Kadrlar tayyorlash sifati va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini baholash




Download 458,85 Kb.
bet24/89
Sana19.02.2024
Hajmi458,85 Kb.
#158634
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   89
Bog'liq
“tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.org

7. Kadrlar tayyorlash sifati va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini baholash
7.1. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari professor-o‘qituvchilari tarkibiga qo‘yiladigan umumiy talablar.
Bakalavriat o‘quv rejasi va o‘quv dasturini amalga oshirishda o‘qitilayotgan fan bo‘yicha tayanch ma’lumotga, bilimga, malaka va ko‘nikmaga ega bo‘lgan malakali o‘qituvchilar (magistr yoki diplomli mutaxassislar), fan nomzodlari, falsafa doktori (PhD), dotsentlar, fan doktori (DSc), professorlar, ilmiy, pedagogik va ijodiy unvonlarga ega bo‘lgan shaxslar, shuningdek tajribaga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassis va amaliyotchilar jalb etilishi lozim.
Magistratura o‘quv rejasi va o‘quv dasturini amalga oshirishda o‘qitilayotgan fan bo‘yicha fan nomzodlari, falsafa doktori (PhD), dotsentlar, fan doktori (DSc) va professorlar, ilmiy, pedagogik va ijodiy unvonlarga (darajalarga) ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassis va amaliyotchilar jalb etilishi lozim.
7.2. Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish quyidagilardan iborat:
ichki nazorat oliy ta’lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi. Ichki nazorat oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat boshqaruvi organi tomonidan tegishli ravishda belgilangan reyting (baholash) tizimi hamda kredit-modul tizimi mezonlarga muvofiq o‘rnatilgan tartibda o‘tkaziladi;
bitiruvchilarning yakuniy nazorati oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining o‘quv rejalariga muvofiq bakalavriatda o‘quv fanlari bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi va (yoki) bitiruv malakaviy ishi himoyasi, shuningdek magistraturada magistrlik dissertatsiyasining himoyasi shaklida amalga oshiriladi;
davlat-jamoatchilik nazorati oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat boshqaruv organi, jamoat tashkilotlari va kadrlar buyurtmachilari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
tashqi nazorat belgilangan tartibda oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat boshqaruvi organi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
7.3. Oliy ta’lim muassasalarining faoliyatini baholash O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining faoliyatini baholash O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiriladi.

Download 458,85 Kb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   89




Download 458,85 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kadrlar tayyorlash sifati va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini baholash

Download 458,85 Kb.