|
Seminar va uning o'ziga xosliklari
|
bet | 55/89 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 458,85 Kb. | | #158634 |
Bog'liq “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.orgSeminar va uning o'ziga xosliklari
Seminar-bu o'qituvchini ta’lim oluvchilar bilan faol muloqotga kirishishiga
yo'naltirilgan, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda amalga oshirish uchun zaruriy
shart-sharoitni ta’minlovchi ta’limni tashkil etish shaklidir.
Seminar quyidagi maqsadlarga erishish uchun qo’llaniladi:
1) nazariy materialni tartibga solish;
2) bilimlarni mustahkamlash;
3) ko'nikma va malakalarni hosil qilish;
3) bilimlarni nazorat qilish.
Seminar mashg'ulotiga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazishda quyidagi savollarga javob topiladi:
1. Nima uchun?-Seminarni tashkil etishdan ko'zlangan maqsad.
2. Qanday tarzda?-Seminarni olib borish texnologiyasini ishlab chiqish.
3. Nimani muhokama qilish?-Seminarni olib borish vaqtida muhokama qilinadigan materiallar mazmuni.
4. Qanday omillarni hisobga olish zarur?-Seminarni tashkil etish jarayonida ma’lum omillarni hisobga olish.
Nazorat uchun savollari
1. Maktabgacha pedagogika turkum fanlarni o'qitishning innovatsion metod va vositalari.
3. Keys-stadi metodi.
4.O'qitishning maqsadi va vazifalari.
5. Mavzuning mazmuni.
6. O'qitish tamoyillari va pedagogning pozisiyasi.
7. Talabalarning o'quv imkoniyatlari.
8. O'quv muassasalari, auditoriyalarning moddiy ta’minlanganlik darajasi, jihozlar, ko'rsatmali qurollar, texnik vositalarga qo'yiladigan talablar.
9. O'qitishning an’anaviy metodlarini izohlang.
10. Interfaol metodlarni izohlang.
3-mavzu: Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o‘qitishda talabalarni bilimlarini tekshirish va baholashning reyting tizimi
1. Talabalar bilimlarining reytingi
2.Talabalar bilimini baholashning reyting tizimi
Talabalar bilimlarining reyting nazorati
Mutaxassis tayyorlashda talabalarning bilim, ko'nikma va malakalarini shakllanish jarayonini nazorat qilish muhimdir. To'g'ri tashkil etilgan nazariy talablarni, olinayotgan bilimlarni yanada chuqurlashtirish va eng asosiysi ularning shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish uchun turli vositalarni tanlash imkonini beradi.
O'quv-tarbiya jarayonida bilim, ko'nikma va malakalar shakllanganligini nazorat qilish muhim o'rin egallaydi. Xususan, nazorat quyidagi funksiyaga ega:
1. Nazoratning diagnostik funksiyasi. Nazorat natijasi bilim, ko'nikma va malakalarning shakllanganlik darajasi aniqlanadi.
2. Nazoratning talabalarda bilim olishga ishtiyoqini o'stirish funksiyasi.
3. Nazorat jarayonida talabalarning shaxsiy xislatlari shakllantiriladi va eng asosiysi rivojlantiriladi.
4. Ta’lim funksiyasi.
5. Nazoratning tarbiyaviy funksiyasi.
6. Nazoratning baholash funksiyasi.
7. Nazoratni talabalarda bilimga qiziqishni uyg'otish, jonli fikrlashga o'rgatuvchilik funksiyasi.
Nazorat joriy, oraliq, yakuniy kabi 3 ta turga ega. Nazorat turli testlar, yozma ishlar va og'zaki savol-javoblar orqali amalga oshiriladi. Pedagog olimlar I.Tursunov va U.Nishonaliyevlarning ma’lumotlariga qaraganda testlar orqali quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
- talabalar nazariy va amaliy bilimlarining darajasini obyektiv sharoitda aniqlash imkonini beradi;
- bir vaqtning o'zida bir guruh yoki ko'p sonli talabalar bilimini nazorat qilish mumkin;
- hamma talabalarga bir xil qiyinchilikdagi savollar berilib, hammasiga bir xil sharoit yaratiladi;
- test natijalarini o'qituvchi tomonidan tezlikda tekshirish mumkin;
- turli guruh talabalari bilimini solishtirish, qo'llanilayotgan metodni samaradorligini aniqlash mumkin;
- ta’lim jarayonining kamchiliklarini aniqlash mumkin.
Test atamasi inglizcha-sinov, tekshirish, tadqiqot ma’nolarini bildirib ≪Sinalayotgan shaxsning psixofiziologik va shaxsiy xususiyatlarini, shuningdek, intellektual rivoji, qobiliyati va malakasini tekshirishda qo'llaniladigan standart mashqlar≫ demakdir.
Pedagogik, uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish natijasida didaktik testlar quyidagi 2 guruhga ajratildi:
a) nazariy bilimlarni nazorat qiluvchan, malaka va qobiliyatlarni tekshiruvchi o'zlashtirish testlari;
b) real, o'quv imkoniyatlari bo'yicha (Y.Babanskiy) diagnostika testlar hamda umumiy va maxsus (masalan, mikro yoki makro iqtisodiyot fani va boshqa fanlar bo'yicha) o'qitish testlari.
Testlar tipologiyasi asosida topshiriqlarni tanlash, ularning strukturaviy o'zaroaloqadorligi va ta’riflari quyidagi omillarga bog‘liqdir.
1. Testlarning fanlararo qo‘llanish sohasi.
a) oraliq nazorat testlarida mavzular, boblar bo'yicha bilim va o'zlashtirish elementlarini tekshirish;
b) ko‘p mavzular bo'yicha fanlarning bir-biriga bog'liqligini hisobga olmagan holda bilim va o'zlashtirishning chegaraviy nazoratini o'rnatish;
v) ko'p fanlar bo'yicha fanlarning bir-biriga bog'liqligini hisobga olgan holda bilim va o'zlashtirishlarning chegaraviy nazoratini hisobga olish;
g) butun kurs bo'yicha bilimlarni nazorat qilish (test asosida fanlararo turkum testlarni ham yaratish mumkin).
2. Normativ test tuzilishining umumiy yo'nalish bo'yicha maqsadi yoki kriterial xarakterdagi testlardan farqi shundaki, normativ testlarda yig'ilgan ballar hisob natijalariga ko'ra bir guruhni boshqa guruh bilan guruh ichidagilami esa bir-biri bilan solishtirish mumkin. Kriterial testlarda esa har bir o'quvchining qandaydir o'quv yoki mutaxassislikka oid topshiriqlarini yechish uchun zarur bo'ladigan bilim va o'zlashtirish qobiliyatlari ochib beriladi, ya’ni kriterial testlar va unga mos topshiriqlar o'quvchilarning bilim va ko'nikmalari aniq fan sohalari bo'yicha o'qitish maqsadining minimal talablariga qay darajada erishgani yoki erishmaganligi haqidagi savollarga javob beradi. Normativ testlarda, asosan topshiriqni ≪yechdi≫ yoki ≪yechmadi≫ deb belgilansa, kriterial testlarda esa topshiriqni qaysidir yo'l bilan yechgan o'quvchilarni murakkab ishlarga quyish mumkinligi, ularning murakkab dasturlar bo'yicha ishni davom ettira olishligi hisobga olinishi kerak.
3. Testlarning didaktik-psixologik yo'nalishi qanday test ishlab chiqilayotganligi yoki adaptasiyasidan o'tayotgan testni uning muallifi qanday xarakterlashni aniqlaydi:
a) nazariy bilimlarni nazorat qilish uchun o'zlashtirish testlari;
b) berilgan fan (o'quv va mutaxassislik) bo'yicha bilim va malakalarni nazorat qilish testlari;
v) o'qitish testlari (ma’lum fan yoki uning sikli bo'yicha o'quv imkoniyatlarining diagnostikasi).
4. Nazorat bosqichlari bo'yicha yo'nalish:
a) kirish nazorati (oliy o'quv yurtiga kirishdagi yoki kursni fan iqlimini va o'qitish bosqichining boshlanishidagi nazorat);
b) kundalik (joriy) nazorat har kuni amalga oshiriladigan yoki o'quv jarayoni mavzulari bo'yicha;
v) chegaraviy nazorat oraliq ma’lum fanning alohida bo'limi tugashi munosabati bilan o'tkaziladi;
g) ma’lum kursning tugashi munosabati bilan o'tkaziladi (yoki fan sikli, o'qitish bosqichi hamda o'quv yurtini tugatish munosabati bilan).
5. Testlashtirishning diagnostik darajasi (chuqurligi) berilgan testdan ko'zlangan maqsad:
-simptomatik diagnostika, ya’ni bilim va o‘zlashtirishning ≪yuqori qatlamlariga≫
qaratilishi (ya’ni, ma’lum qonuniyat yoki formulalami bilish, bilmasligi yoki tanish-notanishligi va boshqalar);
- etiologik diagnostikaga, tekshiruv - aloqa sababi (nima uchun aynan o'sha bilimlarni bilmasligi va buning qay darajada boshqa bilimlarni bilishga bog‘liqligi)ga qaratilishi;
- tipologik diagnostika esa o‘quvchining o‘tilayotgan dars va bilimlarni bilishga, o'zlashtirish va uddalay olishida qanday g'oyalarni kuchaytirish kerakligiga qaratilgan bo’ladi.
6. Sinaluvchining testni bajarish faolligini oshirishda esa yozma va og'zaki testlarga mos ravishda yozma va og'zaki javoblarni qo'llash. Masalan, harakat testlarida (ayniqsa, kompyuterlarda klavishlarni bosishdan tortib, qism programmalarni chiqarishgacha) hamda hisoblash ishlarini o'tkazish va grafiklarni chizish, loyihalashtirish va h.k.da. Harakat testlari o'qish yoki ishlash qurilmalarida, mashq (trenajerlarda) testlarini, ayniqsa, mutaxassislik bo'yicha o'qitish tizimlariga kiritish mumkin.
7. Testning nomogenlik darajasi (bir jinslik) testni tuzuvchi muallif tomonidan rejalashtirgan bo'ladi. Shu jumladan:
a) ko'zlangan maqsadga qarab testning nimani tekshirish kerakligi, ayniqsa, integrativ xarakterdagi asosiy elementlardan (masalan, ma’lum amallarning talab qilingan darajada yoki shu amallarni bajarishda sifat, miqdor, tezlik, ketma-ketlik, javobgarlik kabi bir qancha) omillarni hisobga olish;
b) formal aspektda esa topshiriqlar tuzilishi shaklining bir jinsliligi (gomogenligi) yoki turli shaklda bo'lishligi.
8. Vaqt omili - testning tezkor bo'lishi, topshiriqlarning funksional ravishda ma’lum belgilangan vaqtda bajarish zarurligi qaysi yo'l bilan, nimaga asoslanib vaqtini, baholash vaqtining sarflanish chegarasi belgilangan bo'lishligi.
9. Testlashtirishni tashkil etish usullariga esa umumiy, individual yoki juda kam qo’llaniladigan, lekin juda samarali hisoblangan alohida usuli ham tekshiriluvchilarning tashxischi bilan yuzma-yuz, xolis (tekstlashtirishning EHM vositalaridagi individual dasturning zamonaviy varianti) turishi kabilar kiradi. Testlar tuzilishida juda serqirra vazifalarni qo'llashga harakat qilindi.
|
| |