|
-mavzu: Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o ‘qitish texnologiyasi fanidan kurs ishi (loyihasi)ni tayyorlash va bitiruv malakaviy ishlarini yozish metodikasi
|
bet | 60/89 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 458,85 Kb. | | #158634 |
Bog'liq “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.org5-mavzu: Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o ‘qitish texnologiyasi fanidan kurs ishi (loyihasi)ni tayyorlash va bitiruv malakaviy ishlarini yozish metodikasi
Reja:
1.Kurs ishi (loyihasi)ni tayyorlash metodikasi
2.Bitiruv malakaviy ishlarini yozish metodikasi. Rahbarlik qilish
Kurs ishi (loyihasi)ni tayyorlash metodikasi
Kurs ishi mavzulari o'quv rejaga asoslangan holda fan mazmuniga muvofiq ravishda ishlab chiqiladi va kafedra yig'ilishida tasdiqlanadi. Mavzular ilmiy, dolzarb va talabaning mustaqil bilim egallashiga yo'naltirilgan bo'lishi lozim. Kurs ishining sifati mavzuning to'g'ri tanlanganligiga bog'liq. Ya’ni talaba u yoki bu ilmiy masalaga shaxsiy qiziqishi, uni chuqurroq anglashga bo'lgan hohishi bilan mavzu tanlashi hamda ushbu muammoni tadqiq etish jarayonida ilmiy rahbariga shaxsiy fikrini bildirishi mumkin. Biroq ayni vaqtda ilmiy rahbar albatta tanlangan mavzu bo'yicha ilmiy adabiyotlar va amaliy materiallami tanlash imkoniyatini ham
hisobga olishi zarur.
Kurs ishi-talabaning tanlagan sohasiga mos keluvchi egallagan bilim darajasi
haqida ma’lumot beruvchi, mustaqil bajariladigan va yozma shaklda ifoda etiladigan ijodiy, ilmiy tadqiqot ishidir. Ushbu ish izlanuvchi-tadqiqotchidan (ya’ni, talabadan) tadqiqot predmetini chuqur va ijodiy o'rganish, tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslash, ko'rilayotgan muammo holatini tahlil qilish hamda shaxsiy xulosa va umumlashmalarni talab etadi. Kurs ishini bajarish talabalar uchun eng muhim bo'lgan mustaqil ishlardan biri hisoblanadi. Uni tayyorlashda muvofiq keluvchi huquqiy intizomni o'rganish zarur komponentlardan biridir. Kurs ishini yozmasdan yoki himoya etmasdan turib talaba imtihonlarga kiritilmaydi va shuningdek, keyingi kursga ham o'tkazilmaydi. Kurs ishi, odatda, 2-,3- va 4- kurslarda bajariladi. Kurs ishlarining bu kabi bajarilishi ilmiy-tadqiqotchilik malakalari, shuningdek, maxsus pedagogika va psixologiya sohasida muayyan psixologik-pedagogik muammoni hal qilish malakalarining uzviy shakllantirilishini ta’minlash lozim.
Kurs ishi o'quv fanini o'rganishnig yakunlovchi bosqichida bajariladi, uni bajarish davomida olingan bilim va malakalardan foydalaniladi. Fan bo'yicha kurs
ishi quyidagi maqsadlarni ko'zlaydi:
□maxsus fanlar bo'yicha olingan nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarni tizimlashtirish va mustahkamlash;
□berilgan mavzu doirasida nazariy bilimlarni chuqurlashtirish;
□ ilmiy-metodik adabiyotlar, ma’lumotnoma, me’yoriy va huquqiy hujjatlardan tadqiqot o'tkazish maqsadida foydalanish malakalarini takomillashtirish;
□ nazariy bilimlardan amaliy masalalarni hal qilishda foydalanish malakalarini shakllantirish;
□ ijodiy tashabbuskorlik, mustaqillik, mas’uliyat va uyushqoqlikni rivojlantirish;
□bitiruv malakaviy ishni bajarishga tayyorgarlik.
Kurs ishlari mavzulari professor-o'qituvchilar tomonidan ishlab chiqiladi va
kafedrada muhokama qilinib, tasdiqlanadi. Kurs ishlari mavzulari o'quv fanlari ishchi dasturlarida tavsiya etilganlarga muvofiq kelishi lozim. Kurs ishini yozishdan maqsad talabalarning egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini chuqurlashtirish, boyitish hamda ularda tahlil etish, izlanishga doir ko'nikma va malakalarni tarkib toptirishga erishishdir. Kurs ishini yozishda quyidagi tartibga asoslaniladi:
1) kafedra mudirining taqsimoti asosida mavzuni va ilmiy rahbami aniqlash;
2) ilmiy rahbar bilan uchrashish va mavzu yuzasidan maslahat olish;
3) ilmiy rahbar ko'rsatmasiga asosan adabiyotlarni o'rganib chiqish va tahlil etish;
4) o'rganilgan adabiyotlar asosida kurs ishi rejasini tuzish va ilmiy rahbar tasdig'idan o'tkazish;
5) rejaning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, o'rganilish darajasi, obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari, amaliy ahamiyati, ishning tuzilishi ko'rsatib beriladi;
6) reja masalalari ketma-ketlikda bayon etiladi va har bir masaladan so'ng qisqa xulosa beriladi;
7) reja masalalarini bayon etayotganda adabiyotlardan foydalanishda belgilangan tartibda snoska keltiriladi;
8) rejadagi barcha masalalar bayon etib bo'lingach, umumiy xulosa qilinadi;
9) agar ilova qilinadigan illyustratsiyalar mavjud bo'lsa, xulosadan so'ng beriladi;
10) kurs ishining umumiy hajmi 30 betni tashkil etishi kerak (kompyuterda yozilgan holatda);
11) kurs ishining adabiyotlar ro'yxati belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi shart;
12) kurs ishi to'liq tugatilgandan so'ng, kurs ishi topshiruvchi va ilmiy rahbar titul varag'iga imzolarni qo'yib, kafedraga taqdim etishadi;
13) kurs ishi himoyasi belgilangan tartibda o'tkaziladi va himoya o'tkazilishidan bir hafta oldin e’lon qilinadi;
14) kurs ishi yozilayotgan o'quv fanidan YAN olinguniga qadar topshirilishi kerak. Kurs ishi yozishda talaba asosan qiyosiy tahlil qilish yo'llarini, muammolar ustida ishlashda bir nechta adabiyotlardan foydalanish va yakuniy xulosalar chiqarishni o'rganishda yordam beradi. Talabalarga kurs ishi berishdan asosiy maqsad quyidagilardir:
-muammoli mavzu yechimini topishda adabiyotlar va statistik ma’lumotlar ustida ishlashni o'rgatadi;
- muammolar ustida har xil tadqiqotlar olib borishni va ularni tahlil qilishni;
- muammolar yechimini topishda ilmiy xulosalar va natijalarni chiqarishda katta
yordam beradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-mavzu: Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o ‘qitish texnologiyasi fanidan kurs ishi (loyihasi)ni tayyorlash va bitiruv malakaviy ishlarini yozish metodikasi
|