Seminar mashg'ulotlarining




Download 458,85 Kb.
bet54/89
Sana19.02.2024
Hajmi458,85 Kb.
#158634
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   89
Bog'liq
“tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.org

Seminar mashg'ulotlarining vazifasi-darslarda bayon qilingan nazariy fikrlarni konkretlashtirish, chuqurlashtirishdan, o'quvchilar bilimini tekshirish va mustahkamlashdan, adabiyotni o'rganish ko'nikmasini hosil qilish, uni konspekt qilish, suhbatlar, dokladlar, ota-onalar uchun konsultatsiyalarning plan va konspektlarini tuzishdan, kursning konkret temasini og'zaki bayon qilish qobiliyatiga ega bo'lishdan iboratdir. Seminar mashg‘ulotlari uchun kursning eng muhim va murakkab masalalari shuningdek, adabiyotlarda yetarli darajada to'liq yoritilgan va o‘quvchilarning o'zlari mustaqil ravishda o‘rgana olishlari mumkin bo'lgan masalalar tanlab olinadi. Seminarning har bir temasi bo'yicha o'quvchilarga adabiyotlar ro'yxatini berish, topshiriqning xarakterini belgilash, uni bajarish plani va hisobot formasini ko'rsatish kerak. Adabiyotlarni o'rganayotganda o'quvchilar konspekt yoki ota-onalar uchun konsultatsiyalarning tekstlarini tuzadilar. Seminar mashg'ulotlarini quyidagicha tashkil etish mumkin: avvalo o'qituvchi seminarning vazifasi va uni o'tkazish tartibini belgilaydi. So'ngra nutq so'zlash uchun o'quvchilarga so'z beradi. Shundan keyin ishtirok etuvchilar nutq so'zlaganlarga savollar beradi, ular javob qaytarishadi. Keyin boshqa o'quvchilar nutq mazmuniga xaratkeristika berib, uni to'ldiradilar (yutuq va kamchiliklar ko'rsatiladi). O'qituvchi seminarni yakunlar ekan, asosiy nutqni baholaydi, uning mazmuni, ifoda formasi ko'rgazmali qurollar (jadvallar, rasmlar, fotosuratlar va boshqalar)dan foydalanish darajasiga xarakteristika beradi, shuningdek, boshqa o'quvchilarning nutqlari to'g'risida ham fikr mulohazasini aytadi. Mashg'ulot so'ngida qo'yilgan vazifa qanday bajarilganligini aytib o'tish va navbatdagi seminarga tayyorlanish uchun tavsiyalar berish muhim.
Ma’ruza mavzu bo'yicha qilinadigan suhbat, seminar bo'lib, bu o'qituvchi rahbarligida o'tkaziladigan amaliy mashg'ulot o'quvchilarda mustaqil fikrlash, mustaqil faoliyat ko'rsatish, darslik bilan mustaqil ishlash, ijodiy fikrlash qobiliyatining rivoj topishiga yordam beradigan darajada bo'lishi lozim. Seminarlarni tashkil etishdan ko'zlangan maqsad o'quvchilarning mustaqil ishlarini yanada rivojlantirish, ayrim mavzular yuzasidan keng va chuqur ma’lumot bera oladigan manbalar ustida ishlay olishlari hamda shu asosda kelajak faoliyatlarida zarur adabiyotlardan foydalana olish ko'nikma va malakalariga ega qilishdan iboratdir.
Seminar mashg'uloti o'quvchilar tomonidan u yoki bu mavzu bo'yicha ma’ruzalar tayyorlash hamda uni sinf o'quvchilari bilan muhokama qilish yo'li bilan olib boriladi. Seminarlarga 2-3 hafta tayyorgarlik ko'riladi. O'quvchilar adabiyotlarni o'rganadilar, material yig'adilar, turli kuzatishlar o'tkazadilar, o'z axborotlari yuzasidan tezislar tuzadilar. Seminar mashg'uloti o'qituvchi rahbarligida o'tkaziladi. U o'quvchilar ishini yo'naltirib turadi, mavzuga oid savollari yuzasidan tashkil etilgan muhokamani yakunlaydi. Zarur qo'shimcha mulohazalar bildiradi, materialni muayyan tizimga soladi. Ma’ruza qilgan, muhokamada qatnashgan o'quvchilar faoliyati baholanib boriladi. Seminar mashg'uloti o'quvchilar e’tiborini darsga jalb etish, ularning qiziqishini orttirish, ularni mustaqil ishlashga, fikrlashga o'rgatish, darsni faollashtirish hamda o'quvchilar aqliy qobiliyatlarini o'stirishda muhim o'rin tutadi.

Download 458,85 Kb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   89




Download 458,85 Kb.