• O‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimidagi o‘ziga xos oqitish shakllari Ma’ruza turlari va ularga qoyiladigan talablar. Ma’ruza
  • Dars turlari va ularning tuzilishi




    Download 458,85 Kb.
    bet48/89
    Sana19.02.2024
    Hajmi458,85 Kb.
    #158634
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   89
    Bog'liq
    “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.org

    Dars turlari va ularning tuzilishi. Darsda bilimlaming o'zlashtirilishi, malaka va ko'nikmalarning hosil qilinishi murakkab, qarama-qarshi jarayondir. O'quv materialini o'rganishning turli vazifalari, yo'llari, usul va formalari vujudga keladi, buning natijasida darsning juda ko'p turlari, uning har xil variantlari paydo bo'ladi. Ayni vaqtda ta’lim tizimida eng ko'p qo'llaniladigan dars turlari quyidagilardir:
    1. Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.
    2. O'tilgan materialni mustahkamlash darsi.
    3. O'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini tekshirish darsi.
    4. Takroriy-umumlashtiruvchi dars.
    5. Aralash dars.
    Ta’lim jarayonida eng ko'p qo’llaniladigan dars yangi bilimlarni bayon qilish
    darsidir. Bu darsning tuzilishi quyidagicha:
    1. Darsni tashkil qilish.
    2. Yangi bilimlarni bayon qilish.
    3. Yangi bilimlarni mustahkamlash.
    4. Yangi bilimlar ustida mashq o'tkazish.
    5. Yangi bilimlarga bog'liq uy mashg'ulotlari berish.
    6. Darsni yakunlash.
    Dars turlarining o'zgarishi bilan darsning tuzilishida ham o'zgarishlar bo‘ladi.
    Masalan, dars turlari uyg'unlashgan darslarida darsning hamma elementlari mavjuddir:
    1. Darsni tashkil qilish.
    2. Uy topshiriqlarini bajarilishini nazorat qilish va baholash.
    3. Yangi mavzuni bayon qilish.
    4. Yangi mavzuni mustahkamlash.
    5. Uy topshiriqlari berish.
    6. Darsni yakunlash.
    Ta’lim tizimida, takrorlash va bilimlarni mustahkamlash darslari ham ko‘p
    qo'llaniladi. O'qituvchi dasturning ma’lum bir qismi, yirik mavzular o'tib bo'lingandan so'ng bunday darslar uyushtiriladi. Bu dars bilimlarni oraliq nazorat orqali baholashda ham xizmat qiladi.
    O‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimidagi o‘ziga xos o'qitish shakllari
    Ma’ruza turlari va ularga qo'yiladigan talablar.
    Ma’ruza (lotin tilida lectio-o'qish) - biror bir ilmiy, siyosiy mavzu bo'yicha
    o'quv materialini og'zaki bayon etish. Ma’ruza atamasining bir necha ma’nosi bor:
    1. Ma’ruza-o'quv materiali, biror masala, ilmiy, siyosiy mavzularning izchil tartibli og'zaki bayoni.
    2. Ma’ruza -oliy o'quv yurtlarida o'quv jarayonining asosiy shakli.
    3. Ma’ruza-omma oldidagi biror materialni bayon qilish uchun tayyorlangan axborotlar majmui.
    Ma’ruza o'quv jarayonini tashkil etishning asosiy shakllaridan biri hisoblanib, o'qituvchi tomonidan o'quv materiallarini og'zaki ravishda, monologik shaklda, tizimli, ma’lum bir ketma-ketlikda bayon etishni nazarda tutadi. Oliy ta’lim paydo bo'lganidan buyon ma’ruza asosiy o'qitish shakli bo'lib qolmoqda (latin tilidan olingan bo'lib, lection - o'qish deganidir). Ma’ruzada o'qituvchi tizimli ravishda yangi bilimlarni beradi va o‘quv kursi bo'yicha murakkab bo'lgan muammolar tushuntirib berilishi lozim. Ma’ruza o'quv mashg'ulotlari orasida yetarli darajadagi murakkablikka ega mashg'ulot turi hisoblanadi, shuning uchun ham uni nisbatan tajribali o'qituvchilarga ishonib topshiriladi.
    Ma’ruzaning vazifalari quyidagilardir: o'quv fani bo'yicha bilimlar tizimini shakllantirish; ilmiy materiallarni argumentlaini keltirib(asosli ravishda) bayon etish malakasini shakllantirish; kasbiy fikrlash doirasini va umumiy madaniyatni shakllantirish; darslik va o'quv qo'llanmalarida hali yoritilmagan yangi bilimlarni bayon etish. Ma’ruzaning vazifalari quyidagilardir: informatsion (ma’lumot berish) - bilimlar tizimini bayon etish; motivatsion - o'quv fani mazmunini o'zlashtirishga bo'lgan qiziqishni va bo'lajak mutaxassisning kasbiy motivini uyg'otish; mo'ljal oldiruvchi - o'quv materialini kelajakda ham o'zlashtirilishi uchun asos yaratish; tarbiyaviy - ta’lim jarayoniga ongli munosabatni shakllantirish, mustaqil ishlash va
    mutaxassislikni har tomonlama egallashga intilish, o'quv faniga qiziqishni rivojlantirish, talabalarning tafakkurini faollashtirishga ko'maklashish. Hozirgi kunda mashg'ulotlarni ma’ruza metodida olib borilishiga qarshilik qiluvchilarning soni ortib bormoqda. Ularning fikrlariga ko'ra ma’ruzaning kamchiligi, avvalambor, talabalar faolligining yetarli emasligi, ular tomonidan ma’lumotlarni yetarlicha ishlanmasligi talabalarning ijodiy faoliyatining mavjud bo'lmasligi, ularning tanqidiy tafakkurini, ma’lumotlarni amaliy qo'llash va ularni mustahkamlashni so'ndirishidadir. 1980-yillarning oxirida olib borilgan ilmiy ishlarning ko'pchiligida ma’ruzalarda o'tirish talabalarning o'rganishi uchun doimo ham samarali yo'l bo'la olmaydi degan fikr ta’kidlanib, keyingi yillarda ma’ruzalar miqdorining kamayishi kuzatiladi. Ammo ma’ruza hozirgacha ham talabalarning ta’limiy tajribasi uchun muhim qism bo'lib qolmoqda, hatto masofali ta’lim olayotgan talabalar ham internet orqali yozilgan ma’ruzalarni ko'rishlari va tinglashlari, yoki real vaqtda onlayn ma’ruzalarda video-konferensiya texnologiyalari orqali ishtirok etishlari mumkin. Shunday fikrlar ham borki, ma’ruzalarning saqlanib qolganligiga oxirgi o'n yil davomida Buyuk Britaniyada talabalar sonining sezilarli oshganligi sabab bo'lgan. Chunki bilimlarni yetkazishning boshqa samarali vositalari ham mavjud. Biroq tajribalarning ko'rsatishiga ko'ra, ma’ruzadan voz kechish talabalar tayyorgarligining ilmiy darajasini pasaytiradi, shuning uchun ham ma’ruza xuddi avvalgidek, oliy ta’lim muassasalarida o'quv jarayonini tashkil etishning asosiy shakli bo'lib qolmoqda. O'quv jarayonida ta’limning ma’ruza shakli boshqa bir shakldagi mashg'ulot bilan almashtirishning iloji bo'lmasa bir qator vaziyatlar yuzaga keladi
    - ≪yangi o'qitilayotgan kurslar bo'yicha darsliklar mavjud bo'lmagan vaziyatda ma’ruza - asosiy ma’lumot manbai hisoblanadi;
    - ma’lum bir mavzu bo'yicha yangi o'quv materiali hali darslikdan o'rin egallamaganda yoki uning bo'limlari eskirganda ham ma’ruza – asosiy ma’lumot manbai hisoblanadi;
    - darslikning ayrim mavzulari mustaqil o'zlashtirish uchun murakkab bo'lib, ma’ruzachi tomonidan metodik qayta ishlanishini talab etadi;
    - kursning asosiy muammolari bo'yicha qarama-qarshi konsepsiyalar mavjud bo'lganda ma’ruza ularning obyektiv yoritilishi uchun muhimdir;
    - ma’ruza ma’ruzachining talabalarning dunyoqarashini shakllantirish maqsadida shaxsiy hissiy ta’sir etishi talab etilganda juda muhim hisoblanadi va hech bir mashg'ulot turi bilan almashtirib bo'lmaydi. Ma’ruzaning hissiy bezaklari chuqur darajadagi ilmiy mazmun bilan uyg'unlashib, tinglovchilar bilan fikr, so'z va idrok orasidagi muvofiqlikni yaratadi. Ma’ruzaning hissiy ta’siri ijtimoiy fanlarni o'qitishda muhim o'rinni egallaydi.≫ Yaxshi tayyorlangan ma’ruza qo'yidagi jihatlarga ega bo'lishi lozim:
    - ma’lumotlar bilan boyitilgan, qiziqarli va jalb etuvchi bo'lishi
    - mazmuni yaxshi tashkillashtirilgan va tinglashga oson.
    Talabalar argumentining ishlab chiqilishini, yoki ma’lumot va g'oyalarning ketma-ketligi mantig'ini tushuna olishadi. Talabalar o'zlarini jalb etilgan deb his qilishi. Bu faol qatnashish, ular qo'llay oladigan muvofiq namunalar orqali o'zlarining fikrini bildira olishi orqali ta’minlanishi mumkin. Guruhning hajmidan qat’iy nazar, talabalarni ularga savol berish orqali ma’ruza mazmuniga jalb etish talabalarni qiziqtirishning muhim usuli.
    -Talabalar vaqt tez o'tganini sezmay qolishadi
    -Talabalar guruh xonasidan ma’lum bir ma’lumotni egallagan his bilan chiqishadi, va ko'p hollarda manbalarni qidirib, ko'proq ma’lumot olishga ilhomlanishadi.
    Ma’ruzaning tuzilishini ko'rib chiqamiz. Ma’ruzaning odatiy tuzilmasiga elementlariga kirish, asosiy qism, xulosa kiritiladi.
    Kirish - auditoriyani o'quv materialini idrok etishga qiziqtirish va yo'naltirish maqsadiga ega bo'lgan ma’ruzaning bir qismidir. Ma’ruzaning bu qismiga: ma’ruza mavzusini bayon etish, uning kasbiy ahamiyatini, yangiligini va uning o'rganilganlik darajasini, ma’ruza maqsadini tavsiflash, ma’ruzada ko'rib chiqilishi lozim bo'lgan asosiy muammolarni qamrab olgan ma’ruza rejasini bayon etish, avvalgi ma’ruzada ko'rib chiqilgan savollarni yodga solish, ularning yangi material bilan bog'liqligini, uning ushbu fandagi ahamiyati, o'rnini, shuningdek, boshqa fanlar tizimidagi o'rnini belgilashni qamrab oladi.
    Asosiy qism - taklif etilgan rejaga qat’iy amal qilgan holda ma’ruza mazmunini bayon etish. Ma’ruza mavzusini ochib beruvchi konseptual va dalilli materiallarni, ularni tahlili va baholanishini, ilgari surilayotgan nazariy qoidalarni turli usullarda argumentlash va isbotlashni qamrab oladi. Ma’ruzaning turiga qarab ish turi aniqlanadi.
    Xulosa - ma’ruzani umumiy xulosalash, materiallarni umumlashtirish, ma’ruza mavzusi bo'yicha xulosalarini bayon etish; talabalarning savollariga javob berish.
    Zamonaviy pedagogik texnologiyalar materiallarni ma’ruza ko’rinishida bayon etishning an’anaviy ustunliklarini saqlab qolgan holda ma’ruza metodining kamchiliklarini yengib o'tishga harakat qilmoqda. Xuddi shunday, muammoli ma’ruza materialni bayon etish davomida hal etilishi lozim bo'lgan savollardan, muammoni belgilashdan boshlanadi. Bunda muammoni hal etishning tayyor shakli talabalarning tajribasida mavjud bo'lmaydi, ya’ni savolga javob topish uchun fikrlash, farazlarni ilgari surish va ularni tekshirib ko'rish talab etiladi. Ma’lumotli ma’ruzada o'qituvchi tomonidan ma’lum bo'lganlar narsalar o'rgatilishi va talabalardan ularni eslab qolishning o'zi talab etilsa, uning mazmunidan farqli ravishda, muammoli ma’ruzada yangi bilim talabalar uchun shaxsiy ixtirolari sifatida o'rgatiladi. Muammoli ma’ruzada talabalarning tafakkurini boshqarish uchun o'qituvchi tomonidan avvaldan tayyorlab qo'yilgan muammo va ma’lumotli savollar qo'llaniladi.
    Muammoli savollar - bu javoblari avvalgi o'rganilgan mavzularda ham, bayon etilayotgan materialda ham (doskadagi yozuvlarda, devordagi jadvallarda va x.k.) bo'lmagan va talabalarda intelektual qiyinchiliklarni yuzaga keltiruvchi savollardir. Muammoli savollar o'z ichiga noma’lumlarni, yangi bilimlarni qamrab olib, ularni egallash uchun qandaydir intellektual harakat, ma’lum bir maqsadga yo'naltirilgan tafakkur jarayoni talab etiladi. Ma’lumotli savollar muammoni tushunish uchun talabalarda mavjud bo'lgan bilimlarni aktuallashtirish va uni hal etish bo'yicha aqliy faoliyatni boshlash maqsadida beriladi. Shunday qilib, o'quv materiali o'quv muammosi sifatida ilgari suriladi. U ma’lum sharoitda ayrim qarama-qarshiliklarga ega va ushbu qarama-qarshiliklar oydinlashuvchi yakuniy savollar bilan tugaydigan idrok vazifalarining mantiqiy shakliga ega. Muammoli bayon etish uchun o'quv fanining asosiy konseptual mazmunini tashkil etuvchi, bo'lajak kasbiy faoliyat uchun nisbatan muhim bo'lgan va talabalar tomonidan o'zlashtirilishi qiyinroq bo'lgan kursning muhim bo'limlari tanlab olinadi. O'quv muammolari o'zlarining murakkabligi jihatidan talabalarga mos bo'lishi, o'quvchilarning bilish jarayonlarini hisobga olingan, o'rganilayotgan fandan kelib chiqgan holda yangi materialni o'zlashtirishda va shaxsni - umumiy va kasbiy rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo'lishi zarur.
    Vizuallashtirish (namoyish etish)- ma’ruzasi ko'rgazmalilik tamoyilini yangicha qo'llanilishiga misol bo'la oladi, uning faol o'qitishning shakllari va metodlari haqidagi psixologo-pedagogik ilm ma’lumotlari mazmuniga ta’siri natijalari hisoblanadi.
    Vizuallashtirish (namoyish etish)- ma’ruzasi talabalarni og'zaki va yozma ma’lumotlarni vizual shaklga aylantirishga o'rgatadi, u esa ta’lim mazmunida mavjud bo'lgan ahamiyatli elementlarni ajratish va tizimlashtirish hisobiga kasbiy tafakkurni shakllantiradi. O'qituvchi tomonidan ushbu turdagi ma’ruzaga tayyorlanish deganda ma’ruza mashg'uloti mavzusi bo'yicha o'quv materiallarini ta’limning texnik vositalari yoki qo‘lda (chizma, rasm, jadvallar va x.k.) talabalarga taqdim etish uchun vizual shaklga keltirish nazarda tutiladi. Bu turdagi ma’ruzani o‘qish ma’ruza mavzusini to'liq ochib beruvchi o'qituvchi tomonidan tayyorlab kelingan ko'rgazmali materiallarni keng va bog'liq ravishda sharhlash darajasiga yetkaziladi. Bunday turda taqdim etilgan ma’lumotlar talabalarning kasbiy va idrok etish faoliyatida muhim hisoblangan ular tomonidan o'rganilgan bilimlarni tizimlashishini ta’minlashi, muammoli vaziyatlarni vujudga keltirishi va ularning yechimini topishga imkon yaratishi, turli turdagi ko'rgazmalarni namoyish etishi kerak.
    Ma’ruzaning bu turini talabalar bilan yangi bo'lim, mavzu, fanni o'rganishni
    boshlashda qo'llash yaxshi natija beradi. Bunda yuzaga keluvchi muammoli vaziyat materialni o'rganishga, o'qishning boshqa turlarida ko'rgazmali ma’lumotlarni rivojlantirish ko'nikmasiga psixologik ko'rsatmani yaratadi. Hamkorlikdagi ma’ruza muammoli mazmundagi o'quv materialini ikki o'qituvchining o'zaro jonli diologik muloqotida taqdim etilishidir. Bunda ikki mutaxassisning nazariy muammolarni ikki nuqtai-nazardan muhokamasi kabi aniq kasbiy va malakali vaziyat gavdalanadi, masalan, nazariyotchi va amaliyotchi muhokamasi, biron-bir fikr tarafdori va bu fikrga qarshi mutaxassisning kabi. Ma’ruzaning bu turi talabalarning tanqidiy tafakkurini faol ravishda rivojlanishiga hizmat qiladi. Bu jarayonda o'qituvchilarning o'zaro diologi yechimi izlanayotgan muammoning yechimini hamkorlikda izlash madaniyatini namayon etishi va bu jarayonga talabalarning savollar, o'z nuqtai-nazarlarini bayon etish, muhokama etilayotgan ma’ruza mavzusiga o'z munosabatlarini shakllantirish, yuz berayotgan hodisalarga hissiy javob qaytarishlarini jalb etishi lozim. Ma’ruza vaqtida har ikki o'qituvchining yuqori darajadagi faolligi talabalarda fikran va ahloqan faol bo'lishni keltirib chiqaradi, bu esa faol ta’lim olishga xos bo'lgan xislat hisoblanadi: talabalarning bilish jarayoniga jalb etilganligi o'qituvchilarning faolligi bilan mos keladi.
    Yuqorida sanab o'tilganlardan tashqari talabalar munozara qilish madaniyati, dialogga kirishish usullari, hamkorlikdan izlanish va yakuniy to'xtamga kelish haqida ko'rgazmali ravishdagi tasavvurga ega bo'ladilar. Oldindan rejalashtirilgan xatoliklar bilan olib boriladigan ma’ruza talabalarda kasbiy vaziyatlarni operativ ravishda tahlil etish, ekspert, opponent, resenzent sifatida qatnashish, noto'g'ri yoki noaniq ma’lumotlarni ajratib ko'rsata olish ko'nikmasini rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan.
    O'qituvchining ma’ruzaga tayyorgarligi shundan iborat bo'ladiki, ma’ruza mazmuniga ma’lum miqdorda semantik, metodik yoki ahloqiy doiradagi xatoliklar kiritilishi talab etiladi. Bunday xatoliklarning ro'yhatini o'qituvchi ma’ruzaga olib keladi, biroq ularni talabalarning e’tiboriga ma’ruzaning oxirida taqdim etadi. Talabalar tomonidan yo'l qo'yiladigan va ma’ruza o'qish jarayonida o'qituvchilar tomonidan ko'p holatlarda uchraydigan xatoliklar tanlab olinishi maqsadga muvofiqdir. O'qituvchi ma’ruzani shunday mahorat bilan olib borishi va yo'l qo'yilgan xatolarni yashirishi kerakki, unda yo'l qo'yilgan xatoliklarni talabalar yaqqol va tez aniqlay oladilar. Talabalarning vazifasi shundan iborat bo'ladiki, daftarlariga yo'l qo'yilayotgan xatolarni qayd etib borishlari va ma’ruzaning so'ngida ularni bayon etishlari talab etiladi. Xatolarni muhokamasi uchun 10-15 daqiqa ajratiladi. Mana shu muhokama jarayonida o'qituvchi, talabalar yoki hamkorlikda savollar emas, balki to'g'ri javoblar berib boriladi.
    Ma’ruza ko'rinishida bayon etishning an’anaviy ustunliklarini saqlab qolgan
    holda ma’ruza metodining kamchiliklarini yengib o'tishga harakat qilmoqda. Xuddi shunday, muammoli ma’ruza materialni bayon etish davomida hal etilishi lozim bo'lgan savollardan, muammoni belgilashdan boshlanadi. Bunda muammoni hal etishning tayyor shakli talabalarning tajribasida mavjud bo’lmaydi, ya’ni savolga javob topish uchun fikrlash, farazlarni ilgari surish va ularni tekshirib ko'rish talab etiladi. Ma’lumotli ma’ruzada o'qituvchi tomonidan ma’lum bo'lganlar narsalar o'rgatilishi va talabalardan ularni eslab qolishning o'zi talab etilsa, uning mazmunidan farqli ravishda, muammoli ma’ruzada yangi bilim talabalar uchun shaxsiy ixtirolari sifatida o'rgatiladi.

    Download 458,85 Kb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   89




    Download 458,85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dars turlari va ularning tuzilishi

    Download 458,85 Kb.