O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy




Download 425.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana20.09.2023
Hajmi425.06 Kb.
#82924
1   2   3
Bog'liq
Iqtisodiy xavfsizlik
Words list, 4-lb, MAY OYI OCHIQ DARS, Boshlang’ich sinflarda matеmatikadan amaliy ishlar va ularni tashkil qilish mеtоdikasi, 4-klass matem, 5-sinf-matematika-ochiq-dars-ishlanma, 9-KLASS TEST, MAQALA mashinopis , Annotatsiya Aynura , 392-Article Text-1626-1-10-20201128, G.Rasulov, 412222, 07.08.2023 10-32-56, 1666585509
Globallashuv davrlari 
Ta`riflardan birida globallashuv Er kurrasi bo`ylab yoyilayotgan kommunikatsiya va 
ayirboshlash tarmoqlar orqali va ular tufayli mintaqaviy xo`jaliklar, jamiyatlar va madaniyatlar bir 
biri bilan yaqinlashib, bir biriga singib ketganligini ifoda etadi, deyiladi. F.Tolipovning “global 
taraqqiyot deganda biz kishilar hamjamiyatlarining hayotiy faoliyati natijasida jahon miqyosida 
sodir bo`layotgan va butun insoniyat taraqqiyoti uchun tizimiy ahamiyatga ega siyosiy, iqtisodiy, 
ijtimoiy, madaniy, ekologik, psixologik o`zgarishlar majmuini tushunamiz”
[27][131]
, degan ta`rifi 
globallashuvning asosiy jihatlarini qamrab oladi, deb hisoblaymiz. 
Globallashuv alomatlari qadim zamonlardan beri kuzatiladi. Qadimgi va o`rta asrlar 
imperiyalari tarix qatlarida qolib qetgan bo`lsa-da, o`sha davrlardagi globallashuv tamoniga 
bo`lgan siljishlar saqlanib qoldi. Bunga bir misol Ipak yo`li bo`lsa, boshqa misol sifatida 
CHingizxon imperiyasida barpo etgan pochta xizmatini ko`rsatish mumkin. Ammo xususiy, tor 
ma`noda globallashuv, deb eng oxirgi davr yuritiladi. Bugun o‘zini yorqin namoyon qilayotgan 
globallashuv bir necha asrlik ildizlariga ega. XV-XVII asrlardagi geografik kashfiyotlar ko‘plab 
mamlakatlar va mintaqalarning xalqaro savdo doirasiga tortilishiga, sanoat revolyusiyasi esa 
umumiy aloqalarning yanada kuchayuvi, keng qamrab kasb etishiga iqtisodiy zamin yaratgan edi. 
Keyingi davlarda bunday munosabatlar yanada chuqurlashib bordi. XX asr boshlariga kelib yangi 
sifatiy xarakter kasb etgan va ijtimoiy xayotning barcha sohalarini qamrab olgan mazkur jarayon 
globallashuv tushunchasi orqali ifodalana boshlandi. Jumladan, globallashtirish jarayonlari antik 
davrdan buyon yoki boshqa variantlarda, dastlabki jahon bozorlari yoki yaxlit jahon xo’jaligi 
yuzaga kelgan vaqtlardan e'tiboran rivojlanib kelayotgani to’g’risidagi tasdiqni ham uchratish 
mumkin. Siyosiy kon'yunktura mahalliy Markazi direktori V.Fedorov
[28]
 Globallashtirish butun 
dunyo – tarixiy jarayon sifatida XVIII asr boshlaridan e'tiboran yuzaga kelgan deb hisoblaydi. 
Umuman olganda, xalqlar va ularning davlat tuzilmalari o‘rtasida har doim ma’lum 
aloqalar 
yuz 
berib 
kelgan. 
lekin 
ayrim 
olimlarning fikricha, globallashuv buyuk geografik kashfiyotlar natijasida va 
Yevropa madaniyati ta’sirida xvi asrdan boshlangan. kishilar kemalarda dunyoning ko‘p 
joylariga suzib bora boshlagan. lekin bu jarayon ko‘pchilikning hisoblashicha, xx asrda dunyoviy 
ko‘lam 
kasb 
etib 
o‘z 
yakuniga 
yetgan. 
Agar uning birinchi davri (xvi–
xvii asrlar)da mamlakatlar o‘z-o‘zicha yetarli holatda bo‘lgani uchun ular o‘rtasidagi 
jarayonlar kuchsiz kechgan, xix asrda esa dunyoviy yaxlitlikka erishilmagan bo‘lsa-
da, davlatlar o‘zaro keng aloqalarga kirishganki, bularning 
natijasi globallashuvni kuchaytirmasligi mumkin emasdi. uchinchi davr – xx asrda yuz bergan 
tarixiy voqealar 1929–1933-yillardagi jahon iqtisodiy krizisi, ii jahon urushi, davlatlar valuta 
aloqalaridagi oltin standartining tanazzuli, isroilning qo‘shni arab davlatlariga navbatdagi 
tajovuziga javoban neftga boy arab davlatlarining yoqilg‘i narxini oshirgani natijasida 1973–
1974-yillardagi inqiroz, sovet 
davlatining barham topishi, «sotsialistik hamdo‘stlik» 
mamlakatlarida 
tinch kechib, tuzum tabiatini o‘zgartirgan voqealar va boshqalar 
globallashuv ko‘lamini yaqqol ko‘rsatdi. 
Globalizatsiya 19-asrining 60-yilaridan boshlab yonqin namoyon bo`ldi. Boshqa 
fikrlarga ko`ra globalizatsiya 19-asrning oxirida boshlanib, o`tgan asrning oxirgi choragida 
jadallashdi.
[29][132]
Globallashuv transmamlakat korporatsiyalarining tez sur`atlar bilan kengayishi 
ortidan xo`jaliklarning “o`sish-yo-o`lish” dinamikasini ifoda etuvchi sistemik tendentsiyaning 


natijasidir, degan fikr bildirilgan.
[30][133] 
O`z navbatida bu tendentsiya trasmamlakat 
korporatsiyalarning jadal o`sib borishi bilan bog`liqdir. Iqtisodiy kontekstda globallashuv tovarlar, 
sarmoya, xizmatlar va ishchi kuchi oqimini osonlashritish maqsadida davlatlar chegaralaridagi 
to`siqlarni bartaraf qilish yoki sezilarli darajada pasaytirishni anglatadi. Tor ma`nodagi 
globallashuv savdo-sodiq, bevosita chet el investitsiyalari, kapital oqimi, migratsiya orqali 
mamlakatlar xo`jaligining bir internatsional xo`jalikka intregrallashuvni anglatadi. Keng 
ma`nodagi globallashuvga g`oyalar, tillar va ommabop madaniyatning mamlakatlararo 
almashinuvi hamroh bo`ladi. 
O`zbekiston globallashuv jarayonidan chetda qolmadi. Ipak yo`lining bir necha 
marshruti hozirgi O`zbekiston eridan o`tgan, Samarqand va Buxoro Ipak yo`lidagi yirik savdo 
markazlari sifatida jahonga tanildi. Hozirgi O`zbekiston eri xalqaro tijorat yo`llarining chorrahasi 
sifatida o`z ahamiyatini kech o`rta aslargacha saqlab keldi. Ushbu globallashuv natijasi o`laroq 
Markaziy Osiyo erlarida ma`naviy sohada diniy tolerantlik, ilm-fanga charqoqlik vujudga kelgan, 
islom diniy tafakkuri va grek falsafasi kirib kelgan bo`lsa, xo`jalikda ipakchilik va paxtachilik 
rivojlandi, muayyan mahsulot ekport qilindi. Salbiy oqibatlar ham yo`q emas edi – “miyalar sizib 
ketishining” ilk ko`rinishlari, yalpi ichki mahsulotning bir qismi markazga to`lov sifatida olib 
ketilishi, masalan. 
Rossiya istilosi bilan globallashuv jadallalashdi va boshqa yo`nalish oldi. Turkiston 
oykumenasi deformatsiyaga uchradi. Iqtisodda paxtachilik va ipakchilik ko`lami oshgan, temir 
yo`llar va shular asosida paxtaga dastlabki ishlov berish, mexanik ishlab chiqarish paydo bo`lgan 
bo`lsa, turmush tarziga Yevropacha unsurlar kira boshladi va ko`payib bordi. Ma`naviy sohada 
ta`lim tizimini isloh qilish g`oyalari, yangi usul maktablari, dramaturgiya janri, teatr yuzaga keldi. 
Siyosiy sohada konstitutsiyaviy monarxiya, imperiya tabaalarining millati, dinidan qat`i nazar 
tenghuquqligi g`oyalari muhokama qilina boshladi.
[31][134]
Mustaqillik O`zbekiston uchun 
oykumenani kengaytirib xalqaro munosabatlarning to`laqonli qatnashchisiga aylanishga imkon 
yaratdi, respublika BMTga, ko`pchilik xalqaro shartnoma, konventsiya, ularga qo`shimcha 
protokollar va hokazolarga a`zo bo`ldi. 
Xulosa o`rnida aytish joizki, globallashuv jarayoni zamonaviy fenomen sifatida o`z 
vazifasini qanday yo`l bilan bo`lsa ham ado etmoqda. Albatta, bunda ba`zi ma`lum va noma`lum 
(globallashuv bayroqdorlari ham deyish mumkin) kuchlar bu jarayonni sun`iy tezlashtirsalar ham 
yoki manfaat ko`rsalar ham yuqorida keltirilgandek millatlar ma`naviyati, mentaliteti, o`zgarishi 
yoki mustahkamlanishi, o`ziga xosligini saqlab qolishi qaysidir ma`noda mamlakatning o`ziga 
bog`liq bo`lib qoladi. 

Download 425.06 Kb.
1   2   3




Download 425.06 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy

Download 425.06 Kb.
Pdf ko'rish