bo‘lgan tarmoqlarda axborotlarni yetkazish uchun
transport protokollarining
biridan foydalanadi, masalan, TCP yoki UDP.
TCP/IP stekning quyi bosqichi axborot uzatishning standart p rotokollaridan
foydalangani uchun uni har qanday tarmoq texnologiyasi
qullanganda va har
qanday operatsion tizimli komp’yuterlarda ishlatish mumkin bo‘ladi.
Azaldan TCP/IP protokoli global tarmoqlarda
foydalanish uchun
loyihalashtirilgan, aynan shuning uchun u maksimal ravishda moslashuvchandir.
Xususan paketlarni qismlarga ajratish imkoni bo‘lgani uchun ham aloqa kanalining
sifati e’tiborga
olinmasa ham, axborot albatta o‘z manziliga yetkaziladi. IP –
protokolining mavjudligi uchun ham turli segmentli tarmoqlar o‘rtasida ham
axborot uzatish mumkin bo‘ladi.
TCP/IP – protokolining
kamchiligi shundan iboratki,
tarmoqda
ma’murlashtirish murakkablashadi.
IPX/SPS
IPX/SPS (Internetwork Packet Exchange/Seguenced Packet Exchange)
protokollar steki Novell kompaniyasining loyihasi va mulkidir. U Novell Net Ware
operatsion tizimiuchun mo‘ljallab
yaratilgan, u
tizim yaqin kungacha server
operatsion tizimlari o‘rtasida etakchi o‘rinlardan birida edi.
IPX/SPS protokollari ISO/OSI modelining tarmoq va transport bosqichlarida
ishlaydilar, shuning uchun a’lo darajada bir-birini kamchiligini to‘ldiradi. Afsuski
IPX/SPS protokoli steklari azaldan uncha kata bo‘lmagan tarmoqlarga xizmat
ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan, shu tufayli uni katta tarmoqlarda ishlatis h kam
samara beradi.