|
Uchinchi guruh shartlariga
|
bet | 52/89 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 458,85 Kb. | | #158634 |
Bog'liq “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.orgUchinchi guruh shartlariga quyidagilar kiradi:
1. Ma’ruza soatlarini to'g'ri taqsimlanishi.
2. O'quv jarayonini o'z vaqtida, sifatli materiallar bilan ta’minlash.
Yuqorida sanab o'tilgan uch guruh shartlari birgalikda amalga oshirilsagina,
hamma talablarga javob beradigan ma’ruzani o'tish mumkin bo'ladi. Ma’ruza darslarini tashkil etish ancha murakkab va ko'p mehnat talab qiladigan ishdir. Ma’ruza darsi tajribali, yuksak darajada pedagogik mahorat asosida tashkil etiladi. Ma’ruzadan faqat fan, o'quv predmeti asoslari borasidagi ma’lumotlar berib qolmasdan, balki talabalami ijtimoiy-g'oyaviy jihatdan tarbiyalab borish talab etiladi. Ma’ruza jarayonida asosiy e’tibor talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyatini
rivojlantirish, bilim va faoliyat malakasini oshirishga qaratilgan. Ma’ruzalar yozma shaklda ifoda etiladi. Shu bois ma’ruzachi-o'qituvchida ma’ruza mavzusi yuzasidan reja hamda konspekt bo'lishi lozim. Ma’ruza o'rta maxsus va kasb-hunar kollejlarida va oliy ta’lim muassasalarida 80 daqiqalik akademik soatdan iborat bo'ladi. Umumiy qoidaga muvofiq ma’ruza bir dars davomida oxiriga yetkazilmay qolgan bo'lsa, u yangi mashg'ulotda davom ettiriladi. Har bir mavzu bo'yicha ma’ruza materiallari tushuntirib bo'lingach, o'quvchilar bilan savol-javob o'tkaziladi. Har bir mavzu yuzasidan foydalanish lozim bo'lgan adabiyotlar ro'yxati taqdim etiladi.
Seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini o'tkazish texnologiyasi
Seminar mashg'ulotlari - o'quv jarayonini tashkil etishning asosiy shaklidan biri bo'lib, o'qituvchi nazorati ostida talabalar tomonidan nazariy savollarni jamoaviy ravishda muhokama qilishni nazarda tutadi. Seminar mashg'ulotlari ta’lim berish shakli sifatida antik davrga borib taqaluvchi uzoq tarixga ega. “Seminar” so'zining o'zi lotin tilidagi "seminarium" so'zdan olingan bo'lib, bog'bon (ko'chat o'tkazuvchi) deb taijima qilinadi. Bu vazifa o'qituvchiga talabalarning ongiga yangi bilimlarni o'tkazish va ularni rivojlantirish vazifasi bilan bog'langan bo'lib, talabalar o'qituvchidan olgan bilimlari evaziga kelajakda mustaqil fikrlaydigan, bilimlarini boyitib borishga intiluvchi shaxs bo'lib yetishadilar. Seminar mashg'ulotlari o'quv jarayonini tashkil etishning boshqa shakllari bilan uzviy bog'langan bo'lib, bular avvalambor ma’ruza va talabalarning mustaqil ishlaridir. Seminar mashg'ulotlariga talabalarning kasbiy tayyorgarligi sifatini belgilab beruvchi kursning asosiy mavzulari olib chiqiladi. Seminar mashg'ulotining o'ziga xosligi ko'rib chiqilayotgan mavzu muhokamasida har bir talabaning bir maromda va faol ishtirokiga imkon yaratilishidadir.
Seminar mashg'ulotining vazifalari quyidagilardir: o'quv fani bo'yicha talabalarning bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish va kengaytirish; intelektual vazifa va muammolarni o'rnatish va yechimini topish malakasini shakllantirish; talabalar bilan o'z nuqtai - nazarini asoslash, shuningdek boshqa fikrlarni isbotlash yoki inkor etish bo'yicha qobiliyatlarini rivojlantirib borish; nazariy jihatdan tayyorgarlik darajasini namoyish etish; adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko'nikmasini shakllantirish. Seminar mashg‘ulotlarining quyidagi ko'rinishlarini farqlash mumkin.
Proseminar - birinchi kurs talabalarini oliy ta’limda mustaqil ishlashning o'ziga xosligi bilan tanishtirish, ilmiy adabiyotlar bilan ishlash ko'nikmasini egallashni maqsad qilgan. Talabaning proseminarda ishlashining xarakterli elementi ma’lum mavzularda referatlarning tayyorlab kelishlari, ularni o'qib berishlar va muhokama qilishlari va o'qituvchidan mos ravishdagi bahoga ega bo'lishlaridir.
Seminar - seminar mashg'uloti kursning o'quv dasturi bilan mustahkam ravishda bog'langan bo'lib, uning alohida, nisbatan chuqurroq mavzularini o'rganishni maqsad qilgandir.
Maxsus seminar - seminar mashg'uloti tadqiqodchilik turida bo'lib, kurs bo'yicha ma’ruza mashg'uloti mavzularidan qat’iy nazar ham bo'lishi mumkin, uning maqsadi ayrim muammolarni chuqurroq o'rganishdan iboratdir. Yuqori kurslarda tashkil etiladi va ushbu soha bo'yicha mutaxassis boshqaruvida olib boriladi. Seminar mashg'ulotlari odatda quyidagi tuzilishga ega: o'qituvchining kirish so'zi, asosiy qism, o'qituvchining yakuniy so'zi. O'qituvchining kirish so'zi o'rganilayotgan kurs doirasida ushbu seminar mashg'ulotining o'rnini, mashg'ulotning maqsad va vazifalarini qisqa ochib beradi, talabalarning diqqatini mobillashtiradi, mashg'ulotga qaratadi va faollashtiradi. Asosiy qism talabalarning chiqishlari va ularni muhokamasi, quyida yana to'xtalib o'tiluvchi turli metodik shakllardan iborat bo'ladi. O'qituvchining yakuniy so'zi alohida savollar bo'yicha ham, umumiy seminar mashg’uloti bo'yicha ham amalga oshirilishi mumkin bo'lib; talabalar faoliyatini xulosalash va baholash, keyingi seminar mashg'uloti bo'yicha ko'rsatmalar berishdan iborat bo'ladi. Mutaxassisliklar bo'yicha fanlardan seminar mashg'ulotlarini tashkil etishning turli shakllarini ko'rib chiqamiz. Seminar rejasi savollari bo'yicha talabalar bilan savol-javob o'tkazish o'qituvchining navbati bilan har bir talaba bilan suhbatiga teng. Bu jarayonda butun guruhga emas, balki suhbat olib borilayotgan talabaning o'ziga savol beriladi. Talaba savolga noaniq yoki to'liq bo'lmagan javobni bersa, o'qituvchining o’zi javobni to'ldiradi, aniqlashtiradi. Natijada guruhning asosiy talabalari o'qituvchi bilan suhbatlashish navbatlari kelishini kutib passiv holatni egallaydilar, ko'pincha boshqa ishlar bilan band bo'ladilan yoki konspektlarini ma’nosiz ravishda varaqlay boshlaydilar. Seminar mashg'ulotini tashkil etishning an’anaviy metodini quyidagi kamchiliklarini ko'rsatib o'tganlar. So'z navbati berilgan talabalar individual bilimlarini namoyon etadilar, shuning uchun muloqot deyarli amalga oshirilmaydi. Hamkorlik va o'zaro yordam mavjud bo'lmaydi. So'zga chiqgan talabaga yordam berish javobni aytib turish hisoblanadi, bu taqiqlangan, tartibni buzish hisoblanadi.
Talabalarning o‘quv jarayoniga shaxsiy yondoshuvi kuzatilmaydi. Talabaning intellektual faolligi chegaralab qo'yiladi. O'qituvchi va talaba orasidagi masofa muloqot qilish, o'zaro harakatlar qilishga chegara qo'yadi. Talabalar seminar vaqtida o'z fikrlarini bildirmay, boshqa ishlar bilan band bo'lish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Seminarni tashkil etish shaklining o'zi talabalarni passiv holatga tushirib qo'yadi, ularning nutqiy faolligi minimumga yetkaziladi. Kasbiy jamiyat talab etayotgan kasbiy muloqot va o'zaro harakatlar ko'nikmasini shakllantirish imkoniyati mavjud bo'lmaydi. Shunday qilib, mashg'ulotlarda guruhli muloqot qilish shakli jamiyatdagi, ishlab chiqarishdagi kishilar munosabatining adekvat modeli hisoblanmaydi, shuning uchun ham bugungi kunda mutaxassislarni tayyorlash talablariga mos kelmaydi. Reja asosida ochiq suhbat ushbu shakl seminar savollari bo'yicha barcha talabalarning tayyorlanishini, ularning chiqishlarini, o'qituvchining seminar savollari bo'yicha va umuman seminar bo'yicha xulosalarini nazarda tutadi. Ochiq suhbat savollar bo'yicha muhokama jarayoniga iloji boricha ko'p talabalarni jalb etish, diqqatlarini faollashtirish, asosiy va qo'shimcha vositalardan foydalanish imkoniyatini beradi. Ochiq suhbat shaklidagi seminar mashg'uloti o'qituvchidan u yoki bu mavzu bo'yicha alohida vazifa olgan talabalarning yakka holda so'zga chiqishini ta’qiqlamaydi, biroq bunday holatlarning barchasida yakka chiqish qiluvchi talabalarning chiqishlari asosiy bo'lmaydi, balki muhokama etilayotgan mavzuga qo'shimcha, to'ldirish sifatida amalga oshiriladi. Talabalarning dokladlarini (referatlari, mustaqil ishlarini) tinglash. Dokladlar tizimi o'z ichiga turli-tuman variantlarni qamrab oladi. Ayrim holatlarda o'qituvchining o'zi yoki talabaning istagiga ko'ra doklad qiluvchini, unga yordam beruvchini va opponentlarni belgilaydi. Ayrim holatlarda esa aksincha o'qituvchi rejaning barcha savollari bo'yicha yoki ularning ayrimlari bo'yicha faqatgina opponentlarni belgilaydi. Chiqish vaqtida opponent talabaning chiqishini muhokama qiladi, xato va noaniq joylarini ko'rsatib o'tadi, materialni to'ldiradi va muhokamaga yakun yasaydi. Ushbu vazifani amalga oshirish uchun opponentning o'zi mavzuning rejasi bo'yicha to'liq tayyorlangan bo'lishi zarur bo'ladi. Shunday qilib, ishning mazmuni ayrim talabalarga vaqti-vaqti bilan seminar mashg'ulotida u yoki bu savolni muhokamasini boshqarish va yakun yasashni, uning ijobiy va salbiy tomonlari haqida xulosa chiqarishni topshirishdan iborat. Bu esa talabalarda pedagogik ish ko'nikmasini yanada samarali shakllantirish imkonini yaratib beradi. Ochiq suhbat va dokladlar tizimini seminarni o'tkazishning mustaqil shakli sifatida ko'rib chiqar ekanmiz, ular orasida juda ko'p umumiylik mavjudligini ta’kidlab o'tish lozim. U yerda ham, bu yerda ham ijodiy muhokamada asosiysi mos keluvchi savollardir. Birinchi holatda, guruhning to'liq ravishda tayyorlanadi, ikkinchi holatda esa tashabbus doklad qiluvchilarga beriladi. Tajribalarning ko'rsatishicha, doklad tizimida doklad sifatida bo'lib berilgan savollar bo'yicha butun guruhning tayyorlanishi juda katta qiyinchilik bilan amalga oshadi. Mana shundan kelib chiqib ikkita metodik xulosaga kelish mumkin:
1) har bir shaklning yutuq tomonlarini qo'llagan holda, kamchiliklarini bartaraf etishga harakat qilishga e’tiborni qaratish lozim;
2) mashg‘ulotlarda u yoki bu shakllarni almashtirib qo’llash va bir shaklning ustun bo'lib qolishini oldini olish.
Ayrim talabalar tomonidan avvaldan tayyorlangan va seminardan oldin butun guruh bilan o‘qilgan referatlarni muhokama qilish. Seminar mashg'ulotini o‘tkazishning navbatdagi shakli referatlarni muhokama qilish hisoblanadi. Oddiy dokladlardan referat o'zining mustaqil ravishda bajarilganligi, o'z tadqiqodlari elementlarining kiritilishi, ijodiy yondoshuv, ilmiyligi bilan farqlanib turadi. Agar referat seminar mashg'ulotidan oldin boshqa talabalar tomonidan ham o‘qib chiqilgan bo'lsa yaxshi bo'ladi, biroq texnik jihatidan bu qiyin jarayondir. Shuning uchun muallif o'z referatini og'zaki ma’lumot berish sifatida bayon etib beradi. Referat metodi talabalarda tadqiqodchilik ishi ko'nikmasini shakllanishiga yordam beradi, sotsiologi, sotsiologiya bo'yicha seminar mashg'ulotlarini faollashtiradi, ushbu fanni o'rganishni boshqa fanlar bilan va ishlab chiqarish bilan bog'lash imkoniyatini yaratadi.
Nazariy konferensiya. Nazariy konferensiya ko'rinishidagi seminar mashg'uloti doklad va referatlar muhokama qilinuvchi seminar shakllariga yaqin ko'rinishdagi seminar turi hisoblanadi. Uning farqi bir tomondan nisbatan to'liq tayyorgarlik ko'rilishida bo'lsa, boshqa tomondan u juda kam o'tkaziladi, sababi shundaki, uni o'tkazish uchun bitta guruh emas, bir qancha guruh yoki potok jalb etiladi. Konferensiyaning mavzusi rejaning umumiy mavzularidan olinishi shart emas. Ko'pincha u katta mavzuni, fanning biron bo'limini o'rganib bo'lgach amalga oshiriladi.
Press-konferensiya-seminar. Agar seminarda muraakab bo'lgan nazariy muammolarni ko'rib chiqish nazarda tutilgan bo'lsa, uni press-konferensiya shaklida o'tkazish mumkin bo'ladi. Ushbu shaklning quyidagi ko'rinishlari ma’lum:
- guruh muammoga doir savollar tuzadi, eng ko'p savol tuzgan talabalar presskonferensiya ishtirokchilari guruhiga (savollarga javob beruvchilar guruhiga)
kiritiladi;
- guruh savollar tuzadi va eng qiziq savollarning mualliflari stol yoniga o'tkaziladi, ular guruhga o'z savollarini beradilar;
- guruh savollar tuzadi o'qituvchi esa ular orasidan auditoriga qarab o'tiruvchilarni, savollarga javob beruvchilarni tanlab oladi;
- savollardan kichik guruhlar tuziladi, ular o'qib eshittirilgach guruh nisbatan mantiqiy va qiziq savollar “paketini” aniqlaydi, savol mualliflari ularni guruhga beradi; 3-6 kishidan iborat bo'lgan guruh optimal guruh hisoblanadi. Guruhlarga birlashtirish o'qituvchi tomonidan (asosan haqqoniy ravishda) qur’a tashlash yo'li bilan yoki o'z tanloviga binoan amalga oshirilishi mumkin.
Ochiq munozara-seminari ko'pgina o'qituvchilar tomonidan guruhda yoki kursda o'tkazilishi tavsiya etiluvchi mashg'ulot turldaridan biridir. Bunday seminarda munozara uchun olib chiqiladigan savollarning mazmuni bizning ilmiy adabiyotlarimizda muhokama etiluvchi muammolar bo'yicha bo'lishi mumkm. Bunda bir talabaga faqatgina bitta nuqta’i-nazarni bayon etish, boshqa talabaga esa boshqa nuqta’i-nazarni bayon etishiga ruhsat beriladi. Ochiq munozarani shunday tashkil etish muhimki, talabalar tortishayotgan tomonlarning ham kuchli, ham kuchsiz qirralarini ko‘ra olsinlar. Agar ilmda munozaraning yakuni yasalgan bo'lsa va nuqta’i-nazarlarning biri umumqabul qilinsa, o'qituvchi seminarda ham bu fikr qayd etilishini ta’minlashi kerak. Ochiq munozara-seminari ishtirokchilarning diologik muloqoti jarayoni sifatida tashkil etiladi, bu jarayonda talabalar yuqori darajadagi qiziqish va faollikni namoyon etadilar, ishga ijodiy yondoshadilar. Munozara biron-bir fanga doir keng qarashlarning mavjud bo'lganida amalga oshiriladi. Aks holatda faqatgina mavzuni muhokamasi bilan chegaralanish mumkin bo'ladi. Munozarani mavzuli yo'naltirilgan bahs tarzida amalga oshirilishini tashkil etishning muhim shartlari quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin:
-munozaraning barcha ishtirokchilari unga tayyor bo'lishlari lozim;
- munozaraning har bir ishtirokchisi o'z chiqishiga oid aniq qisqa tezisga ega bo'lishi kerak;
- munozarani jonlantirish uchun “mashq” qilib ko'rish mumkin;
- munozara ishtirokchilarining so'z bellashuvi bo'lmasligi, balki muammoni hal etishga qaratilishi lozim.
Ushbu muammoning hal etilishi uchun muhokama ishtirokchilarining o'zaro harakatlarining to'g'ri tashkil etilishi juda muhim hisoblanadi. Chet ellik tadqiqodchilar ochiq-munozara - seminari vaqtida talabalar va o'qituvchining fazoviy joylashuvi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratadilar. Ishtirokchilarning yuzma-yuz joylashuvi, ya’ni “aylana stol” tamoyili asosida o'tirishlari bir-birlariga qarata aytiluvchi fikrlarning ko'payishiga olib keladi. Agar o'qituvchi talabalarning orasida o'tirsa yoki kuzatuvchi sifatida tinglovchilarga yon tomoni bilan o'tirgan bo'lsa ishtirokchilar unga murojaat etmay, bir-birlariga murojaat etadilar. Bunday holat o'qituvchiga guruhni boshqarishga xalal bermaydi va ishga doir muhitni nisbatan kamaytiradi.
Didaktik o'yin - seminari. Bu guruh bilan hal etilishi lozim bo'lgan qandaydir
pedagogik vaziyatlarni modellashtirish va jonlantirishni (o'ynashni) nazarda tutadi.
Bunday tashkil etiluvchi seminar shakli o'qituvchining boshqaruvi ostida guruhdagi talabalarning faol o'zaro hamkorligini ta’minlab beradi.
“Aylana stol” - seminari. Ikki ko'rinishdagi aylana stolni farqlash mumkin. Birinchisi ishtirokchilar sonining nisbatan ko'p bo'lmasligi bilan ajralib turadi (akademik guruh). “Aylana stol” atrofidagi munozara barcha ishtirok etuvchilar uchun mo'ljallangan bo'lib, bu holatda “aylana stol”ning bevosita ishtirokchilari yarim aylana ko'rinishida joylashtiriladilar va barcha boshqa ishtirokchilarga nisbatan “jamoaviy ma’ruzachi” sifatida qatnashadilar, tanlangan mavzuni yoritilish yo'nalishlarini belgilaydilar, ovoz chiqarib muhokama qiladilar, hodisalarning ichki qarama-qarshiliklarini ochib beradilar. Ishtirokchilar o'zlarining savollari, fikrlari, tanqidiy mulohazalari, e’tirozlari bilan shaxsan qatnashishlari mumkin bo'ladi. G.N. Panarinoy tomonidan ishlab chiqilgan aylana stol qarshisida seminar olib borish metodikasi o'zgacha qiziqish uyg'otadi. Unga ko'ra, pedagogik fanlar bo'yicha seminarga tayyorlanish uchun talabalarga “an’anaviy” tarzdagi savollar va kerakli adabiyotlar taklif etiladi. Bevosita seminarda savollar o'zgacha ko'rinishda (redaksiyalangan tarzda), muammoli ravishda taqdim etiladi, bunda talabalarning fikrlariga qarshi fikr bilinib turishi lozim bo'ladi. Mashg'ulotning boshida, muammo e’lon qilib bo'lingach “aylana stolning” har bir ishtirokchisi savollar ma’nosini chuqurroq anglab olishi uchun savollarning biri bayon etilgan kartochkalarni oladi. Taklif etilgan savol ustida fikrlab olingach (3-5 daqiqa) o'rganilayotgan muammo bo'yicha o'quv munozarasi tashkil etiladi. Har bir savolni muhokamasini uning javobini o'ylab ko'rish imkoniyati bo'lgan talaba (talabaga berilgan kartochkada aynan shu savol bo'lgan) boshlab beradi, biroq munozaraga darhol boshqa ishtirokchilar ham qo'shiladilar. Munozarani jonlantirish va “aylana stol” ishtirokchilari tomonidan muammoning to'g'ri yechimini topish uchun buyuk va mashhur pedagoglarning fikrlari, jumlalar va gazetada nashr etilgan maqolalar, amaliyotda uchragan misollardan namunalar va boshqalar keltiriladi.
≪Aqliy hujum≫ - seminari. Ushbu metodikaning o'tkazilishi ta’lim berish amaliyoti va boshqaruv masalalarini qabul qilishda juda mashhur hisoblanadi. Uni yanada batafsil ko'rib chiqamiz. “Aqliy hujum” - hamkorlikning shunday shakliki, barcha guruhning hamkorlikdagi faoliyati nazariy yoki amaliy muammoning original va eng maqbul yechimini topishga qaratilgan. Aqliy hujumni o'tkazishning juda ko'p metodikalari mavjud. Ularning tanlovi muammoning, ijodiy guruhning xarakteri va boshqa omillarga bog'liqdir.
Aqliy hujum ishtirokchilari uchun qoidalar.
1. Eng ko'p miqdordagi g'oyalarni bayon eting. Sifatdan ko'ra miqdorga ko'proq e’tibor qarating. Jumlalarni qisqa tarzda bayon eting.
2. Hech qanday tanqid, e’tiroz va hazil qilinmasin!
3. Barcha g'oyalarni qabul qiling ( hattoki, aql bovar qilmaydiganlarini ham), mantiqiy fikrlashga emas, balki fantaziya, faraz, taxminni ortiqroq biling.
Aqliy hujum uchun taxminiy belgilangan vaqti.
1. Aqliy hujum o'tkazilishini e’lon qilish va vazifa mazmunini tushuntirish ( 2-3 kun avval).
2. Aqliy hujum seansi (1,5-2 soat).
- ishtirokchi va guruhlarni, Aqliy hujum qoidalari bilan tanishtirish (5-10 daqiqa),
- vazifani e’lon qilish, savollarga javob berish (10-15 daqiqa),
- Aqliy hujumni o'tkazish (20-30 daqiqa),
- tanaffus (10 daqiqa),
- g'oyalarning redaksiyalangan ro'yhatini tuzish (30-45 daqiqa)
Xona yorug' va qulay bo'lishi kerak. Ishtrokchilar bir-birlarini ko'rib turadigan tarzda o'tirishlari lozim (aylana yoki P shakldagi stol). Aqliy hujum natijalarini qayd etib borish va ishga doirlashtirishga e'tibor qaratish kerak. O'qituvchi barcha g'oyalarni doskaga, flipchartga yozadi yoki ekranda ko'rsatiladigan qilib jihozlangan kompyuterda terib boradi. Bu vazifani biron-bir talabalardan biri bajarishi ham mumkin. Aqliy hujumdan so'ng g'oyalar ro'yhatini jamoaviy ravishda tezda redaksiyalash amalga oshiriladi. Ulaming barchasi guruhlar bo'yicha taqsimlanildi: darhol amalga oshirish mumkin bo'lgan g'oyalar, nisbatan samarali va istiqbolli g'oyalar va boshqalar. Hayotga tadbiq etish uchun umuman tuturiqsiz va murakkab bo'lgan g'oyalar ro‘yhatdan chiqarilib yuboriladi. Shundan keyin ro'yhatni oxirgi marotaba qabul qilinadi.
Kollokvium - seminar. Kollokvium, ya’ni talabalar bilan suhbatlashishning maqsadi talabalar bilimining darajasini qay darajada chuqurligini bilib olishdir. Ayrim holatlarda uni dasturda ko‘rsatib o'tilmagan, biroq talabalarda u yoki bu qismlari bo'yicha qiziqish uyg'otuvchi qo'shimcha mavzular bo'yicha ham o'tkaziladi. Boshqa holatlarda esa guruh tomonidan yetarlicha o'zlashtirilmagan kursning biron-bir murakkab mavzulari bo'yicha qo'shimcha mashg'ulotlar bo'yicha
o'tkaziladi. Va nihoyat, kollokviumlar biron sababga ko'ra oxirgi seminarlarda javob berib baholanmagan yoki ularda qatnashmagan talabalarning bilim darajalarini aniqlash maqsadida o'tkaziladi. Bunday vaziyatda kollokvium o'tilgan mavzular bo'yicha o'ziga xos zachyot vazifasini amalga oshiradi.
Tadqiqod - seminar. Maxsus seminarni o'tkazishda seminar mashg'ulotlarining o'ziga xos shakli - tadqiqod-seminari qo'llanilishi mumkin. Birinchi- uchinchi kurslar mobaynida olib borilgan seminarlar talabalarni ma’lum bir ilmiy muammo bo'yicha tadqiqod ishlarini olib boruvchi yosh tadqiqodchilar maktabi vazifasini bajaruvchi maxsus seminarga tayyorlaydi. Obro'li mutaxassis tomonidan o'tkaziluvchi maxsus seminar ilmiy maktab xarakteriga ega bo'lib, talabalarni jamoaviy fikrlash va ijod qilishga tayyorlaydi. Maxsus seminar davomida talabalarning mos ravishdagi guruhda ishlay olish ko'nikmasi, guruhda mo'ljal ola olishi va to'g'ri baholashi, maxsus usullarni qo'llay olishi muhim o'rinni egallaydi. Yakuniy mashg'ulotda o'qituvchi, qoidaga ko'ra, o'rganilgan muammolarning keyingi rivojlanishi va bu jarayonda talabalarning ishtirokini ochgan holda seminarlar va talabalarning ilmiy ishlarini to'liq obzorini amalga oshiradi. Bu kasbga yo'naltirishning va defektolog-mutaxassislarning kasbiy o'ziga xosligini shakllantirishning samarali usullaridan biridir. Tadqiqod-seminarini tashkil etishda talabalarning (turli kursdagi, fakultetdagi, oliy ta’lim muassasalaridagi) hamkorlikdagi tadqiqod loyihalarini, bir muammo bo'yicha solishtirma tadqiqodlarini kuchaytirish, shuningdek, amaliyotchi - tadqiqodchilarning o'z tadqiqodlarini master-klass ko'rinishida taqdimot qilishlariga jalb etish alohida o'rinni egallaydi.
Tashkilot, muassasa va x.k.da seminar. Bevosita muassasa, maktab, bolalar MTT negizida seminar-mashg'ulotini olib borishning bir shaklidir. Bunday seminarlar tez-tez amalga oshirilaverilmaydi, chunki, ularga tayyorgarlik juda ko'p
vaqtni sarflashni talab etadi. Shu bilan birga ularni o'tkazish ayniqsa talabalarni bo'lajak faoliyatlari bilan tanishtirishda juda katta samara beradi.
“Ishga doir o'yin”-seminari. Bu holatda seminar rolli “ko'rsatmani” oladi. Qanday material muhokama etilayotganidan kelib chiqgan holda boshlovchi, opponent, resenzent, mantiqchi, psixolog, ekspert va x.k. rollarni kiritish mumkin. Sharhli o'qish va hujjatlarni (adabiyotlarni) tahlil etish. Dastlabki manbalarni sharhli o'qish - bu seminarning shunday turiki, bunda, o'qituvchining ko'rsatmasiga ko'ra talabalarning biri ovoz chiqarib u yoki bu asarni o'qiydi, so'ngra, o'qiganlarini qanday tushunganligini tushuntirib beradi. Boshqa talabalar esa aytilganlarni to'g'rilaydilar va qo'shimchalar kiritadilar. Keyin navbatdagi qismni boshqa talaba o'qiydi, yana o'qilganlarning muhokamasi amalga oshiriladi va x.k. Mustaqil fikrlab vazifalarni hal etish. Test topshiriqlari va mashqlarni seminar mashg'uloti davomida yechilishi talabalarning faol tafakkurini rivojlanishi uchun juda foydalidir. Agar yaqin kunlarga qadar masalalarning yechilishi tabiiy fanlar doirasidagi mashg'ulotlarda amalga oshirilgan bo'lsa, oxirgi yillar davomida bu gumanitar fanlar doirasidagi mashg'ulotlarda ham qo'llanilib kelinmoqda.
Xuddi shunday, tarbiyaviy ishlar metodika bo'yicha seminar mashg'ulotlarini
o'tkazishda psixologo-pedagogik masalalar taklif etilishi mumkin. Mutaxassislik bo'yicha barcha fanlarni o'qitishda katta samara bilan test topshiriqlaridan foydalanilmoqda. Tinglash mahorati eng faol mahoratlardan biri bo'lib, u fikrlash jarayoniga asosan tahlil qiladi. Tinglash qobiliyati tinglovchining his kechinmalariga bog'liq bo'lib, bu hissiyot tinglovchining ichki va tashqi holati shu bilan birga bilimiga asosan tushunchalariga tayangan holda ko'rsatkich kelib chiqadi.
- Nima aytildi? matn
- Qanday aytildi? ton va xissiyot
- Qachon aytildi? vaqt
- Qayerda aytildi? joyi
Tinglash jarayoni tinch holatda lekin so'zlovchiga e’tibor bilan o'tadi, sxema
quyidagicha ta’riflanadi: javob qaytarishning bir nechta usullari mavjud bo'lib, shu
bilan birga javoblarning ham bir nechta mazmuni mavjud. Turli xil javoblar o'quvchilarning fikr va bilimlaridan kelib chiqqan holda individual va jamoaviy bo'lishi mumkin. Ta’lim sifatini kafolatlash maqsadida o'rganish va ta’lim nazariyadan foydalangan holda ta’lim xususiyatlarini sistematik ishlab chiqish. O'qitish va qo'llab-quvvatlashning pedagogik prinsiplaridan kelib chiqsak, talabalarning o'rganishi onlayn yoki internetga asoslangan modullarni, kurslarni va
dasturlarni tuzish va ishlab chiqishga moslashtirilishi lozim. Sxema juda muhim jihat, chunki u o'rganishning maqsadlari va talablarini tahlil qilishning butun jarayoniga taqaladi va o'qitish sistemasini ishlab chiqish ushbu talablarga mos kelishi lozim. U o'qitish materiallarini, faoliyatni, amaliyot elementlarini ishlab chiqish (ko'pincha texnologiyalardan foydalangan holda) va barcha o'qitish va o'rganish faoliyatini baholashni o'z ichiga oladi.
Ushbu bo'lim kichik guruhlarda dars o'tish usullarini tahlil qilib bir nechta guruh shakllari ko'rsatib berilgan. Guruhdagi holat va jarayon taqdim etilgan fikr va mulohazalar ko'rsatilgan. Bo'limni o'qib chiqib kichik guruhlarda dars berish faoliyatida maxoratni oshirib dars o'tish sifatini yaxshilash mumkin.
Oliy ta’limda o'qitishning yana bir shakli-bu seminar mashg'ulotidir. Seminar mashg'ulotlari quyidagi vazifalarni yechishga qaratilgan bo'ladi:
• ma’ruzada bayon qilingan nazariy qoidalarni mustahkamlash;
• fan bo'yicha bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish;
• talabalarning ilmiy-tadqiqot, bilish qobiliyatlarini o'stirish;
• nazariy o'qitish jarayonida egallagan bilimlarining amaliyotda tan olinishi.
Seminar mashg'ulotlarining uch turi farqlanadi: seminaroldi mashg'uloti, seminar va maxsus seminar.
|
| |