• Tarmoqlar≫ metodi (Waster)
  • Bumerang≫ texnologiyasi
  • O‘qitish jarayonida qo’llaniladigan texnologiyalarni turlari




    Download 458,85 Kb.
    bet45/89
    Sana19.02.2024
    Hajmi458,85 Kb.
    #158634
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   89
    Bog'liq
    “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.org

    O‘qitish jarayonida qo’llaniladigan texnologiyalarni turlari
    O'qitish jarayonida o'quvchi-talabalarga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarni qo’llanilishi ularni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondoshish, mas’uliyatni sezish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tahlil qilish, ilmiy adabiyotlardan unumli foydalanishga, eng asosiysi, o'qishga, fanga pedagog va o'zi tanlangan kasbiga bo'lgan qiziqishlarini kuchaytiradi. Bunday natijaga erishish amaliyotda o'quv jarayonida innovasion va axborot texnologiyalarni qo'llashni taqozo etadi. Ular juda xilma-xildir. Biz ulardan ba’zilari haqida to'xtalib o'tamiz va ularni o'tkazish tartibi haqida qo'llanma beramiz. Ushbu metodik qo'llanmada keltirilgan zamonaviy metodlar yoki o'qitishning samarasini oshirishga yordam beruvchi texnologik treninglar o'quvchi-talabalarda mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishga, qobiliyatlarini rivojlantirishga, raqobatbardor, yetuk mutaxassis bo'lishlariga hamda mutaxassisga kerakli bo'lgan kasbiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi. O'qitish jarayonida turli texnologiyalardan foydalanish mumkin. Bularga quyidagilar karadi.
    ≪Aqliy hujum≫ metodi - o'qituvchi o'quvchi egallashi kerak bo'lgan mavzuni
    oddiydan - murakkabga tomon bosqichma bosqich loyihalab beradi.
    ≪Tarmoqlar≫ metodi - o'quvchi-talabani mantiqiy fikrlash, umumiy fikr doirasini kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni o'rgatishga qaratilgan.
    ≪3x4≫ metodi - o'quvchi-talabalarni erkin fikrlashi, keng doirada turli g'oyalarni bera olishi, ta’lim jarayonida yakka, kichik guruh holda tahlil etib, xulosa
    chiqara olishi, ta’rif bera olishiga qaratilgan.
    ≪Blits-o'yin≫ metodi - harakatlar ketma-ketligini to'g'ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o'rganayotgan predmeti asosida ko'p, xilma-xil fikrlardan, ma’lumotlardan kerakligini tanlab olishni o'rgatishga qaratilgan.
    ≪Intervyu≫ texnikasi - o'quvchi-talaba savol berish, eshita olish, to'g'ri javob
    berish, savolni to'g'ri tuzishni o'rgatishga qaratilgan.
    ≪Iyerarxiya≫ texnikasi - oddiydan murakkabga, murakkabdan oddiyga o'tish
    usullarini qo'llash orqali ularni mantiqiy, tanqidiy, ijodiy fikrlashga o'rgatishga qaratilgan.
    ≪Bumerang≫ texnikasi - o'quvchi-talabalarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, o'rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so'zlab bera olish, fikrini erkin holda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha o'quvchi-talabalarni baholay olishga qaratilgan.
    ≪Talaba≫ treningi - o'quvchi-talabalar bilan individual holda ishlash o'qituvchi va talaba o'rtasidagi to'siqni yo'q qilish, hamkorlikda ishlash yo'llarini o'rgatishga qaratilgan.
    ≪O'qituvchi shaxsi≫ treningi - o'qituvchining innovasion faoliyatini ochib beruvchi ≪O'qituvchi shaxsiga qo'yiladigan talabalar≫ mavzusidagi mustaqil fikrlashga, ijodiy insho yozish orqali fikrlarni bayon qilishga qaratilgan.
    ≪Muloqot≫ texnikasi o'qituvchilarni auditoriya diqqatini o'ziga jalb etish, dars jarayonida hamkorlikda faoliyat ko'rsatishga, uni tashkil etishni o'rgatishga qaratilgan.
    ≪Boshqaruv≫ texnikasi o'qituvchilarni auditoriyani boshqarishdagi usullari
    hamda o'quvchi-talabalarni ish jarayonida boshqarish usullari bilan tanishtiruvchi va shunga o'rgatishga qaratilgan.
    Tarmoqlar≫ metodi (Waster)
    Fikrlarning tarmoqlanishi - bu pedagogik strategiya bo'lib, u o'quvchilarni biron bir mavzuni chuqur o'rganishlariga yordam berib, o'quvchilarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog'lagan holda tarmoqlashlariga o'rgatadi. Bu metod biron mavzuni chuqur o'rganishdan avval o'quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o'tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o'zlashtirish, umumlashtirish hamda o‘quvchilarni shu mavzu bo'yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.
    Bumerang≫ texnologiyasi
    Mazkur texnologiya bir mashg'ulot davomida o'quv materialini chuqur va yaxlit holatda o'rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo'naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo'lgan mavzularni o'rganishga yaroqli bo'lib, o'z ichiga og'zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg'ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriklarni bajarishi, navbat bilan o'quvchi yoki o'qituvchi rolida bo'lishi, kerakli
    ballni to'plashiga imkoniyat beradi. ≪Bumerang≫ texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi; xotirani, g'oyalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og'zaki shakllarda bayon qilish ko'nikmalarini rivojlantiradi. Ta’lim bilan bir qatorda mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
    - jamoa bilan ishlash mahorati;
    - muomalalik;
    - xushfe’llik;
    - ko'nikuvchanlik;
    - o'zlarga fikriga hurmat;
    - faollik;
    - rahbarlik sifatlarini shakllantirish;
    - ishga ijodiy yondashish;
    - o'z faoliyatining samarali bo'lishiga qiziqish;
    - o'zini xolis baholash.
    Asosiy tushunchalar quyidagilar:
    Ochiq savollar - bu savollar muomala, so'zlashuvni davom ettirishga imkon
    Beradi. Ularga qisqa, bir xil javob berish mumkin emas.
    Yopiq savollar - bu savollar oldindan ≪ha≫yoki ≪yo'q≫ tipidagi to'g'ri, ochiq, javoblarni berishni ko'zda tutadi.
    Ko'ndalang so'roq - bir-biriga guruhlab beriluvchi qisqa savollar qatori bo'lib,
    bu o'ziga xos axborotlar izlash hamda dalillarni, opponentlar pozisiyasini aniqlash va muayyan qarorlar qabul qilish uchun ajoyib imkoniyatdir. Ko'ndalang so'roq paytida munozaraga kirishish mumkin emas. Bu vaqtda faqat savollar beriladi, munozaraga kirishilmaydi.

    Download 458,85 Kb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   89




    Download 458,85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘qitish jarayonida qo’llaniladigan texnologiyalarni turlari

    Download 458,85 Kb.