuning uchun ham bugungi kunda mamlakatimizda yuksak ma`naviyatli, 
    yuqori bilimli va xalqaro talablarga mos keladigan mutaxassislarni tayyorlashga alohida e`tibor 
    berilmoqda. Mamlakatimizda bunday mutaxassislarga bo`lgan talab kelajakda ham oshib boradi. 
    SHu bois yuksak ma`naviyatli shaxsni tarbiyalash, ularni xalqaro mezonlar asosida tayyorlash 
    ustuvor vazifalardan biriga aylanib bormoqda. 
    Globallashuv – bu butun jahon iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va 
    unifikatsiyalashuv (bir-birga yaqinlashuv) jarayonidir. Asosiy xususiyatlari xalqaro mehnat 
    taqsimoti, kapital, ishchi kuchi va ishlab chiqarish resurslarining erkin harakati, qonunchilik, 
    iqtisodiy va texnologik jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlarning 
    madaniyatining qo`shilish va yaqinlashuvidir. Bu obyektiv jarayon bo`lib jamiyatning barcha 
    sohalarini qamrab oluvchi tizimli xususiyatga ega. Zero biz A.Toynbi ta`biri bilan aytganda
    insoniyat,”umumiy uy”, “umumiy taqdir» va umumiy tashvishlar bilan yashashga 
    kiririshayotgan
    [9][5]
    , bir so`z bilan aytganda globallashuv deb atalayotgan jarayonlar sodir 
    bo`layotgan zamonda yashamoqdamiz. 
    SHunday ekan, milliy mafkurani takomillashtirish masalasi ham endilikda nafaqat 
    milliy, 
    balki 
    global 
    xarakter 
    ham 
    kasb 
    etadi. Lekin, 
    globallashuv 
    jarayoni 


    N.Jo`raev
    [10][6]
    to`g`ri qayd etganiday, hozircha faqat qandaydir mavhum ijobiy jihatlari 
    bilangina emas, balki ko`proq “hozirgi davr global muammolari”ni vujudga keltirgani bilan 
    xarakterlidir. Ko`pchilik mutafakkirlar bu davrni xatto global kriziz (bo`xron) davri deb 
    atamoqdalar. “XX asr krizisni kuchli his etish bilan boshlangan edi va shu hissiyot bilan poyoniga 
    etdi”,
    [11][7]
    - deb yozadi, masalan, rus faylasufi S.I.Dudnik. Darhaqiqat, globallashuv zamonaviy 
    jamiyatga ko`plab ijobiy jihatlar olib kirish bilan birga, insoniyat taraqqiyotidagi shunday pallani 
    ham o`zida aks ettiryaptiki, endilikda dunyo xalqlari vujudga kelayotgan muammolarga qarshi 
    yolg`iz kurasha olmaydi, ularni birgalikda hal qilish mumkin. 
    Globallashuvning salbiy oqibatlari asosan, quyidagi sohalarda namoyon bo`lmoqda: 
    ekologiya, sog`liqni saqlash, demografik, resurslar, axloq, oila, ta`lim-tarbiya, ma`naviy, 
    dunyoqarash va boshqalar shular jumlasidandir. Ayni shu ma`noda bugungi kunda eng yangi fani 
    sinergetika ham shu krizis holatini ifodalash uchun “global bifurkatsiya nuqtasi” degan maxsus 
    yangi tushunchani kiritgani, “katastrofalar nazariyasi”ni ishlab chiqqani bejiz emas. CHunki 
    S.P.Kapitsa, S.P.Kurdyumov, G.G.Malinetskiy ta`kidlaganlaridek, “Olimlar siyosatchilarning 
    qo`liga butun Planetadagi hayotni bir emas, birnecha necha bor yo`q qilish quvvatiga ega bo`la 
    oladigan qurollarni tutqazdilar, vaholanki, kelajakda ularni qanday yo`qotish va nima qilish 
    mumkinligini aniqlashga harakat qilmadilar..., ular energiyaning yangi manba`larini kashf etdilar 
    va emoqdalar, shuning bilan birga radioaktiv chiqindilar va yadroviy terrorizmdan qutulishday 
    juda jiddiy muammolarini ham vujudga keltirdilar..., ular odamlarga antibiotiklarni sovg`a qildilar, 
    ayni paytda, zararli mikroorganizmlarning tabiiy tanlanish jarayonini kuchaytirdilar.”
    [12][8]
    Oksford universiteti direktori, professor Nik Bostrom bu ishlarning salbiy oqibatlari 
    haqida o`ylab ko`rilmayotgani haqida shunday deydi: “Texnologik progressning tezlashuvi tufayli 
    insoniyat hozir o`z taraqqiyotining keskin burilish nuqtasga katta tezlik bilan yaqinlashib 
    kelayotgan bo`lishining ehtimoli katta. Insoniyatga yaxshi tanish bo`lib qolgan yadroviy xavfu 
    xatar yoniga endilikda nanotizimlar va mashina intellekti kabi sohalarning jadal rivojlana 
    boshlagan texnologiyalari misli ko`rilmagan o`z imkoniyatlari va xatarlari bilan qo`shilmoqda. 
    Bizning kelajagimiz, agar u bor bo`lsa, bizning ana shu jarayonlarga munosabatimizga bog`liq. 
    Hamon biz jadal rivojlanayotgan texnologiyalarga bog`liq ekanmiz, insoniyat jamiyatidan “post-
    insoniyat” (keyingi insoniyat) jamiyatiga o`tish dinamikasini yaxshi anglab etishimiz kerak. 
    Ayniqsa tuzoq qaerda joylashganini, muqarrar o`limga olib borishi mumkin bo`lgan yo`llarni 
    payqay bilishimiz zarur.”
    [13][9]
    Bir necha yillik tadqiqotlari natijasida A.CHumakov “Globallashuv ijtimoiy hayotning 
    barcha sohalarning, ma`naviy qadriyatlar, dunyoqarash yo`nalishlarini universallashuviga olib 
    kelishi bilan birga, an`anaviylik, o`ziga xoslik va madaniy xilma-xillikni saqlashni istisno 
    qilmaydi”
    [14][10]
    , - degan xulosaga keladi. Bunday davrda shaxs murakkab ijtimoiy muhit 
    sharoitida faoliyat ko`rsatishga majburdir. Inson yashayotgan zaminining, tinch va barqaror 
    kechirayotgan hayotining mohiyatini to`la anglashi, qadrlashi, ya`ni ijtimoiy muhitning obyekti 
    sifatida namoyon bo`lishi kerak. Globallashuv jarayonining hayotimizga tobora tez va chuqur kirib 
    kelayotganining asosiy sabablari xususida Prezidentimiz I.Karimov ta`kidlaganlaridek “...shuni 
    obyektiv tan olish kerak – bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin 
    va uzoq qo`shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas 
    bog`lanib borayaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib 
    kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas”
    [15][11]

    Global miqyosdagi muammolar ilmiy munozaralar predmeti sifatida XX asrning 60-
    70 yillarida jahon hamjamiyatida jiddiy qiziqish uyg`otgan. 1930 yillarda E.Lerua, Teyyar de 
    SHarden va V.I.Vernadskiylarning nazariyalarida insoniyat hamjamiyatning global mohiyati va 
    uning Erdagi yashash tarixi uchun mas`uldir, degan fikrlar ilgari surilgan. Keyinchalik bu 


    masalaga e`tibor bir muncha susaygani tashlanadi. 1970-80 yillarga kelib mazkur masalaga oid 
    tadqiqotlar jonlanganligi bizga ma`lum. Bugungi kunda globallashuv jaryonining jadallashuvi 
    o`zaro aloqadorlik va o`zaro ta`sir dialektikasi qonunlari asosida ilm-fan, madaniyat taraqqiyotiga 
    ta`sir o`tkazmoqdaki, bu o`z navbatida yoshlardagi ijtimoiy mas`ullik jarayoni zamonaviy ilm-fan 
    yutuqlari, texnika-texnologiya, xalqaro axborot almashinuvining jadal rivoji bilan o`zaro 
    aloqadorlikda yuzaga keladi. 
    Hozirgi kunda “globalistika” termini zamonaviy fan tilining ajralmas qismidir, ammo 
    uning ma`nosi haqida hanuz turlicha fikrlar bildirilmoqda. Ba`zilar bu yangi fan, u hali shakllanish 
    jarayonida, deb aytsalar, boshqalar ilmiy bilish integratsiyasi natijasi, deb bilib, o`ziga xos 
    fanlararo tadqiqotlar sohasi, deb tan olmoqda
    [16][12]

    Globallashuv jarayoni kuchayib borayotgan hozirgi dunyoda davlatning raqobat 
    shartlariga tez moslashuvi uning muvaffaqiyatli va barqaror rivojlanishining asosiy ustunligi – 
    ta`lim tizimining holati bilan aniqlanadigan, shaxsni ma`naviy rivojlantirish imkoniyatlari 
    mavjudligi bilan bog`liq. Davlatning bugungi va istiqbolidagi barqaror iqtisodiy o`sishini 
    ta`minlovchi omillar aynan ta`lim sohasi rivojlanishiga bevosita bog`liq. SHu sababli 
    mustaqillikning ilk yillaridanoq iqtisodiyotni tubdan isloh qilish jarayonida ta`lim sohasida 
    jahonda munosib o`rinni egallashga qaratilgan yangi uzluksiz ta`lim tizimini yaratish va 
    rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Bu borada alohida ahamiyat kasb etadigan siyosiy 
    globallashuv davlatlarning siyosiy tuzilishini, xalqlar va mintaqalar o`rtasidagi siyosiy 
    aloqalarning kengayishini, o`zaro bog`liqligini ifodalaydi 
    va oxir-oqibat, ularning 
    unifikatsiyalashuviga olib keladi. Bunda o`ziga xos siyosiy munosabatlar ko`lamiga ko`ra global 
    va barcha davlatlarning ichki tuzilishi bir tarmoqqa ulanib ketishi kuzatiladi. Bu jarayonda milliy 
    davlatchilik suverenitetiga xavf tug`dirishi mumkin bo`lgan bir qancha holatlar mavjud. Ular 
    qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 
    Birinchidan, jahon siyosiy sahnasida transmilliy korporatsiyalar, nodavlat hamda 
    xalqaro tashkilotlar, xalqaro kapital kabi yangi qudratli siyosiy subyektlar shakllanmoqda. Ular 
    siyosatning an`anaviy subyekti — milliy davlatchilik suverenitetining ikkinchi darajaga tushib 
    qolishiga sabab bo`lmoqda. 
    Ikkinchidan, globallashuv xalqaro huquq asoslariga sezilarli ravishda ta`sir etyapti. Bu 
    esa davlatlarning o`z hududida huquqiy suverenitetidan qisman ayrilishiga olib kelmoqda. 
    Natijada milliy davlatlarning nafaqat tashqi, balki ichki siyosiy masalalarini mustaqil echish 
    imkoniyatlari chegaralanmoqda. Ma`lum bir davlatning ichki siyosatini tashkil etadigan muammo 
    (ichki ixtilof, siyosiy kurash, saylov jarayonlari va boshqalar) bugungi kunga kelib, global 
    ahamiyat kasb etib boshqa davlatlarning manfaatlariga ham daxldor bo`lib qolmoqda. 
    Uchinchidan, kishilar ongida davlatchilik suvereniteti asosini tashkil etuvchi hududiy 
    omil globallashuv samarasi o`laroq, o`zining an`anaviy ahamiyatini yo`qotmoqda va tabiiy 
    ravishda davlat hokimiyati mavqeiga ham putur etmoqda. Boshqacha aytganda, milliy chegaralar 
    tobora shaffoflashib bormoqda. 
    To`rtinchidan, butun dunyo bo`ylab bir qator g`arb davlatlari rahnamoligida 
    "demokratiyalashuv" jarayoni jadallashmoqda va buning natijasida ayrim davlatlarning o`ziga xos 
    demokratik taraqqiyotiga chetdan kuchli ta`sir o`tkazilyapti. YA`ni, bu jarayondan o`z manfaatlari 
    yo`lida foydalanishga urinayotgan globalizm g`oyasi asoschilari boshqa mamlakatlarning siyosiy 
    boshqaruv tizimini o`z qo`llariga olishga urinmoqdalar. Misol uchun, MDHga a`zo bir qator 
    davlatlarda 2005 yilda yuz bergan "inqiloblar", siyosiy globallashuv mahsuli bo`lib, ushbu jarayon 
    asoratlarining qanchalar xavfli ekanligidan darak beradi. Ushbu voqealar shundan dalolat beradiki, 
    yuksak taraqqiy etgan mamlakatlar boshqa davlatlarning suvereniteti va ichki ishlariga 


    aralashmaslik printsipini pardalangan shaklda buzmoqda. Bunda siyosiy globallashuv 
    jarayonining yana bir mahsuli – nodavlat tashkilotlarning resurslari va nufuzidan tashkiliy niqob 
    sifatida foydalanish dunyo bo`ylab keng tarqalmoqda. Ayni shu ma`noda A.V.Buzgalin 
    “Globallashuv siyosatga ta`siri kuchli bo`lib, havfsizlik va iqtisod sohasida davlatlarning bir-biriga 
    tobeligini kuchaytirib, har birining jahon sahnasidagi ustuvor jihatlarining chuqur o`zgarishiga 
    olib keladi. Tashqi siyosiy vositalar arsenaliga boshqacha nuqtai nazardan qarashga majbur qilib, 
    jahon siyosatining tadrijiylashish jarayonining tezlashib ketishiga olib keladi”
    [17][13]
    , - deb yozadi. 
    Globallashuv fenomeni obyektiv va ochiq ekanligini hisobga olinsa uning turli 
    muqobillarda namoyon bo`lishi tabiiy tus oladi. SHunday ekan globallashuv jarayonining biror-
    bir aspektini mutlaqlashtirib, unga mutlaq ijobiy yoki mutlaq salbiy jarayon sifatida qarash 
    nojoizdir. O`z navbatida nemis sotsiolog olimi U.Bek “SHubhasiz, globalizatsiya eng ko`p 
    qo`llaniluvchi va eng ko`p suiste`mol qilinuvchi va eng kam o`rganilgan, ehtimol tushunarsiz 
    mavhum, siyosiy jihatdan samarali so`zdir (bahs-munozarada kuchli qurol, shior)”
    [18][14]
    , - deb 
    yozadi. 
    Globallashuv jarayonida axborot olishning tezlashuvi, shuningdek, internet orqali 
    uzatiladigan turli yangiliklarni ijobiy va salbiy jihatlarini tahlil qilish masalalarini e`tibordan 
    chetda qoldirmaslikni taqozo etadi. Masalan, globallashuv haqida 1998 yilda Nobel mukofotini 
    olgan Portugaliyalik yozuvchi J.Saramagu: “Men antiglobalistik harakatlar tarafdoriman. CHunki 
    menga hozir sayyoramizda keskin tezlikda shakllanayotgan tartib, nizom yoqmaydi” - degan 
    bo`lsa, J.Soros “globallashuvning shuncha kamchiliklariga qaramay, men uning rashkchi 
    tarafdoriman. Men uni qo`llab-quvvatlashim sababi nafaqat u beradigan qo`shimcha boyliklar, 
    balki u odamlarga berishi mumkin bo`lgan erkinlik sababli hamdir”
    [19][15]
    , - deb yozadi. 
    Umuman olganda, globallashuv murakkab va serqirra jarayon bo`lib, uni turli 
    mamlakatlar hayotiga o`tkazayotgan ta`siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining 
    iqtisodiy, ma`naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog`liq. Dunyoda yuz berayotgan 
    shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga o`tkazayotgan salbiy ta`sirini kamaytirish va ijobiy 
    ta`sirini kuchaytirish, davlatlar kelajagini belgilab beruvchi asosiy omil bulib qolmoqda. 
    Globallashuvning asosiy ko`rinishlari, tendentsiyalari va oqibatlari tevaragidagi 
    munozaralar so`ngi yillarda nafaqat jonlandi, balki qizg`in tus olmoqda. Bugun nafaqat bir 
    davlatda, balki butun dunyoda bir-biriga qarshi kurash olib borayotgan "globalistlar" va "anti 
    globalistlar"ga ajraldi. Ayrim olimlar globalizatsiyani farovon turmush, tanlash huquqi va yanada 
    ko`prok erkinlik, ya`ni ko`chib yurish, to`liq axborot olish, ko`proq xaq to`lanadigan joyda ishlash, 
    eng yaxshi universitetlarda ta`lim olish erkinligi bilan bog`lasalar, boshqalar uchun esa 
    globallashuv insoniyatga tahdid soluvchi, global isish, atrof muhitning ifloslanishi, nazoratsiz 
    migratsiya omillarining vujudga kelishi, ishsizlarning ko`payishi, an`anaviy qadriyatlarga putur 
    etishi kabi muammolarni tug`diruvchi jarayon sifatida baholamoqdalar. Bizning nazarimizda, 
    globallashuv, eng avvalo, taraqqiyot sur`atlarining tezlashuvi orqali butun insoniyat yalpi Er shari 
    taqdirini birlashtirayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma`naviy-axloqiy, madaniy-ruhiy hodisa 
    sifatida o`zini namoyon etayotgan bir paytda, uning yaxlit mohiyatining ijtimoiy-falsafiy jihatdan 
    tadqiq etishni taqozo etmoqda. Ayni shu nuqtai-nazardan qaraganda, globallashuv odamlar orasida 
    ma`lum bir universal va umumhajmli aloqani o`rnatishni nazarda tutadi. 
    Globallashuv tushunchasi uning ma`no mazmuni va insoniyat taraqqiyotdagi o`rni 
    masalasiga qiziqish ortib bormoqda. Globallashuv jarayoni er yuzidagi mamlakat va xalqlarni shu 
    darajada uzviy bog`lab qo`ymoqdaki bu ni bashariyat tarixida shu paytga qadar hech qaysi vosita 
    amalga oshira olmagan. Bu jarayon shunchalik kuchayib bormoqdaki hozirdanoq dunyoning biron 
    bir hududi uning ta`siridan hali qolayotgani yo`q. O`tgan asrning oxirlarida paydo bo`lgan 


    globallashuv atamasi jahon mamlakatlari iqtisodiy va ma`naviy hayotining yalpi umumlashib 
    borayotganini ifoda etar edi. Globallashuv shunday jarayonni undan chetga turaman degan 
    mamlakatlar uning ta`siriga ko`proq uchrab qolishi mumkin. Bunday g`ayri ixtiyoriy ta`sir esa 
    ko`pincha salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Mustaqillik davrida mamlakatlarimiz olimlari 
    o`tkazgan va o`tkazayotgan tadqiqotlar tahlili bu sohadagi ishlar endigina boshlanayotganidan 
    darak beradi. 
    Globallashuvga berilgan ta`riflar juda ko`p lekin uning xususiyatlarini to`laroq qamrab 
    olagani, bizningcha frantsuz tadqiqotchisi B. Bandi bergan ta`rifdir. Unga globallashuv 
    jarayonining uch o`lchovli ekaniga urg`u beriladi. 
    Globallashuv - muttasil davom etadigan tarixiy jarayon. 
    Globallashuv - jahonning gomogollashuvi va universallashuvi jarayoni 
    Globallashuv - milliy chegaralarning yuvilib ketish jarayoni. 
    Bu ta`rifga keltirilgan globallashuv o`lchovlarining har o`lchashga nisbatan ham 
    muayyan e`rozlar bildirishi mumkin. Lekin jahonda yuz berayotgan jarayonlarni kuzatsak ularning 
    har o`lchovi ham unda mavjud ekanini ko`ramiz. Globallashuv tarafdorlari globalistlar deb ataladi. 
    Ular orasida davlat arboblari siyosatdonlar, sanoatchi va biznesmenlar ko`proq uchraydi. 
    Rossiyada bo`lib o`tgan Aksilgloballashuv sektorlari anjumanidagi ma`ruzasi A. 
    Parshovil fikricha globallashuvnnig asosiy mazmuni boshqa mamlakatlarga ishlab chiqarilgan. 
    O`tgan asrning oxirlarida paydo bo`lgan "globallashuv" atamasi jahon mamlakatlari 
    iqtisodiy va moliyaviy hayotining yalpi umumlashib borayotganini ifoda etar edi. Bugungi kunga 
    kelib esa u keng qamrovli tushunchaga aylandi. U davlatlar va xalqlar hayotining barcha sohalarida 
    yalpi umumlashuv jarayonini anglatmoqda. Garchand globallashuv jarayoni birdaniga paydo 
    bo`lib qolmagan, balki inson yaralgan paytdan boshlab sodda va tabiiy shaklda davom etib kelgan 
    bo`lsada, hozirgi vaktda insonning o`z manfaatlari yo`lida tabiiy rivojlanish jarayoniga 
    zo`ravonlarcha aralashuvi natijasida shiddatli ravishda tezlashib ketdi. 
    Albatta, bir tomondan qaraganda, bu jarayonning ijobiy jihatlari ham yo`q emas. 
    Chunonchi, ko`pgina mamlakatlarga fan-texnika, texnologiya yutuklarining jadal kirib kelishi 
    globallashuv tufayli. Bu esa ularning iqtisodiy hayoti rivojiga, xalqlar turmush darajasining 
    ortishiga ijobiy ta`sir ko`rsatmoqda. Shu tariqa bashariyatning umumiy intellektual salo-hiyati 
    yuksalishiga yordam bermoqda. 
    Ikkinchi tomondan, globallashuvning salbiy oqibatlari ham ko`zga yaqqol 
    tashlanmoqda. Jumladan, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o`rtasida iktisodiy 
    tafovutlarning kuchayishi, ayniqsa, zamonaviy telekommunikatsiya, komp`yuter, internet 
    vositalari orkali biron bir hududga xos milliy-ma`naviy qadriyatlarni o`zga xalqlarga singdirish va 
    shu yo`l bilan jahonda nafaqat iktisodiy, balki milliy-ma`naviy hukmronlikni o`rnatishga urinish 
    hollari ham kuzatilmoqda. Bu jarayon XXI asrga kelib XX asrdagiga Karaganda ham keng qamrov 
    kasb etdi, ta`sir imkoniyatinm oshirdi, eng yomoni, ko`pgina rivojlangan mamlakatlar jahonda 
    iqtisodiy integratsiyani kuchaytirish, fan-texnika, texnologiya, ta`lim sohasida rivojlanayotgan 
    mamlakatlarga yordam berish, demokratik qadriyatlarni keng yoyish bahonasida milliy-ma`naviy 
    ta`sir o`tkazishga harakat qilmokda. SHu jihatdan qaraganda, globallashuv jarayoni endigina 
    rivojlanish yo`liga kirgan yoki rivojlanayotgan mamlakatlardan ko`ra yuksak taraqqiy etgan 
    davlatlar manfaati uchun ko`proq xizmat qilmoqda. Qudratli davlatlar, ulkan imkoniyatlariga 
    tayangan holda, kam taraqkiy qilgan mamlakatlarning moddiy resurslarini o`zlashtirmokda, 


    bozorlarini egallamokda. Bu esa iktisodiy zaif mamlakatlarning taraqqiyot borasida mustaqil yo`l 
    tutish imkoniyatlarini cheklab ko`yayotir. CHunki ishlab chiqarishni tashkil kilish va amalga 
    oshirish uchun zarur texnika, texnologiya hamda ilmiy ishlanmalar rivojlanayotgan 
    mamlakatlarning o`zida tayyorlanmay, chetdan olib kelinmoqda. SHu tariqa rivojlanayotgan 
    mamlakatlar yuksak taraqqiy etgan mamlakatlarga bog`lanib qolishga, 

    yana ham aniqrog`i, 
    qaramlikka mahkum bo`layotir. Boshqacha aytganda, globallashuv bosqinchilikning yangi bir 
    shaklini boshlab bermoqda. 
    Siyosiy fandagi modernizatsiya, vesternizatsiya, universalizatsiya kabi globalizatsiya 
    ham universal definitsiyaga ega emas. Bu fenomen olimlar va fan arboblari tomonidan turlicha 
    talqin etiladi. SHunga qaramasdan ular mohiyatan yagona mazmunni anglatadi, ya`ni globallashuv 
    frantsuzcha «umumiy» degan ma`noni anglatib, butun insoniyat hamjamiyatining o`zaro iqtisodiy, 
    siyosiy, ijtimoy va madaniy aloqalarini qamrovchi jarayon sifatida talqin etiladi. 
    Ilmiy adabiyotda globalizatsiya jarayoni haqida dastlab amerikalik olimlar fikr 
    yuritishgan deb qabul qilingan. «Globalizatsiya» terminini birinchi bo`lib T.Livettu o`zining 1983 
    yilda nashr etilgan «Garvard biznes rev`yu» maqolasida qo`llagan bo`lib, unda globallashuv yirik 
    transmilliy korporatsiyalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qo`shilish fenomeni 
    sifatida qaralgan. 
    Garvard biznes maktabi maslahatchisi yapon Kenichi Omae o`zining 1990 yilda nashr 
    etilgan «CHegarasiz dunyo» asarida ushbu terminga kengroq ta`rif beradi. Uning fikricha, kishilar, 
    firmalar va bozorlarning ahamiyati tobora oshib, davlatning nufuzi qisqarib boradi. Globallashuv 
    erasida barcha xalqlar va jarayonlar global bozorning ta`siriga tushadi, an`anaviy davlat esa 
    o`zining tabiiyligini yo`qotib biznesdagi hamkor sifatida yaroqsiz bo`lib qoladi. Xalqaro iqtisodiy 
    sahnada asosiy harakatlanuvchi subyektlar sifatida global firmalar qoladi. 
    M.YU.CHernavskiyning fikricha, ushbu fenomen uch xil ma`noda tushunilishi 
    mumkin. Birinchidan, kishilar, davlatlar va madaniyatlar o`rtasidagi o`zaro aloqalar hududining 
    kengayib borishi sifatidagi tarixiy jarayon sifatida. Ikkinchidan, dunyoning siyosiy-iqtisodiy va 
    madaniy bir xillikka tomon harakati sifatidagi umumiylik va gomogenizatsiya jarayonlarining 
    kuchayishi natijasida ro`y beradigan dunyoning universallashuvi sifatida. Uchinchidan, o`zaro 
    iqtisodiy munosabatlar sohasida milliy chegaralarning shaffoflashib borishi sifatida.
    [20][148]
    SHuningdek, M.YU.CHernavskiy globalizatsiya hodisasini modernizatsiya mahsuli 
    sifatida qaraydi. Uning fikricha, Sovet Ittifoqining «amerikanizatsiya» loyihasiga qarshi qo`llagan 
    modernizatsiya loyihasi keyinchalik globalizatsiya nomini oldi. Boshqacha aytganda, 
    globalizatsiya sotsialistik modernizatsiya loyihasi inqirozining qonuniy oqibatidir. 
    YAna bir rus olimi Rossiya strategik tadqiqotlar markazi rahbari o`rinbosari, tarix 
    fanlari doktori Mixail Muntyanning fikricha, globalizatsiya hodisasiga ilmiy jihatdan aniq va 
    mazmunli qarash asosan globallashuv jarayonini fan texnika inqilobining informatsion bosqichi 
    va uning dunyo iqtisodiy, moliyaviy, telekommunikatsion, transport tizimlari rivojiga real ta`siri 
    bilan bog`lovchi olimlarning ishlarida uchraydi. 
    Ular globallashuv tushunchasini jamiyatning informatsion bosqichdagi xalqaro 
    rivojlanishning asosiy yo`nalishi sifatida taqdim etadilar. Ularning fikricha, Internet va butun 
    dunyoni qamrab olgan turli xil transmilliy tashkilotlar, korporatsiyalar va harakatlar globallashuv 
    jarayonining ramziy timsollari hisoblanadi. 


    YAna bir o`rinda globallashuvning quyidagi ta`rifi keltiriladi: «Globallashuv-mavjud 
    global jarayonlarni boshqarish maqsadida davlatlarning va xalqaro tashkilotlarning keng qamrovli 
    aloqalari va hamkorliklari tizimidir». 
    SHu o`rinda ta`kidlash lozimki, globallashuv va global rivojlanish tushunchalari bir-
    biridan farq qiladi, zero global rivojlanish butun dunyo miqyosida sodir bo`layotgan, inson 
    faoliyati natijasida ro`y berayotgan va insoniyat taraqqiyoti uchun tizimli ahamiyatga ega bo`lgan 
    siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik, informatsion, psixologik o`zgarishlar majmuasidir. 
    YUqoridagilardan ko`rinib turibdiki, globallashuv jarayoni ko`p qirrali va xilma-xil 
    ta`rifli hodisadir. 
    Globallashuv erkin xalqaro savdo gimnining «muallifi» hisoblanadi. Globallashgan 
    iqtisod butun dunyoda farovonlik darajasini oshirish, shuningdek, ijtimoiy sohadagi muammolarni 
    likvidatsiya etishda eng samaralidir. Xattoki, atrof-muhitni muhofaza qilish borasida ham erkin 
    savdo tufayli ijobiy natijalarga erishish mumkin, chunki kuchli raqobat bosimi resurslarga 
    ehtiyotkorona munosabatni shakllantiradi va tabiat bilan munosabatda oqilonalikka majbur etadi. 
    Eng asosiysi bu jarayon shaxs rivojlanishiga olib keladi. Sababi texnologiya yangi turlarining kirib 
    kelishi, ishlab chiqarish usul va vositalarining takomillashishi intellektual jihatdan salohiyatli 
    kadrlarga ehtiyojni vujudga keltiradi. Natijada kishilarda yangiliklarni o`zlashtirish va intellektual 
    salohiyatni oshirishga etarlicha impul`s beriladi. Kuchli raqobat ularni o`z-o`zlarini 
    takomillashtirishga va mavjud sharoitga moslashishga majbur etadi. Nihoyat bu butun jamiyatda 
    intelektning yuksalishiga olib keladi. 
    Bundan tashqari globallashuvning demokratizatsiya, informatizatsiya kabi jarayonlari 
    jamiyat rivojida alohida ahamiyatga ega. Jumladan, demokratizatsiya jarayonida sotsiumning 
    elementlari ierarxiyasida jiddiy o`zgarishlar ro`y beradi. Ushbu ierarxiya quyidagicha strukturaga 
    ega bo`ladi: shaxs-jamiyat-davlat. Bunda davlat shaxs va jamiyat manfaatlarini ta`minlovchi 
    instrument vazifasini o`taydi. Jahon arenasida o`z nufuziga ega bo`lishni istagan har qanday davlat 
    ushbu ierarxiyaga amal qilishi lozim. 
    Informatizatsiya jarayoni ham shaxs rivojida muhim ahamiyatga ega. Bunda shaxs 
    o`zining axborotga bo`lgan ehtiyojini etarli darajada qondiradi. SHuningdek u ham informatsiya 
    resursiga ega bo`ladi, ham dunyoqarashini zamonaviy talab darajasida shakllantiradi. 
    Ammo yuqoridagi ijobiy xususiyatlariga qaramasdan globallashuv hodisasi uchinchi 
    dunyoda negativ qabul qilinadi. Jumladan, AQSH professori (asli afrikalik) Dennis Brutusning 
    fikricha, globalizatsiya «profits before people», ya`ni «foyda insondan muhim» printsipi asosida 
    harakat qilmoqda. Uning bahosiga ko`ra, globalizatsiyaning tarqalishi bilan ijtimoiy hayotda inson 
    qadri yo`qoldi, pul axloq ustidan hukmronlik o`rnatdi
    [21][149]
    Professor Mbeki globalizatsiya jarayonini antidemokratiya maqsadidagi biznes deb 
    ataydi. Uning fikricha globalizatsiya kelishi bilan biznesning moliyaviy shaffofligi to`liq yo`qoldi 
    va oylik maoshlar qisqardi. U o`zi bilan g`arb qulchiligining yangi shaklini olib keldi. Bunday 
    qulchilikning xarakterli xususiyati shundaki, unda «xo`jayin» shaxssizlashadi.
    [22][150]
    YAna bir antiglobalist, Kairdagi Amerika universiteti professori Arui Mafele 
    globallashuvni «Butun dunyo kapitalistlari birlashing!» shiori ostida ro`y berayotganligini 
    ta`kidlaydi. Uning fikricha, globallashuv tabiiy jarayon emas, balki u siyosiy boshqariladi. 
    Globallashuvning asosiy raqibi- bu milliy oppozitsiyadir.
    [23][151]



    Download 425.06 Kb.
      1   2   3




    Download 425.06 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy

    Download 425.06 Kb.
    Pdf ko'rish