• Adabiyotlarni tanlash
  • Kurs ishini baholash mezonlari
  • Turon zarmed universiteti




    Download 458,85 Kb.
    bet62/89
    Sana19.02.2024
    Hajmi458,85 Kb.
    #158634
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   89
    Bog'liq
    “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.org

    Talabaning vazifalari
    -Talaba kurs ishni bajarish jarayonida quyidagilarni bajarishi lozim:
    - ishning mavzusini kafedraning talablaridan kelib chiqqan holda tanlash;
    -ilmiy rahbarning tuzib bergan rejasi asosida berilgan topshiriqlarni o'z vaqtida bajarishi;
    - o'rnatilgan tartib bo'yicha kurs ishining hisobotini o'z vaqtida kafedraga taqdim etishi kerak.
    Adabiyotlarni tanlash
    Fanga taalluqli bo'lgan barcha turdagi adabiyotlarni va manbalarni ko'rib chiqish lozim: maxsus, ilmiy; ilmiy-ommobop; ma’lumotnomalar, shu singari statistik; umumiy.
    Adabiyotlarni o'rganish va asosiy ma’lumotlarni yig‘ish
    Adabiyotlarni o'rganishdan oldin yana bir bor mavzuni to'g'ri tanlanganligiga ishonch hosil qilish lozim. Talaba adabiyotlarni kurs ishi mavzusini to'g'ri tanlashi kerak. Ilmiy rahbarning vazifasi talaba tanlagan manbalarni qayta ko'rib asosiylarini qoldirishdir. Manbalarni to'plashda talaba uning chop etilgan yiliga ham alohida e’tibor berishi lozim. Eski manbalardan olingan ma’lumotlar bugungi kundagi dolzarb hisoblangan muammolarni yechishda unchalik ahamiyatli bo'lmay qoladi. Talaba bir nechta manbalarni qiyosiy tahlil qilgan holda o'ziga eng ma’qul deb topgan ma’lumotlarni olgandagina olib borgan tadqiqoti samara beradi.
    Kurs ishini baholash mezonlari
    Kurs ishini asosiy baholash mezonlari quyidagilardan iborat:
    ■mavzuning dolzarbligi va yangiligi, uni ishlab chiqishning murakkabligi;
    ■ko'rilayotgan masala bo'yicha mahalliy hamda xorijiy manba va maxsus adabiyotlardan to'la foylanilganligi;
    ■tadqiqot obyekti bo'yicha daliliy ma’lumotlarni to'liq va sifatli to'planganligi;
    ■qo'yilgan masalani hal qilishda metod va vositalardan foydalanishning tasdiqlanganligi;
    ■olingan natijalarni tahlil qilib, sharhlay olinganligi;
    ■xulosa, taklif, tavsiyalarning ilmiy, uslubiy va amaliy ahamiyati hamda ularni isbotlanganlik darajasi va real tadbiq etish imkoniyatlari;
    ■materialni aniq va to'g'ri, xatosiz bayon etilganligi, ishni sifatli rasmiylashtirilganligi, mazkur ≪Metodik qo'llanma≫ talablari hisobga olinganligi;
    • kurs ishining nazariy va amaliy masalalar bo'yicha munozara yurita olinganligi, kafedra tomonidan tuzilgan komissiya a’zolarining savollari va taqrizchilar kamchiliklariga berilgan javoblarning to'g'ri va chuqur ifodalanganligi. Ish sessiya boshlanishiga 10 kun qolganda topshiriladi va himoya qilinadi.

    Download 458,85 Kb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   89




    Download 458,85 Kb.