Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi




Download 458,85 Kb.
bet56/89
Sana19.02.2024
Hajmi458,85 Kb.
#158634
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   89
Bog'liq
“tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.org

Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi
TALABALAR BILIMINI NAZORAT QILISH VA BAHOLASHNING REYTING TIZIMI TO’G’RISIDA NIZOM
Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 11-iyundagi 204-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 10-iyulda 1981-son bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 25-avgustdagi 333-sonli buyrug’i bilan Nizomga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan hamda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010 yil 26-avgustda 1981-1-son bilan davlat ro’yxatidan qayta o’tkazilgan Nizom asosida tuzilgan.
Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16-avgustdagi 343-son “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi qaroriga (O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami, 2001 y., 15-16-son, 104-modda) muvofiq Samarqand davlat chet tillar institutida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimini tartibga soladi.
I.Umumiy qoidalar
1.Talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholashdan maqsad, ta’lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, talabalarning fanlarni o’zlashtirishida bo’shliqlar hosil bo’lishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.
Reyting tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
a) talabalarda Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko’nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish;
b) talabalar bilimi, ko’nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari:
Davlat ta’lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholashni ta’minlash;
v) fanlarning talabalar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan muddatlarda o’zlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish;
g) talabalarda mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;
d) talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini vaqtida ma’lum qilish;
ye) talabalarning fanlar bo’yicha kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta’minlash;
j) o’quv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga sharoit yaratish.
3. Fanlar bo’yicha talabalar bilimini semestrda baholab borish reyting nazorati jadvallari va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.
II. Nazorat turlari va uni amalga oshirish tartibi
4.Nazorat turlari, uni o’tkazish tartibi va mezonlari kafedra mudiri tavsiyasi bilan institut (fakultet) o’quv-uslubiy kengashida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi hamda har bir fanning ishchi o’quv dasturida mashg’ulot turlari bilan birgalikda ko’rsatiladi.
5. Reyting nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarning saralash ballari haqidagi ma’lumotlar fan bo’yicha birinchi mashg’ulotda talabalarga e’lon qilinadi.
6. Talabalarning bilim saviyasi va o’zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o’tkazish nazarda tutiladi:
Joriy nazorat – talabaning fan mavzulari bo’yicha bilim va ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda, seminar, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarida og’zaki so’rov, test o’tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o’tkazilishi mumkin;
Oraliq nazorat – semestr davomida o’quv dasturining tegishli (fanning bir necha mavzularini o’z ichiga olgan) bo’limi tugallangandan keyin talabaning bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazoratning soni (bir semestrda ikki martadan ko’p o’tkazilmasligi lozim) va shakli (yozma, og’zaki, test va hokazo) o’quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
Yakuniy nazorat – semestr yakunida muayyan fan bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni talabalar tomonidan o’zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish” shaklida o’tkaziladi.
Ta’lim yo’nalishi va mutaxassisliklari ayrim fanlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda fakultet Ilmiy kengashi qarori asosida ko’pi bilan 40% fanlardan yakuniy nazoratlar boshqa shakllarda (og’zaki, test va hokazo) o’tkazilishi mumkin.
7.Oraliq nazoratni o’tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida davriy ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinadi hamda oraliq nazorat qayta o’tkaziladi.
8.Institut rektorining buyrug’i bilan ichki nazorat va monitoring bo’limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni o’tkazish jarayoni davriy ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, yakuniy nazorat natijalari bekor qilinadi hamda yakuniy nazorat qayta o’tkaziladi.
9.O’quv yili tugaganidan keyin reyting nazorati natijalariga ko’ra talabalarni keyingi kursga o’tkazish to’g’risida belgilangan tartibda qaror qabul qilinadi.
III. Baholash tartibi va mezonlari
10.Talabalarning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning har bir fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.
11.Har bir fan bo’yicha talabaning semestr davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichi 100 ballik tizimda butun sonlar bilan baholanadi.
Ushbu 100 ball nazorat turlari bo’yicha quyidagicha taqsimlanadi:
Yakuniy nazoratga – 30 ball;
Joriy va oraliq nazoratlarga – 70 ball (fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 70 ball kafedra tomonidan joriy va oraliq nazoratlarga taqsimlanadi).
12. (O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 25-avgustdagi 333-sonli buyrug’iga binoan o’z kuchini yo’qotgan).
13.Talabaning reyting daftarchasiga alohida qayd qilinadigan kurs ishi (loyihasi, hisob-grafik ishlari), malakaviy amaliyot, fan (fanlararo) bo’yicha yakuniy davlat attestasiyasi, bitiruv malakaviy ishi va magistratura talabalarining ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlari, magistrlik dissertasiyasi bo’yicha o’zlashtirish darajasi – 100 ballik tizimda baholanadi.
14.Talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichini nazorat qilishda quyidagi namunaviy mezonlar (keyingi o’rinlarda namunaviy mezonlar deb yuritiladi) tavsiya etiladi:
a) 86-100 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
xulosa va qaror qabul qilish;
ijodiy fikrlay olish;
mustaqil mushohada yurita olish;
olgan bilimlarini amalda qo’llay olish;
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish;
tasavvurga ega bo’lish.
b) 71-85 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
mustaqil mushohada yurita olish;
olgan bilimlarini amalda qo’llay olish;
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish;
tasavvurga ega bo’lish.
v) 55-70 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish;
tasavvurga ega bo’lish.
g) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi 0-54 ball bilan baholanishi mumkin:
aniq tasavvurga ega bo’lmaslik;
bilmaslik.
15.Namunaviy mezonlar asosida muayyan fandan joriy va oraliq nazoratlar bo’yicha aniq mezonlar ishlab chiqilib, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi va talabalarga e’lon qilinadi.
16.Mutaxassislik fanlar bo’yicha yakuniy nazoratni o’tkazishda baholash mezonlari tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan namunaviy mezonlarga muvofiq ishlab chiqilib, Ilmiy-uslubiy kengashda tasdiqlanadi va institutga yetkaziladi.
17.Talabalarning o’quv fani bo’yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi.
18.Fan bo’yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy balning 55 foizi saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to’plagan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Joriy va oraliq nazorat turlari bo’yicha 55 va undan yuqori balni to’plagan talaba fanni o’zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo’yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo’l qo’yiladi.
19.Talabaning semestr davomida fan bo’yicha to’plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to’plagan ballari yig’indisiga teng.
IV. Nazorat turlarini o’tkazish muddati
20.Oraliq va yakuniy nazorat turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o’tkaziladi. Yakuniy nazorat semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o’tkaziladi.
21. Talaba fan bo’yicha kurs loyihasi (ishi)ni ushbu fan bo’yicha to’plagan ballari umumlashtirilishiga qadar topshirishi shart.
22. Joriy va oraliq nazoratlarda saralash balidan kam to’plagan va uzrli sabablarga ko’ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so’nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun yakuniy nazoratgacha bo’lgan muddat beriladi.
Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda belgilangan muddatlarda joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni topshira olmagan talabalarga fakultet dekani farmoyishi asosida, o’qishni boshlaganidan so’ng ikki hafta muddatda topshirishga ruxsat beriladi
23. Talabaning semestrda joriy va oraliq nazorat turlari bo’yicha to’plagan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo’lsa yoki semestr yakunida joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo’yicha to’plagan ballari yig’indisi 55 baldan kam bo’lsa, u akademik qarzdor hisoblanadi.
Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o’zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. Shu muddat davomida fanni o’zlashtira olmagan talaba, fakultet dekani tavsiyasiga ko’ra belgilangan tartibda rektorning buyrug’i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.
24.Talaba nazorat natijalaridan norozi bo’lsa, fan bo’yicha nazorat turi natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko’ra rektor buyrug’i bilan 3 (uch) a’zodan kam bo’lmagan tarkibda apellyasiya komissiyasi tashkil etiladi.
Apellyasiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko’rib chiqib, shu kunning o’zida xulosasini bildiradi.
25. Baholashning o’rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o’tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra mudiri, o’quv bo’limi hamda ichki nazorat va monitoring bo’limi tomonidan nazorat qilinadi.
V. Reyting natijalarini qayd qilish va tahlil etish tartibi
26. Talabaning fan bo’yicha nazorat turlarida to’plagan ballari semestr yakunida reyting qaydnomasiga butun sonlar bilan qayd qilinadi. Reyting daftarchasining “O’quv rejasida ajratilgan soat” ustuniga semestr uchun fanga ajratilgan umumiy o’quv yuklama soatlari, “Fandan olgan baho” ustuniga esa 100 ballik tizimdagi o’zlashtirishi qo’yiladi.
Talabaning saralash balidan past bo’lgan o’zlashtirishi reyting daftarchasiga qayd etilmaydi.
27. Har bir fan bo’yicha o’tkaziladigan nazorat turlarining natijalari guruh jurnali hamda qaydnomada qayd etiladi va shu kunning o’zida (nazorat turi yozma ish shaklida o’tkaziladigan bo’lsa, 2 (ikki) kun muddat ichida) talabalar e’tiboriga yetkaziladi.
28.Yakuniy nazorat natijalariga ko’ra fan o’qituvchisi talabalarning fan bo’yicha reytingini aniqlaydi hamda reyting daftarchasi va qaydnomaning tegishli qismini to’ldiradi.
29.Talabaning reytingi uning bilimi, ko’nikmasi va malakalari darajasini belgilaydi. Talabaning semestr (kurs) bo’yicha umumiy reytingi barcha fanlardan to’plangan reyting ballari yig’indisi orqali aniqlanadi.
30.Talabalar umumiy reytingi har bir semestr va o’quv yili yakunlangandan so’ng e’lon qilinadi.
31.Diplom ilovasi yoki akademik ma’lumotnomani dekanat tomonidan rasmiylashtirishda fan bir necha semestr davom etgan bo’lsa, reytinglar yig’indisi olinadi.
Talabaga imtiyozli diplom belgilashda uning har bir semestr yakunidagi fanlar bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichi hisobga olinadi.
32.Talabalarning nazorat turlari bo’yicha erishgan natijalari kafedralar, dekanatlar va o’quv-metodik bo’linmalarida kompyuter xotirasiga kiritilib, muntazam ravishda tahlil qilinib boriladi.
33.Joriy, oraliq va yakuniy nazorat natijalari kafedra yig’ilishlari, fakultet va institut Ilmiy kengashlarida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va tegishli qarorlar qabul qilinadi.
VI. Yakuniy qoidalar
34.O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi test baholari va reyting ballarining xolisligini tekshirishni tashkil etadi va nazorat qiladi.
35. Ushbu Nizomda belgilangan masalalar bo’yicha kelib chiqqan nizolar qonun hujjatlari asosida hal qilinadi.
36.Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 25-avgustdagi 333-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O’zbekiston Badiiy akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, “O’zbekiston temir yo’llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Davlat soliq qo’mitasi va Navoiy kon-metallurgaya kombinati bilan kelishilgan Nizom asosida tuzilgan.
Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi ≪Nizom≫da ≪Talabalar bilimini reyting orqali baholashdan maqsad talabalarda o'qitilayotgan fanlarni chuqur egallash, topshiriqlarga ijodiy yondashish, mustaqil fikrlash, o'z bilimini mustaqil ravishda oshirishga intilish hamda adabiyotlardan keng foydalanish kabi xususiyatlarni rivojlantirish ushbu tariqa raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga erishish≫, - deb ta’kidlanadi.

Download 458,85 Kb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   89




Download 458,85 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi

Download 458,85 Kb.