• Seminar mashgulotlarida
  • Maxsus seminarlar
  • Seminaroldi mashg'ulotlari




    Download 458,85 Kb.
    bet53/89
    Sana19.02.2024
    Hajmi458,85 Kb.
    #158634
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   89
    Bog'liq
    “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.org

    Seminaroldi mashg'ulotlari, asosan, talabalarni mustaqil ishning o'ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish maqsadida o'tkaziladi. Unda adabiyotlar, ma’lumotnoma -adabiyotlar va boshqa manbalar bilan ishlash usullari o'rgatiladi, talabalarni boshlang‘ich shaklda ilmiy-tadqiqot ishlariga o‘tishga hozirlaydi. Seminaroldi mashg'ulotlari seminar mashg‘ulotlarining tayyorgarlik shakli hisoblanadi va odatda birinchi kurslarda o'tkaziladi. Seminar oldi mashg'ulotlarida o'qituvchi yetakchilik qiladi, chunki talabalar muayyan ixtisoslik bo‘yicha o'quv ishlariga kam e’tibor beradilar, shuning uchun ham yetarli darajada tashabbus ko'rsata olmaydilar.
    Seminar mashg'ulotlarida seminaroldi mashg'ulotlariga nisbatan o'ta muhim vazifalar hal qilinadi. Masalan, ayrim seminarlar tematik bog'langan muayyan muntazam kursni chuqur o'rganishni maqsad qilib qo'yadi. Boshqalari esa biror mavzuni yoki kursning alohida va nihoyatda muhim va umumiy bo'lgan mavzularini metodologik jihatdan ishlab chiqishga bag'ishlangan bo'ladi.
    Maxsus seminarlar ma’ruza mavzulariga aloqador bo'lmaydi va biror fanning dasturi mazmuniga kirmaydi. Odatda fanning xususiy masalalarini chuqur o'rganish maqsadida qo'llaniladi. Seminar mashg'ulotida o'qituvchi ham tashkilotchi, ham maslahatchi, ham notiq, ham tanqidchi, ham tarbiyachi vazifasini bajaradi. O'qituvchining seminar mashg'ulotiga tayorgarlik ko'rishi va o'tkazishi
    bo'yicha maslahatlar:
    -mashg'ulotning maqsad va vazifasini aniqlash;
    - seminarning mazmunini teran o'rganish;
    - talabaning kerakli ma’lumotlarini topishi uchun adabiyotlarni to'g'ri tanlash;
    - savollarni to'g'ri shakllantirish;
    - talabalarini seminar savollari va adabiyotlari bilan 10-14 kun oldin tanishtirish;
    - talabalarni og'zaki javob berish bilan birga ko’rsatmali materiallardan ham foydalana olishga yo'naltirish;
    - guruhning seminar mashg'ulotiga to'liq tayyor bo'lishini ta’minlash;
    - mashg'ulotda hamkorlik va hamjihatlik muhitini o'rnatish;
    - talabalarni mustaqil fikr yuritishga, har bir savol bo'yicha o'zining xulosasi bo'lishiga o'rgatish;
    - har bir talabaga har xil ish turlarini ishlab chiqish. Masalan, taqriz, chiqishlarni muhokama qilish, krossvord yechish va h.
    - har bir savolni muhokama qilishga ajratiladigan vaqtni belgilash va uni talabalarga oldindan eslatib qo'yish;
    - mashg'ulot yakunida materiallarni tizimlashtish, tahlil qilish;
    - seminar mashg'ulotiga qatnashgan talabalarni baholash;
    - mashg'ulot yakunidan so'ng uni o'zi tahlil qilish, yutuq va kamchiliklarini aniqlash.

    Download 458,85 Kb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   89




    Download 458,85 Kb.