• FSMU texnologiyasi
  • Turon zarmed universiteti




    Download 458,85 Kb.
    bet46/89
    Sana19.02.2024
    Hajmi458,85 Kb.
    #158634
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   89
    Bog'liq
    “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.org

    FSMU texnologiyasi
    Trening xaqida tushuncha. Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, bahs-munozaralar o'tkazishda yoki o'quv - seminari yakunida (tinglovchilarning o'quv-seminari haqidagi fikrlarini bilish maqsadida), yoki o'quv rejasi asosida biron bo'lim o'rganib bo'lingach qo'llanilishi mumkin, chunki bu texnologiya tinglovchilarni o'z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o'z fikrini boshqalarga o'tkazishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan qatorda o'quvchi-talabalarni, o'quv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o'rgatadi.
    Maqsad. Ushbu texnologiya tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog'ozga o'z
    fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.
    FSMU texnologiyasi
    (F) - fikringizni bayon eting.
    (S) - fikringiz bayoniga biron sabab ko'rsating.
    (M) - ko'rsatilgan sababni tushuntiruvchi (isbotlovchi) misol keltiring.
    (U) - fikringizni umumlashtiring.
    Qarorlar shajarasi. Muammo qo'yiladi. Talabalar, o'quvchilar 3, 4, 5 guruhga bo'linadilar. Topshiriq topshiriladi, guruhlar qatorlari muhokama qilinib, yakuniy xulosa chiqariladi.
    Muz yorish. Talabalar, o'quvchilar orasidagi notanish ish, noqulay ishni yo'qotish maqsadida guruh, sinf kichik guruhlarga bo'linib o'zlari haqida gapirib berish taklif qilinadi. Shu bilan yaxshi muloqot o'zaro hakamlikka sharoit yaratiladi.
    Yoki biror noma’lum narsa haqida o 'z bilganlari bilan hamkorlashib to'g'ri xulosa qilinadi. O'qitishning samaradorligini oshirishda o'quv jarayonida ≪Blis o'yin≫, ≪Chorraha≫, ≪Muomala texnologiyasi≫, turli ish o'yinlari texnologiyasi kabilardan ham foydalanish mumkin. Masalan, ≪Agar men ... bo'lsam≫, ≪Men shunday qilgan bo'lardim≫ kabilar. Yuqorida misol tariqasida keltirilgan ushbu zamonaviy metodlar, treninglarda qo'llanilgan texnologiyalar o'quvchi-talabalarda mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishga yordam beradi.

    Download 458,85 Kb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   89




    Download 458,85 Kb.