|
Kurs ishini tashkillashtirishda quyidagilarga e’tibor qaratish kerak
|
bet | 61/89 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 458,85 Kb. | | #158634 |
Bog'liq “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.orgKurs ishini tashkillashtirishda quyidagilarga e’tibor qaratish kerak:
Ishning mavzusini tanlash
Talaba mavzuni tanlashda quyidagilami nazardan chetda qoldirmasligi lozim:
-fanning maqsad vazifasidan kelib chiqqan holda xalqaro turizm sohasida dolzarb bo'lgan muammolarni;
-turizm sohasidagi muammolar ustida mutaxassislar va ilmiy rahbar bilan maslahatlashib olish;
-oldiga qo'ygan maqsaddan kelib chiqib, mutaxassislardan kerakli ma’lumotlar bazasini yaratishdir.
Ishning rejasini tuzish va bajariladigan ishlarni nazorat qilish
Talaba kurs ishining rejasini tuzishda ilmiy rahbar bilan maslahatlashgan holda amalga oshirishi kerak. Ishning rejasi tuzilgandan so'ng talaba kafedra mudiri yoki uning yordamchisidan tasdiqlatib olishi lozim. Talaba ish rejasini tasdiqlatib olgandan so’ng rejaga qat’iy amal qilgan holda ishni bajarishi lozim. Har bir vazifani bosqichma-bosqich qat’iy reja bo'yicha ilmiy rahbar nazoratida amalga oshirishi kerak. Birinchi bosqich vazifalari bajarilmasdan keyingisiga o'tib bo'lmaydi. Bir bosqich amalga oshirilmay qolsa ishdan samarali natija kutib bo'lmaydi.
Kurs ishida amalga oshirilishi kerak bo’lgan ishlar
Kafedraning asosiy vazifalari
Kafedra tomonidan kurs ishini yozishda quyidagi ishlar amalga oshirilishi kerak.
- kurs ishi mavzularini tasdiqlash va qayta ко'rib chiqish;
- talaba mavzuni tanlashida unga kerakli ko'rsatmalar va amaliy yordam berish;
- talabaga ilmiy rahbarlami tayinlash va biriktirish;
-talabaning ishini tayyorlashi uchun rajani tasdiklab berish va uning vazifasini bajarishini nazorat qilish;
- talaba tomonidan bajarilgan ishning sifatiga taqriz berishdan iborat bo’ladi.
Ilmiy rahbarning vazifalari
Talabaning ilmiy rahbari ishga rahbarlik qilishda quyidagi vazifalarni bajarishi kerak.
- talaba ishni bajarishi uchun vazifani tasdiqlab berishi;
-ishning rejasini tuzishda talabaga yordam berishi va adabiyotlarni tavsiya etishi;
-talabaning rejasini tasdiqlashi, reja bo'yicha muntazam ravishda ishni tekshirishi, maslahatlar va ko'rsatmalar berishi;
-talaba ishni bajarishida tashkiliy va uslubiy yo'nalishlar berib borishi;
|
| |