Pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ilmiy asoslari




Download 458,85 Kb.
bet39/89
Sana19.02.2024
Hajmi458,85 Kb.
#158634
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   89
Bog'liq
“tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.org

Pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ilmiy asoslari.
Ilmiy texnik taraqqiyot XX asr oxiriga kelib faqatgina ko'plab ishlab chiqarish sohalarini texnologiyalashtirishga sabab bo'lib qolmay, balki madaniyat sohasiga, bilimlar gumanitar sohalariga ham kirib keldi. Bugungi kunda biz endi axborot, tibbiyot texnologiyalari haqida gapiramiz, shu jumladan ta’lim sohasida ham. Pedagogik texnologiya deb odatda maqsadi ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, ta’limda ko'zlangan natijalarga erishishga bo'lgan chet el pedagogikasining yo'nalishiga aytiladi (M.Klarin. 1989) milliy pedagogik adabiyotlarda bunday hollarda o'qitishning didaktikasi yoki metodikasi haqida gapiradilar, biroq “texnologiya” termini hozirgi kunda juda keng tarqalgan bo'lib kelmoqda. “Pedagogik texnologiya” so'z birligi - bu inglizcha an educational technology - “ta’lim texnologiyasi” iborasining aniq bo'lmagan tarjimasidir. “Pedagogik texnologiya” tushunchasi oxirgi paytlarda o'qitish nazariyasida yanada kengroq tarqalib kelmoqda. Aynan ana shu mazmunda “texnologiya” termini va uning “o'qitish texologiyasi”, “ta’lim texnologiyasi”, “ta’limda texnologiya” shakllari pedagogik adabiyotlarda foydalanila boshlandi va mualliflar ta’lim-texnologik jarayonining tuzilishi va tashkil etuvchilarini qanday tasavvur etishlariga qarab ko'plab ifodalarga ega bo'ldi.
Texnologiya tushunchasi 60-yillardagi Amerika va G'arbiy Yevropada ta’limni isloh qilinishi bilan bog'liq ravishda kirib keldi. B. Blum, J. Koroll, P.Y.Galperii, V.I.Davidov, N.A.Menchinskaya, Z.I.Kalmikova, L.I.Zankov texnalogiyalari mashxur. O'qitishni tashkil qilishning texnalogik yondashuvlari V.P.Bespalko, N.F.Talizina, L.M.Fridman, Y.N.Kulyutkina, G.S.Suxobskoy, T.V.Kudryavsev, A.M.Matyushkin, M.I.Maxmutov kabi aksariyat psixolog va didaktikachilarga taalluqlidir. Ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengayib, sifatli, chiroyli, arzon mahsulotlarga bo'lgan ehtiyoj kuchayotgan bir sharoitda raqobatga bardosh bera oladigan texnalogiyalarni yaratish ko'nikmasiga ega bo'lgan mutaxassislarni tayyorlash ta’lim tizimi oldida turgan muhim vazifalardandir. Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini ilmiy asosda tashkil etish zaruriyati pedagogika fani oldida kasb-hunar kollejlari o'quv faoliyatini texnalogiyalashtirish va ularni tatbiq etishning nazariy-amaliy asoslarini yaratish vazifasini qo'ydi. Pedagogik texnologiya nazariyasi amerikalik psixolog olimlar - R.Gane va L.Briggslar pedagogik texnalogiya asosida tayangan holda o'quv mashg'ulotlarini tashkil etishning samarali shaklini aniqlagan bo'lsalar, ingliz olimi A.Romishevskiy pedagogik texnalogiya metodining o'ziga xos variantini ishlab chiqqan. Amerikalik pedagog olimlar Bob Kizlik va F.S.Keller pedagogik texnalogiya nazariyasi g'oyalarini yagona ta’lim tizimining muayyan bosqichiga tatbiq etish borasida muhim ishlarni amalga oshirdilar va oliy o'quv yurtlari faoliyatiga pedagogik texnalogiya usulini qo'llashning individuallashtirilgan tizimini yaratdilar. Rus pedagog olimi V.Guzeyev pedagogik texnologiya nazariyasi g'oyalarini yanada boyitib, integral pedagogik texnalogiya metodini ishlab chiqqan bo'lsa, M.V.Klarin, V.P.Bespalko, V.Slastenin kabi olimlar rivojlangan mamlakatlarda shakllangan xorijiy tajribalar asosida pedagogik texnalogiya nazariyasi g'oyalarini tahlil etish, tushunchalarini ilmiy jihatdan asoslashga muvaffaq bo’ldilar. L.A.Boykova, L.K.Grebenkina kabi olimlarning tadqiqotlarida pedagogik texnologiya nazariyasining pedagogik faoliyatini ilmiy asosda tashkil etish, bu borada samaradorlikka erishish, pedagoglar mahoratini oshirishdagi ahamiyati kabi masalalar yoritilgan bo'lsa, taniqli rus olimi I.P.Ivanov jamoaviy-ijodiy faoliyatni tashkil etish texnologiyasini yaratishga asosiy e’tiborni qaratdi. Tadqiqot muammosiga doir adabiyotlarni o'rganish, ularning mazmunini tahlil etish shuni ko'rsatdiki, bugungi kunga qadar yaratilgan manbalarda ta’lim jarayoni, uni samarali tashkil etish, ta’lim samaradorligini aniqlash kabi masalalar batafsil yoritilgan holda ta’lim jarayoni hamda uni texnologiyalashtirish borasida keng ko'lamli harakat amalga oshirilmagan. Rus redagog olimlari N.YE.Shurkova, V.Y.Pityukov, A.P.Savchenko hamda YE.A.Osipovalar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar yagona pedagogik jarayonning muhim tarkibiy qismi bo'lgan ta’lim jarayonini yangi texnologiyalar asosida tashkil etish borasidagi dastlabki urinishlardan biri hisoblanadi. So'ngi besh yil ichida ta’lim muassasalari faoliyatini texnologiyalashtirishning nazariy asoslarini yaratish sohasida O'zbekiston Respublikasida ham muayyan ishlar amalga oshirildi. Chunonchi, M.O.Ochilov, B.Farberman, N.Saidahmedov, U.Nishonaliyev, S.Y.Mahmudov, O'.Q.Tolipov, K.Zaripov, H.Abdukarimov, U.Sattorov va boshqalar tomonidan yangi pedagogik texnalogiyalar, ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish afzalliklarini o'rganish, shuningdek, muayyan o'quv yoki mutaxassislik fanlarini o'qitishni yo'lga qo'yishda yangi pedagogik texnalogiyalardan foydalanish imkoniyatlarini aniqlashga qaratilgan bir qator ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan.
Texnologik yondashuvlar tahlili shuni ko'rsadiki, aksariyat o'qitish texnologiyalari bo'sh texnologiyalanganligi bo'yicha qolib ketmoqda. Bir qator texnologiyalarda nazariy asoslar kuchaytirilgan, Amaliy tomoni u qadar oydinlashtirilmagan. T.A.Ballo texnologiyaning bir tomonini, ya’ni o'qitishda topshiriqli yondashuvni yoritadi. Boshqalarida yo kompyuter orqali dasturlashtirilgan o'qish yoki o'qitishning muammoli tuzilmasi ajralib turadi. L.V.Zankov, TY.Galperin, V.I.Davidov tadqiqotlarida bosqichli o'qitishning yaxlit texnologiyalari haqida fikr yuritiladi. ≪Pedagogik texnologiya - psixologik va pedagogik o'g'itlar yig'indisi bo'lib, shakllar, metodlar, usullar, o'qitish yo'llari, tarbiyaviy vositalarning mahsus to'plamidir. Ayni zamonda u pedagogik jarayonning tashkiliy-metodik omilini ham bildiradi≫ (B.Lixachyov), ≪Pedagogik texnalogiya - o'quv jarayonini amalga oshirishning mazmuniy texnikasi≫ (V.P.Bespalko), ≪Pedagogik texnalogiya - rejalashtirilgan o'qitish natijalariga erishish jarayoni tavsifi≫ (I P. Volkov).
≪Texnologiya - ishlov berish, holatni o'zgartirish san’ati, mahorati, malakali va metodik yig'indisi≫ (V.M.Shepel), ≪Pedagogik texnalogiya - talaba va o'qituvchining ularga zarur sharoit yaratish orqali o'quv jarayonini loyixalashtirish, tashkil va o'tkazish bo'yicha pedagogik faoliyatining har tomonlama o'ylangan modelidir≫ (V.MMonaxov), ≪Pedagogik texnologiya - pedagogik maqsadlarga erishishda foydalaniladigan shaxsiy imkoniyatlar, jixozlar va metodologik vositalarda amalda boiishning tizimli yig‘indisi va tartibini bildiradi≫ (M.V.Klarin), ≪Pedagogik texnalogiya - o'zida turli mualliflar (manbalar)ning barcha ta’riflari mazmunini qamrab olgan mazmuniy umumlashma hisoblanadi≫ (G.K.Selevko, ≪Pedagogik texnalogiya - bu ta’lim shakllarini jadallashtirish vazifasini ko'zlagan o‘qish va bilimlarni o'zlashtirishning barcha jarayonlarini texnika va inson omillarida va ularning birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tadbiq etish va belgilashning izchil metodidir≫ (YUNESKO), Pedagogik texnologigiya o'ziga xos va potensial yaratiladigan pedagogik natijalarga erishishdir.
Pedagogik texnologiya haqida tushuncha ilmiy texnik taraqqiyot XX asr oxiriga kelib faqatgina ko‘plab ishlab chiqarish sohalarini texnologiyalashtirishga sabab bo‘lib qolmay, balki madaniyat sohasiga, bilimlar gumanitar sohalariga ham kirib keldi. Bugungi kunda biz endi axborot, tibbiyot texnologiyalari haqida gapiramiz, shu jumladan ta’lim sohasida ham. Pedagogik texnologiya deb odatda maqsadi ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, ta’limda ko'zlangan natijalarga erishishga boigan chet el pedagogikasining yo‘nalishiga aytiladi (M.Klarin. 1989) milliy pedagogik adabiyotlarda bunday hollarda o'qitishning didaktikasi yoki metodikasi haqida gapiradilar, biroq “texnologiya” termini hozirgi kunda juda keng tarqalgan bo‘lib kelmoqda.
“Pedagogik texnologiya” so‘z birligi - bu inglizcha an educational technology - “ta’lim texnologiyasi” iborasining aniq bo‘lmagan tarjimasidir. “Pedagogik texnologiya” tushunchasi oxirgi paytlarda o'qitish nazariyasida yanada kengroq tarqalib kelmoqda. Aynan ana shu mazmunda “texnologiya” termini va uning “o'qitish texologiyasi”, “ta’lim texnologiyasi”, “ta’limda texnologiya” shakllari pedagogik adabiyotlarda foydalanila boshlandi va mualliflar ta’lim-texnologik jarayonining tuzilishi va tashkil etuvchilarini qanday tasavvur etishlariga qarab ko'plab ifodalarga ega bo'ldi (uch yuzdan ortiq). “Pedagogik texnologiya” termini birinchi bor pedagogika bo'yicha ishlarda XX asrning 20-yillarida tilga olingan. Hozirgi kunda pedagogik texnologiya tushunchasida turlicha ifodalashlar mavjud.
1. Texnologiya - bu biro-bir ishda, mahoratda, san’atda qo'llaniladigan uslublar to'plamidir (talqinli lug'at).
2. Pedagogik texnologiya - bu o'quv jarayonini amalga oshirish mazmunli texnikasidir (V.P.Bespalko).
3. Pedagogik texnologiya - bu o'qitishda rejalashtirilgan natijalarga erishish jarayonini tasvirlashdir (I.P.Volkov).
4. Pedagogik texnologiya - bu o'qitish, tarbiyaviy vositalar, shakllari, metodlari, usul, uslublarining maxsus to'plami va tuzilishini belgilovchi psixologik-pedagogik
ko'rsatmalar yig'indisi, u pedagogik jarayonning tashkiliy metodik quroli demakdir
(B.T.Lixachev).
5. Pedagogik texnologiya - bu ta’lim shakllarini optimallashtirish masalani qo'yuvchi, texnik va insoniy imkoniyatlarni va ularning o'zaro munosabatlarini hisobga olib o'qitish va bilimlar o'zlashtirish butun jarayonini yaratish, qo'llash va belgilash sistemali yondoshishidir (YUNESKO).
6. Texnologiya - bu san’at, mahorat, moxirlik, ishlab chiqish metodlari to‘plami, holatini o'zgartirishdir (V.M.Shepel).
7. O‘qitish texnologiyasi - bu o'quvchilar va o‘qituvchilar uchun so‘zsiz qulay sharoitlar yaratib berish bilan o‘quv jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish va olib
borish bo'yicha har tomonlama o‘ylab chiqilgan hamkorlikdagi pedagogik faoliyat modelidir (V.M.Monaxov).
8. Pedagogik texnologiya - bu pedagogikada fikrlashning sistemali usulidir (T. Sakamoto).
9. Pedagogik texnologiya - o'quv jarayonining tashkiliy shakli, metodlari, mazmunini o'zgartiruvchi uning rivojlanish yangi sistemasidir (E.Bistereki va J. Seller).
10. Pedagogik texnologiya pedagogik maqsadlarga erishish uchun foydalaniladigan hamma shaxsiy, instrumental va metodologik vositalar sistemali to'plami va ishlatilishi tartibini bildiradi (M.V.Klarin).
11. Pedagogik texnologiya - bu ta’lim maqsadiga erishishga qaratilgan o'qituvchi va o’quvchining faoliyatini sistemali, konseptual, qoidali, obyektivlashtirilgan, invariant tasvirlashdir (F.A.Fradkin).
12. Pedagogik texnologiya bilimlar egallashda rejalashtirish, boshqarish va ta’minlashni tahlil qilish uchun faoliyatni tashkil etish usulini, odamlar, g'oyalar, vositalarni o 'z ichiga oluvchi kompleks integral jarayon demakdir. (Pedagogik kommunikasiyalar va texnologiyalar bo'yicha AQSH assotsiasiyasi).

Download 458,85 Kb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   89




Download 458,85 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ilmiy asoslari

Download 458,85 Kb.