O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy




Download 425.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana20.09.2023
Hajmi425.06 Kb.
#82924
1   2   3
Bog'liq
Iqtisodiy xavfsizlik
Words list, 4-lb, MAY OYI OCHIQ DARS, Boshlang’ich sinflarda matеmatikadan amaliy ishlar va ularni tashkil qilish mеtоdikasi, 4-klass matem, 5-sinf-matematika-ochiq-dars-ishlanma, 9-KLASS TEST, MAQALA mashinopis , Annotatsiya Aynura , 392-Article Text-1626-1-10-20201128, G.Rasulov, 412222, 07.08.2023 10-32-56, 1666585509
Albatta globallashuv jarayonining salbiy oqibatlaridan ko`z yumib bo`lmaydi. 
Ayniqsa uning madaniy standartizatsiya, informatizatsiya va qadriyatiy universalizatsiya 
jarayonlari milliy identifikatsiya krizisini keltirib chiqaradi. Ammo bunday salbiy holatlarni oldini 
olishning samarali yo`li bu- ushbu jarayonning faqatgina ta`sir obyekti emas, balki subyektti ham 
bo`lishdir. Bugungi kunda ayrim davlatlarni hisobga olmaganda dunyoning deyarli barcha 
mamlakatlari globallashuvning obyekti hisoblanadi. Masalan, YAponiya ushbu jarayonning ham 
obyekti, ham subyekti. U globallashuvning obyekti sifatida G`arb qadriyatlarini o`zlashtirib, 
subyekt sifatida ularni adaptatsiyalashgan ko`rinishda Osiyoning boshqa mamlakatlariga taqdim 
etmoqda.
[24][152]
Globallashuv davr taqazosi, rivojlanishning ayni damdagi tabiiy qonuniyati. 
Undan voz kechish yoki boshqacha yo`ldan rivojlanish mumkin emas. 
Bugungi kunda globallashuv atamasi shunchalik mashhur bo`lib ketganganki, uni XXI 
asr mahsuli desak mubolag`a bo`lmaydi. SHu o`rinda, izohlash uchun xilma-xil yondashuvlar
nazariyalar, paradigmalar ishlab chiqilgan bo`lib, ularning hammasini sharhlab quyidagi xulosaga 
kelish mumkin: globallashuv halqlar, mamlakatlar transformatsiyasi, insoniyatning bir butunlikka 
integratsiyasini keltirib chiqaradi. SHu ma`noda, muayyan jamiyat o`zidan etuk deb hisoblagan 
boshqa jamiyatning mafkura, qarashlar, ilmiy-texnikaviy, madaniy yutuqlarni o`zlashtirishi 
globallashuv ta`siri ostida bo`ladi. SHu borada, kimdir buni jahonning yangi tarkibi shakllanishida 
xalqlarning yaqinlashuviga, iqtisodiy farovonlikka ijobiy ta`sir etadi, deb (K.Omae, P.Draker, 
T.Piters, S.Reysmit, S.Xantington va b.) hisoblasa, boshqalar (Z.Bauman, N.V.Zagladin, 
F.Fukuyamo, G.P.Martin, X.SHuman, M.G.Delyagin, V.I.Dobren`kov va b.) globallashuv 
milliylikning yo`qolishi, bir mamlakatning boshqa yirik ilmiy salohiyatga ega bo`lgan davlatlarga 
qaramligini oshiradi deb qaraydilar. 
SHu asnoda nafaqat oddiy o`quvchi, balki o`z mustaqil mushohada-mulohazasiga ega 
bo`lgan odamlarda ham globallashuv jarayoni ta`sirida jahonning yangi tarkibi yoki bo`lmasa 
millatlarning totuvligini ta`minlovchi madaniyati, ma`naviyati qanday bo`lishi to`g`risida gumon-
shubhalar, ikkilanishlar paydo bo`lishi tabiiy. 
Bundan tashqari, globallashuv masalasiga oid zamonaviy bahslar ushbu muammoni 
yanada chigallashtirib yubormoqda hamda yangi muqobil g`oya, nazariyalarning paydo bo`lishiga 
turtki bermoqda. Jumladan, “Frantsuz olimi Jak Le Dyumgi quyidagi yondashuvlarni ishlab 
chiqadi: 
Liberal yondashuv. Globallashuv faqatgina obyektiv jarayon emas, foydali fenomen 
sifatida iqtisodiy, ijtimoiy samaradorlikka olib keladi; 
Madaniy yondashuv. Milliy madaniyatlar inqirozi tarixiy jamiyatlar to`qnashuvi, 
“chatishgan madaniyat” ning paydo bo`lishi”
[25][153]

YUqoridagi yondashuvlardan farqli o`laroq Golland tadqiqotchisi YA.N.Piters 
globallashuvni izohlashda quyidagi paradigmalar tipologiyasini taklif etadi. 
“TSivilizatsiyalar to`qnashuvi. Turli madaniyatga mansub jamiyat mamlakatlarining 
konfrontatsiyasi; 
“Makdonal`dlashuv”. Transmilliy kompaniyalar amalga oshirayotgan moderinizatsiya 
ostida (vesternizatsiya, evropeizatsiya, amerikanizatsiya) madaniyatlari gegemonlashuvi. 
“Gibridlashuv”. Halqaro munosabatlar ostida umumiy, aralash madaniyatning paydo 
bo`lishi”
[26][154]



SHunday qilib, globallashuv ko`p qirrali jarayon bo`lganligi uchun uni sharhlashda 
ancha muammolarga duch kelamiz. Buni bartaraf etish maqsadida jahonda globallashuv ta`siri 
ostida bo`layotgan jarayonlarni to`liq va mukammal tahlil etib ko`rishga to`g`ri keladi. 

Download 425.06 Kb.
1   2   3




Download 425.06 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy

Download 425.06 Kb.
Pdf ko'rish